Mavzu: Hisob-kitob hisobidagi pul mablag`lari hisobi. Reja: Pul mablag`lari haqida tushuncha va uning ahamiyati. Naqd pul va naqdsiz pul mablag`lari hisobi


Naqd va naqdsiz pul mablag’lar hisobi


Download 55.9 Kb.
bet2/6
Sana27.06.2023
Hajmi55.9 Kb.
#1657247
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
409Pul mablag’lari hisobi mundarija

2. Naqd va naqdsiz pul mablag’lar hisobi
Kassa muomalalarini yuritish qoidalari yuridik Shaxslarning pul mablag‘larining tashkil topishi, saqlanishi va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan nazorat qilinadi. 1998 yil 12 dekabrda ro‘yhatga olingan va 1998 yil 24 yanvarda O‘zbekiston Adliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Yuridik Shaxslarning kassa muammolarini yuritish qoidalari"da 1batafsil eritib berilgan.
"Yuridik shaxslarning kassa muammolarini yuritish qoidalari"da barcha yuridik Shaxslar quyidagilarga amal qilishi shart:

  • mulkchilik shaklidan qat’iy nazar pul mablag‘larini bank muassasalarida saqlashlari shart;

  • yuridik shaxslar o‘rtasidagi, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar ishtirokidagi hisoblashlar faqat bank muassasalari orqali hisob-kitoblarning naqd pulsiz shaklida amalga oshirilishi zarur;

  • bank muassasasidan olingan naqd pullar qaysi maqsadlar uchun olingan bo‘lsa, o‘sha maqsadlarga sarflanishi mumkin;

  • tashkilot o‘z kassasida faqat bank muassasasi raxbari tomonidan tashkilot raxbari bilan kelishilgan xolda belgilangan limit chegarasida naqd pul saqlashi mumkin;

  • tashkilot o‘z kassasida limitdan ortiqcha naqd pullarni faqat mexnat haqi, stipendiya, mukofot, nafaqa berish vaqtida 3 kun muddatda saqlaShi mumkin;

  • savdo va xizmat ko‘rsatish soxalaridan kelib tushgan tushumlarni mexnat haqi, pensiya va nafaqalarni to‘lash uchun sarflash taqiqlangan;

  • xizmat safarlari uchun beriladigan pul qiymati o‘sha hududda belgilangan sarf-xarajatlar me’yorida bo‘lishi zarur;

  • sarflanmagan naqd pullar tashkilot kassasiga 3 kun ichida qaytarilishi Shart va naqd pul olgan hisobdor shaxs buxgalteriyaga avans hisoboti topShirishi Shart.

Pul mablag‘larining saqlanishi va ularning to‘gri foydalanish javobgarligi korxona raxbari va buxgalteriga yuklatiladi. Ular kassa va bank muammolari qoidalariga rioya qilishi va ularni belgilangan qat’iy tartibda to‘g‘ri rasmiylashtirishlari zarur.
Kassa muomalalarini olib borish uchun korxona shtatidan kassir ajratiladi. U o‘zi tuzib olgan barcha boyliklarning but saqlanishi uchun to‘liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi. Kassirni tayinlash bo‘yicha buyruk chiqkanidan sung korxona rahbari uni o‘pimalalarini olib borish tartibi bilan tanishtirishi, to‘liq yakka moddiy javobgarlik haqida u bilan shartnoma tuzishi shart. Kassir o‘z vazifalarini xech kimning zimmasiga yuklay olmaydi. Kassirni vaqtinchalik almashtirishga ehtiyoj tugilganida korxona rahbarining Qarori asosida uning vazifalari boshqa xodim zimmasiga yuklanadi. O‘z navbatida u bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi. Kassir to‘satdan ishini tashlab ketishga majbur bo‘lganida (kasal bo‘lganida va boshqa hollarda) uning tegishili boyliklarni korxona rahbari tayinlagan shaxslardan iborat komissiya boshqa kassirga utkazadi. Bunda kayta hisoblashish natijalari va boyliklarni berish haqida dalolatnoma tuziladi, unga komissiya a’zolari imzo chekadi.
Korxona rahbari pul mablag‘larining kassada but saqlanishini ta’minlaydigan shart sharoitlarni yaratishi lozim. Kassa uchun keragicha jixrzlangan alohida xona, seyf o‘rnatilishi zarur. Ish oxirida kassir kassa seyfini kalit bilan bekitishi va surguchli muhr bilan muhrlashi shart. Seyf kaliti va muxr kassirda saqlanadi, kalitning boshqa nusxalari kassir muhrlagan paketlar, kutichalarda korxona rahbarida turadi.
Kassir nakd pul belgilari va tangalarni kassaga qabul kilib olishda O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasining to‘lovga yaroklilik alomatlarini aniqlash qoidalariga rioya qilishi lozim. Bu qoidalarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining ishonchliligiga shubha tugdirmaydigan hamda O‘zbekiston Respublikasi Gerbining tasviri ataylab buzish alomatlari bulmagan, shuningdek bo‘zilish tarzidan qat’iy nazar yuza tomoni (ungi)da qiymatining to‘liq miqdori va tasviri saqlangan harfli seriya va rakamlari to‘liq saqlangan kogoz pullar va tangalar to‘lovga yarokli hisoblanadi.
Quyidagi kamchiliklarga ega bo‘lgan kogoz pullarni korxonalar tushum sifatida so‘zsiz qabul qilishi va bankka topshirishi shart:

  • istalgan joyida teshiklar, yirtiklar, kirilgan joylar, doglar, kalam va siyohda yozilgan yozuvlar bo‘lgan kogoz pullar;

  • yirtilgan va shu yirtilgan joyidan elimlab yopishtirilgan, lekin ikkala kism ham bir kogoz pulga tegishli bo‘lgan kogoz pullar;

  • buyok tegib, o‘z rangini o‘zgartirgan joylari bo‘lgan kogoz pullar;

  • to‘liq kattaligi saklanib kolmagan kogoz pullar.

Hisob-kitob schyotidan kassaga olingan pul ishchi-xizmatchilarga ish haqi, mukofot to‘lash, nafaka berish, xizmat safari harajatlarini koplash va boshqa maksadlar uchun sarflanadi. Bankdan olingan mablag‘lar belgilangan maksadlar uchun sarflanishi lozim.
Korxona kassasiga nakd pullarni qabul qilish KO-1 shaklidagi kassa kirim orderi bilan amalga oshiriladi. U ikki kiemdan iborat: kirim orderi (blankning chap kismi) va unga oid kvitantsiya (ung kismi). Kassa kirim orderini buxgalteriya yozib beradi va bosh buxgalter yoki u vakolat bergal shaxs tomonidan imzolanadi. Kirim orderini kassaga topshirishdan oldin, albatta, kirim va chiqim hujjatlarini kayd qilish jurnalida (Ko-3 yoki KO-4 shakli) kayd qilinishi lozim. Jurnal ikki kiemdan iborat: chap kismida kassaga kelib tushgan pul mablag‘lari, ung kismida sarflangan pul mablag‘lari kayd qilinadi.
Kassa kirim orderini pul topshirayotgan shaxslar kuliga berish takiklanadi. Kirim orderi ijro etish uchun bevosita kassaga topshiriladi, bu er da kassir orderning tugri rasmiylashtirilganligini, bosh buxgalterning imzosi borligi va haqikiyligini tekshiradi, pulni qabul qiladi, kirim orderi va kvitantsiyani imzolaydi. Pul topshirgan shaxsga kirim orderi kvitantsiyasi beriladi. Kassa kirim orderi bo‘yicha pullar faqat ushbu hujjat tuldirilgan kunda qabul qilinadi. Bankdagi Hisob-kitob schyoti va boshqa schyotlardan kassaga nakd pul kelib tushganida ham kassa kirim orderi tuziladi va uning kvi­tantsiyasi tuldiriladi. Kvitantsiya Hisob-kitob schyotidan pullarni Hisobdan chiqarish uchun bank muassasasi ko‘chirmasiga kushib kuyiladi.
Nakd pullar kassadan kassa chiqim orderlari (KO-2 shakli) yoki kassa chiqim order-larining urnini bosadigan, maxsus shtamp bilan bosilgan boshqa hujjatlar (to‘lov kayd-nomalari. pul berish uchun ariza, hisobvaraqlar va xokazo) asosida beriladi. Pul berishga doyr barcha hujjatlarni korxona rahbari va bosh buxgalter yoki ular vakolat bergan shaxslar imzolashi kerak Agar kassa chiqim orderiga ilova qilingan hujjatlarda korxona rahbarining ruxsat beruvchi kaydi bo‘lsa, orderda uning imzosi bo‘lishi shart emas.
Kassa chiqim orderi buxgalteriyada tuziladi va kassa chiqim orderlarini kayd qilish daftariga kayd qilinadi va kassirga ijro etish uchun topshiriladi. Kassa chiqim orderlarining pul oluvchi shaxs kuliga berishga ruxsat etilmaydi. Kassir pulni biror-bir shaxsga topshirganda uning shaxsini tasdikdaydigan boshqa jujjat ko‘rsatishini talab qiladi, bu hujjatning nomi va rakami, kim tomonidan va kachon berilganligini kassa chiqim orderiga idi xamda oluvchining tilxatini oladi. Bir necha shaxs nomiga yozilgan bitta to‘lov hujjati bo‘yicha pul olishda ham shaxsni tasdikdaydigan hujjat ko‘rsatilishi shart. Korxonaning ruyxati tarkibida bulmagan shaxslarga pul faqat kassa chiqim orderi bo‘yicha topiladi. Kassadan pul faqat nomi chiqim kassa orderida yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat (qaydnoma)da ko‘rsatilgan shaxsga beriladi.
Kassa orderiga xech qanday o‘zgarishlarni, xo‘atto izoxo‘larni ham qilishga yul qo‘yilmaydi. Agar unda xato borligi aniqlansa, kassa orderi boshqatdan rasmiylashtiriladi. Har bir order yoki uning urnini bosuvchi hujjat bo‘yicha pul olinganidan yoki berilganidan sung kassir darhol kassa bo‘yicha nakd pullar harakatini hisobga olish uchun mo‘ljallangan KO-4 shaklli kassa daftariga buni kayd qiladi.
Korxonada faqat bitta kassa daftari yuritiladi. U raqamlangan, shnurlangan yoki mastika muxr bilan muxrlangan bo‘lishi kerak. Kassa daftarida rakamlangan betlar soni ko‘rsatilib, korxona rahbari va bosh buxgal imzosi bilan tasdiqlab quyiladi.
Respublikamiz milliy valyuta kadrini oshirishda nakd pul muomalalari katta ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham keyingi paytlarda nakd pul muomalalarini tartibga solish bo‘yicha ko‘pgina chora-tadbirlar amalga oshirilmokda. Pul muomalasini takomillashtirish, nakd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish, bankdan muomalani qisqartirish va soliq to‘lashdan buyin tovlashning oldini olish maqsadida 2002 yil 3 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Pul mablgaglarini bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaror2 qabul kilindi. Ushbu Qarorning 5-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasp Davlat Soliq kumitasi va Markaziy banki zimmasiga alohida yirik miqdordagi pul mablag‘lari muomalasi, shu jumladan, nakd pul berilishi bo‘yicha axborotlarni elektron ayrboshlash tizimini ishlab chiqish va joriy etish vazifasi yuklatilgan.
Ish haqi, mukofot, xizmat sifatida harajatlari uchun pul mablag‘lari berilishining elektron kartochka tizimiga utilishini muomalalarida hujjatlar okimining kamayishiga olib keladi. Xususan, pul mablag‘larini berilishida kassa chiqim orderlari rasmiylash-tirilmasdan, balki yagona hujjat qaydnomasining tuldirilishi kassa muomalalari ishini engillashtiradi.
Agar kamomad yoki ortiqchalik mavjudligi aniqlansa, komissiya kassirdan yozma tushuntirish talab qilishi lozim.
Inventarizatsiya natijalari o‘z vaqtida buxgalteriya hisobvaraqlarida aks ettiriladi:
* ortiqcha pullar chiqqanda, ushbu summa kassaga qaytadan kirim qilinadi:
D-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari»
K-t 9390-«Boshqa muomalaviy daromadlar»
kamomad aniqlanganida:
Dt 4730-«Moddiy zararni koplash yuzasidan xodimlarning qarzi»
Kt 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari»
kamomad summasini kassir bevosita kassaga tulaganida:
Dt 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari»
Kt 4730-«Moddiy zararni qoplash yuzasidan xodimlarning qarzi».
kamomad summasi kassirning ish haqidan ushlab kolinganida:
Dt 6710-«Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishishlar»
Kt 4730-«Moddiy zararni koplash yuzasidan xodimlarning qarzi».

Download 55.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling