Mavzu: Hozirgi davr pedagog-tarbiyachining kasbiy kompetensiyasi Reja


Download 148.8 Kb.
bet22/24
Sana23.04.2023
Hajmi148.8 Kb.
#1384108
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Mavzu


Partfolio haqida ma’lumot

  • Bola to’g’risidagi axbarot manbalari


    Partfolio-qabul qilingan paytdan boshlab guruhda o’qishni tugatguniga qadar bo’lgan davrni o’z ichiga olgan bolaning yutuqlari va ishlarining individual to’plami. Shuningdek, bu bola ishlari va boshqa hujjatlarning maqsadli to’plami bo’lib ular bola ta’lim olishi va rivojlanishidagi o’sish haqida dalolat beradi. Bolaning rivojlanish darajasi haqida u bajargan narsalar ma’lumot beradi-rasmlar ish daftarlari, ijodiy ishlar va boshqalar. Shuning uchun bolaning rivojlanish dinamikasi haqida yaxshi tasavvur beradigan va bolaning individual rivojlanish tarixini aks ettiradigan rivojlanish papkasi (portfolio)da bolaning ishini yig’ib borish tavsiya etiladi.
    Partfolio bir qancha muhim vazifalarni bajaradi:
    Individual bolaning ta’lim olishi va rivojlanishini xujjatlashtirish usulidir. Ta’limni xujjatlashtirish odatda bola yoki bolalar ishining turli bosqichlarda bajarilishi namunalarini o’z ichiga oladi. Ishlar rasmlar, so’z va sonlarni yozishga urinishlar, nutqni qo’llash usullarini ( bola fikr yoki g’oyani ifoda etish uchun qo’llagan aniq so’zlar qaydlari) o’z ichiga olishi mumkin. Surat yoki videolar bolaning faoliyati haqida vizual axbarot beradi. Bola so’zlaganini yozib olib, uni ham Partfolioga kiritish mumkin.
    Biz to’plagan malumotlar bolalar Partfoliosiga ularning hikoyalarini gapirib berish uchun solinishi mumkin. Ota-onalar ruxsati bilan ularni guruh nima qilganini ko’rsatish uchun e’lonlar doskasiga ham joylashtirilsa bo’ladi.
    Har bir bolaning rivojlanishi va ta’lim olishida o’sishni baxolash vositasi. Tarbiyachining roli bolaning rivojlanishi va o’sishini bir qator rivojlanish saholarida ko’rsatilgan ishni tanlashdir. Biz ushbu materialni nima uchun tanlaganimizni va u qanday rivojlanishni anglatishni qaydlarda yozishib qo’yishimiz kerak;
    Bolaning o’z-o’zini baholash vositasi. Biz bolalarni o’z ishlarini tanlashga va nima uchun uni Partfolioga joylashtirishni istashlarini tushuntirishimiz/yozishimiz kerak. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar (4-6 yosh) ham o’z o’quv maqsadlarini belgilashga yordam berishi mumkin. Partfolioda to’plangan ishlar bolaning o’z oldiga o’zi, pedagoglar yoki oila a’zolari tomonidan qo’yilgan muayyan maqsadlarga erishganligini ko’rsatadi. Qo’shimcha ravishda bola faoliyatini aks ettiradigan suratlarni, nutqi yozilgan audioyozuvlarni (ota-onalarning yozma ruxsati bilan) tanlasa bo’ladi. Agar ijodiy vazifani bola plastilin, novdalar, barglar va albomga joylashtirilmaydigan boshqa materiallardan bajargan bo’lsa u suratga olinadi va yopishtiriladi. Albomga sertifikatlar, mukofotlar, medallar va bola yutuqlarining boshqa natijalarini qo’shishingiz mumkin. Bolalar partfoliosi ota-onalariga ko’rsatilishini bilishlari kerak. Oila a’zolari ham bir necha materiallar qo’shishi mumkin va biz ular nima uchun farzandining aynan shu ishini tanlaganlarini so’rab yozib olishimiz mumkin.

    Download 148.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling