Mavzu: Hissiyot


Psixik holat turlari. Stress tushunchasi va psixik zo`riqishi va uni boshqarish


Download 1.49 Mb.
bet3/5
Sana28.12.2022
Hajmi1.49 Mb.
#1023617
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu; hissiyot

3.Psixik holat turlari. Stress tushunchasi va psixik zo`riqishi va uni boshqarish

  • Stress tushunchasining mazmuni mohiyati borasida qator ta’riflar uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiy tomonidan stress–ffektiv holatga yaqin turadigan, lekin boshdan kechirilishining davomiyligiga ko‘ra kayfiyatlarga yaqin bo‘lgan his-tuyg‘ularni boshdan kechirilishining alohida shaklidir, deb ta’rif beriladi. Professor E.G‘ozievning umumiy psixologiya kitobida yozilishicha, stress-og‘ir jismoniy va murakkab aqliy yuklamalar ishlarning me’yoridan oshib, ketib xavfli vaziyatlar tug‘ilganida, zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga keladigan hissiy zo‘riqishlar sifatida ko‘rsatiladi.
  • Stress – inson organizmini haddan tashqari zo‘riqish natijasida paydo bo‘ladigan tanglik jarayonidir.

Stress:

  •  Stress ko‘rinishiga qarab ikki turga ajratiladi:
  • Konstruktiv – biz turidagi (ko‘pchilik orasida);
  • Destruktiv – men turidagi (yakka shaxs o‘zi bilan) kechadigan jarayon.
  • Stress tushunchasi kanadalik olim gans sele tomonidan kiritilgan, u stressni organizmning jismoniy yoki psixik jarohatni keltirib chiqaradigan ta’sirlarga nisbatan moslashish-himoya reaksiyalari yig‘indisi sifatida ta’riflagan. Stress holatining rivojlanishida g. Sele uch bosqich: a) xavotirlanish, b) qarshilik ko‘rsatish, v) izdan chiqishlarni ajratdi.
  • Xavotirlanish reaksiyasi shok davri (mns tushkunlik holati) va izdan chiqqan psixik vazifalarning tiklanish, shokka qarshi davridan iborat. Qarshilik ko‘rsatish bosqichi (rezistentlik) stressorlar ta’siriga nisbatan chidamlilikning yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Ularning davomli ta’sirida organizm kuchi kamaya boradi, va izdan chiqish bosqichi boshlanadi, ba’zn organizm o‘limiga olib keluvchi nuqsonli kasallik jarayonlari yuzaga keladi.
  • Stress hayot uchun xavfli bo‘lsada, organizm uchun zarurdir: austressda («foydali» stress) individning moslashish mexanizmlari ishlab chiqiladi. Axborotli va psixik stress turlari mavjud (emotsional stresslar).
  • Hissiyot va sezgilarning yana bir qonuniyati – bu psixosomatik korrelyasiya, vegetativ o‘zgarishlar bilan aloqa, bu organizm va inson hayotiy faoliyati vazifalarining o‘zgarishiga olib keluvchi hissiyotlar ta’sirini bildiradi.
  • Emotsional kechinmalarning xilma-xilligi avvalambor, odamlarning kayfiyatida ifodalanadi. Emotsional jihatdan kuchsiz ta’sirlanadigan odamlarda faqat qandaydir o‘ta xavotirli voqea yaqqol ifodalangan hislarni yuzaga keltiradi. Boshqa toifadagi, emotsional ta’sirchan odamlarda arzimas holat ham kuchli hissiyotlarga sabab bo‘lishi mumkin. Hatto, ahamiyatsiz voqea ham kayfiyatlarini ko‘tarishi yoki tushirib yuborishi mumkin.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling