Mavzu: Stress va frustratsiya


Download 311.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana19.06.2023
Hajmi311.82 Kb.
#1611256
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-topshiriq P.P

Frustratsiya – tushkunlik, ma’lum maqsadga erishishda umidlarning 
parchalanishi bilan kechadigan inson muvaffaqiyatsizligining emotsional og‘ir 
kechinmasi. Frustratsiya ko‘p hollarda frustratorga qarshi qaratilgan tajovuzkorlik 


hulq-atvor bilan bog‘liq. Frustratsiya sabablari bartaraf etilmaganida, psixikaning 
davomli izdan chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan chuqur depressiv holat yuzaga kelishi 
mumkin (xotira, mantiqiy tafakkurga bo‘lgan layoqatlarning susayishi). Frustratsiya 
holati inson biror chiqib ketish yo‘llarini izlaydi, shirin xayol olamida beriladi, 
ba’zida esa tubanlashadi, ya’ni, psixik rivojlanishning dastlabki bosqichlariga 
qaytadi. 
Hissiy jarayonlarning har xil shakllari normal odamda alohida, yakka holda 
mavjud bo‘lmaydi. YUzlab va minglab kechirilayotgan emotsiyalar, affektlar
kayfiyatlarda aniq yashaydigan umumlashtirilgan hislar yuksak hislar deyiladi. 
Yuksak hislar o‘z tarkibiga birinchi soddaroq ko‘rinishdagi turli hislarni oladi. 
Inson faoliyatining qaysi bir turi, yoki qaysi bir sohasi, hislarni qaysi birining 
asosiy ekanligiga qarab, yuksak hislarning muhim turlari: praksik, axloqiy, 
intellektual, estetik turlari ajratiladi. 
Ahloqiy hislar odamning boshqa kishilarga, jamoa va o‘zining ijtimoiy 
burchlariga bo‘lgan munosabatlarida ifodalanadi. Inson bu hislarni kechirar ekan, 
ma’lum ahloqqa, ya’ni ijtimoiy ahloq-qoidalari va normalari majmuiga asoslanib, 
boshqa kishilarning xatti-harakatlariga yoki ruhiy hususiyatlariga hamda o‘zining 
xatti-harakatlariga baho beradi. 
Intellektual hissiyotlar ham o‘z mohiyati jihatidan ahloqiy hissiyotlarga 
yaqin bo‘lgan hissiyotlardir. Intellektual hissiyotlar odamning bilish jarayoni bilan 
bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar bo‘lib, biror narsadan hayron qolish, hayratda qolish, 
shubhalanish kabi holatlarda ifodalanadi. Estetik hislar ham yuksak ahloqiy 
hislardan hisoblanadi. Estetik his deganda biz go‘zallikni idrok qilish, go‘zallikdan 
zavqlanish va go‘zallik yaratishga intilishni tushunamiz. Estetik hissiyot hamma 
odamlarga xos bo‘lgan hissiyotdir. Atrofdagi tabiat manzaralari estetik 
hissiyotlarimizning birinchi manbai hisoblanadi. 
Praksik hislar. Inson amaliy hayotining istalgan sohasi maqsadga muvofiq 
aqliy faoliyatiga, shaxsning ularga nisbatan muayyan munosabatda bo‘lish sohasiga 
aylanib qoladi. Bu birinchi navbatda biror maqsadni anglabgina qolmay, uni e’tirof 


etadigan yoki inkor qiladigan maqsadlarga erishish yo‘llarini baholaydigan ta’sir 
qilish usullari va ko‘lamlarini ma’qullaydigan va ma’qullamaydigan, ularni to‘g‘ri 
tanlanganligiga shubhalanadigan, nihoyat muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik 
hissini kechiradigan mehnat faoliyatida kuzatiladi. Hayotiy faoliyat jarayonida 
muhit va irsiy shartlar asosida insonda barqaror emotsional sifatlar – emotsional 
xususiyatlar va xossalar shakllanadi. Shaxsning emotsional xususiyatlariga 
emotsional reaktivlik, qo‘zg‘aluvchanlik, affektlilik, emotsional barqarorlik
umumiy emotsional tonus, emotsional ta’sirlanishlar kuchi va ularning tashqi 
ifodalanishi – ekspressivlik taalluqlidir. 

Download 311.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling