Mavzu: Hinduiylikdagi uchlik xudolar Reja


Download 32.96 Kb.
bet1/2
Sana03.06.2024
Hajmi32.96 Kb.
#1842226
  1   2
Bog'liq
Mavzu Hinduiylikdagi uchlik xudolar Reja-fayllar.org


Mavzu: Hinduiylikdagi uchlik xudolar Reja

Mavzu: Hinduiylikdagi uchlik xudolar
Reja:


  1. Hinduiylik dinining vujudga kelishi


  2. Hinduiylik ta’limoti va marosimlari


  3. Hinduiylikdagi xudolar



Hinduiylik, hinduizm -dunyoda keng tarqalgan dinlardan biri. H.ga eʼtiqod qiluvchilar asosan Hindistonda (95% ga yaqini) yashaydi, Pokiston, Bangladesh, Nepal, Shri Lankada, shuningdek, Jan. Afrikada, Jan.sharqiy Osiyoda ham uchraydi. H.ka 780 mln. kishi eʼtiqod qiladi (2003). Milodning 1-ming yilligida shakllangan. H. veda dini va brahmanizm rivojlanishi va unga keyinchalik xalq eʼtiqodi, urf-odatlari, marosimlari singib ketishi jarayonida paydo boʻlgan. Oʻrta asrlarda hukmron mafku-raga aylangan.
H.ning asosida jonning yangi shaklga kirishi (sansara) haqidagi taʼlimot yotadi. Unga koʻra, kishi oʻlgandan keyin joni (ruhi) yangi oʻsimlik, hayvon yoki inson tanasiga kirib oladi va qayta tugʻiladi. Yangi ruhning qay darajada boʻlishi karma qonuniga, yaʼni kishining hayot davridagi xulq-atvori, xatti-harakatiga bogʻliq. H.ning asosiy maqsadi — insonni mana shu qayta tugʻilish zanjiridan, azob-uqubatidan halos qilish, yaʼni mokshaga erishish. H.dagi turli diniy-falsafiy taʼlimotlar mokshaga erishishning yoʻllari va vositalarini ishlab chiqdilar. Xususan, vedanta H.ka falsafiy asos boʻlib xizmat qildi. H.ka eʼtiqod qiluvchilar qaysi kastaga mansubligiga qarab diniy rasm-rusumlarni bajarishda farqlanadi. Ular vafot etganlarida yerga koʻmilmaydi, balki olovda kuydiriladi. H.ga koʻra shunday qilinsa marh-um poklanadi, gunohlari bu dunyoda qoladi. Olov u dunyoga gunohlardan xoli boʻlgan jonning oʻzini olib ketadi. Bu dinning aqidalariga koʻra, odamzot yaratilishidayoq ijtimoiy jihatdan tengsiz yaratilgan. Shuning uchun bu tengsizlikni real hayotda tugatishning iloji yoʻq. Chunki unga taʼsir etishga qodir boʻlgan kuchning oʻzi yoʻq. H.da ajdodlar ruhiga topinish alohida oʻrin tutadi. Vafot etgan ajdod xudoga tenglashtiriladi. Ajdodlar ruhi bu dunyoda yashayotgan qarindosh-urugʻlarini qoʻriqlaydi, ularning oilasi va hayotini muhofaza qiladi.
H.ning muqaddas kitobi vedalar, "Mahobxarata" (ayniqsa uning "Bahagavadgita" va "Ramayana" qismlari) va boshqa H.da asosiy xudolar — Shiva, Vishnu, Brahmaga sigʻiniladi. Ularning koʻrinishi sifatida koʻplab mahalliy xudolar eʼtirof etiladi. H.da togʻlar, daryolar (xususan, Gang), oʻsimlik (mas, nilufar), hayvonlar (maymun, fil, ilon va ayniqsa, sigir) muqaddas sanaladi va ularga topiniladi. turli gʻayritabiiy hodisalar ham sigʻinish obʼyekti hisoblanadi. Diniy marosimlar ibodatxonalarda, uylardagi mehroblar yonida, muqaddas joylarda ado etiladi. Hozirgi H. 2 oqim — vishnuizm va shivaizm shaklida mavjud.

Download 32.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling