Mavzu: Hisob-kitob hisobidagi pul mablag`lari hisobi. Reja: Pul mablag`lari haqida tushuncha va uning ahamiyati. Naqd pul va naqdsiz pul mablag`lari hisobi


Download 55.9 Kb.
bet3/6
Sana27.06.2023
Hajmi55.9 Kb.
#1657247
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
409Pul mablag’lari hisobi mundarija

Naqd pul mablag’lari hisobi
Xar bir korxonaga tijorat bankida hisob-kitob schyoti ochiladi. Bu schyotda korxona o‘z pul mablag‘larini saqlaydilar va turli tashkilotlar bilan naqd pulsiz hisob-kitoblar olib boradilar. korxonalarning pul mablag‘lari hisob-kitob schyotida saqlanganiligi uchun bank ma’lum miqdorda foiz to‘laydi. Korxonalar hisob-kitob schyoti ochish uchun quyidagi xujjatlrni topshiradi: belgilangan shaklda mahsus ariza. Bu arizaga korxona raxbari va bosh buxgalteri imzo qo‘yadi: imzolar qo‘yilgan va pechat bosilgan kartochka (ikki nusxada). Korxona raxbari va bosh buxgalterning kartochkada qo‘yilgan imzolari notarius tomonidan tasdiqlanadi.
Ushbu operatsiyalar O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2020-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g;risida” 3gi nizom bilan tartibga solinadi.
Iqtisodiyotda bo‘ladigan pul aylanishining 80-90 foizini naqdsiz pul aylanishi tashkil etadi. Naqdsiz pul aylanishi naqd pulsiz hisob-kitob shakllari asosida olib boriladi. Naqd pulsiz hisob kitoblarning keng ishlatilishiga ko‘p tarmog‘li bank tizimining rivojlanishi, davlat tomonidan makroiqtisodiy jarayonlarni o‘rganish va uni tartibga solish nu.tai-nazaridan davlatning qiziqishi, mulkchilik shakllarining ko‘payishi va turli mulkchilik munosabatlarining kengayib borishi asos bo‘ladi.
Iqtisodiyotda naqd pulsiz xisob-kitoblar ma’lum tizim asosida olib boriladi. Naqd pulsiz xisob-kitoblar tizimi o‘z ichiga hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillari, shakllari, usullari hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish oldida qo‘yilgan talablarni oladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bir necha shakllarda olib boriladi va bu shakllar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib borishi mumkin. hozirgi kunda respublikada naqd pulsiz hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan va halqaro amaliyotda qabul qilingan shakllarda tashkil etiladi. Hisob-kitob shakllari deyilganda huquqiy me’yorlarda ko‘zda tutilgan, pul mablag‘larining maqsulot etkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarning hisobvarag‘iga yozish usuli, hisob-kitob hujjatining turi va hujjatlar aylanishi tartibi bilan farq qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi.



Download 55.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling