Mavzu: Stress va frustratsiya
Download 311.82 Kb. Pdf ko'rish
|
3-topshiriq P.P
- Bu sahifa navigatsiya:
- REJA: 1. STRESS HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT. 2. FRUSTRATSIYA HAQIDA TUSHUNCHA. 3. XULOSA. 4. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Pedagogika. Psixologiya Topshiriq-3 Mavzu: Stress va frustratsiya. Bajardi: 070-19 guruh talabasi Raimjonov Jasur Tekshirdi: Azimova SH.S Toshkent 2023 REJA: 1. STRESS HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT. 2. FRUSTRATSIYA HAQIDA TUSHUNCHA. 3. XULOSA. 4. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. STRESS HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT. Stress — inson organizmining haddan tashqari zo’riqish, salbiy emotsiyalar yoki oddiygina zerikishga bo’lgan javob reaktsiyasidir. Stress chog’ida inson organizmi yechim izlashga undaydigan adrenalin gormoni ishlab chiqaradi. Kichik miqdordagi stress hamma uchun kerak, chunki bu kishini fikrlashga, muammodan chiqish yo’lini topishga undaydi, stresssiz hayot zerikarli bo’lar edi. Boshqa tomondan, agar stress juda ko’p bo’lsa, tana zaiflashadi, kuchsizlanadi va muammolarni hal qilish qobiliyatini yo’qotadi. Ushbu muammoga bir qancha ilmiy tadiqotlar bag’ishlangan. Stressning paydo bo’lish mexanizmlari batafsil o’rganilib chiqilgan va juda murakkabdir: ular bizning gormonal, asab va qon tomir tizimlarimiz bilan bog’liq. Shuni ta’kidlash kerakki, og’ir stresslar sog’liqqa ta’sir qiladi. Stress immunitetni pasaytiradi va ko’plab kasalliklarga sabab bo’ladi (yurak-qon tomir, oshqozon-ichak va boshqalar). Shuning uchun stressli vaziyatga qarshi tura olish va hayotga ijobiy qaray olishni o’rganishga to’g’ri keladi. Stress tushunchasining mazmuni mohiyati borasida qator ta’riflar uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiy tomonidan stress–ffektiv holatga yaqin turadigan, lekin boshdan kechirilishining davomiyligiga ko‘ra kayfiyatlarga yaqin bo‘lgan his- tuyg‘ularni boshdan kechirilishining alohida shaklidir, deb ta’rif beriladi. Professor E.G‘ozievning umumiy psixologiya kitobida yozilishicha, stress-og‘ir jismoniy va murakkab aqliy yuklamalar ishlarning me’yoridan oshib, ketib xavfli vaziyatlar tug‘ilganida, zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga keladigan hissiy zo‘riqishlar sifatida ko‘rsatiladi. Stress – inson organizmini haddan tashqari zo‘riqish natijasida paydo bo‘ladigan tanglik jarayonidir. Stress ko‘rinishiga qarab ikki turga ajratiladi: Download 311.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling