Mavzu: Hozirgi davr pedagog-tarbiyachining kasbiy kompetensiyasi Reja


Partfolio bir yosh guruhidan ikkinchisiga o’tish samaradorligini hamda maktabga oson o’tishni ta’minlovchi axbarot manbai hisoblanadi


Download 148.8 Kb.
bet23/24
Sana23.04.2023
Hajmi148.8 Kb.
#1384108
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Mavzu

Partfolio bir yosh guruhidan ikkinchisiga o’tish samaradorligini hamda maktabga oson o’tishni ta’minlovchi axbarot manbai hisoblanadi. Partfolioni yaratishdan yana bir maqsad-bola boshqa guruhga o’tganida pedagogga u haqida ma’lumot berish.
Tarbiyalanuvchi Partfoliosining asosiy vazifalari:
Diagnostik-ma’lum vaqt davomida bola rivojlanishida kuzatilgan o’zgarishlarni qayd etib boradi.
Maqsadga yo’nalganlik-o’quv maqsadlarni qo’llab-quvvatlaydi (bolani nimaga va nima uchun o’rgatyapmiz);
Motivatsion-bola erishgan natijalarni rag’batlantiradi;
Mazmuniy-barcha bajariladigan ishlar ko’lamini ochib beradi;
Rivojlantiruvchi- bolaning MTTga qabul qilingan kunidan to maktabga chiqquncha ta’lim-tarbiya jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi.


Har bir bolaning Partfoliosi quydagi hujjatlarni o’z ichiga olishi mumkin:

  • Ota-onalardan olingan ma’lumot;

  • Bolaning rivojlanish xaritasi va bolaning maktabga tayyorgarligi xaritasi;

  • Guruh mashg’ulotlarida bolaning ishtirok etish chek-varag’i;

  • Bola ishlarining namunalar;

  • Pedagog qaydlari.



Bola to’g’risidagi axbarot manbalari

Pedagog bola haqida ma’lumot olishning qo’shimcha yo’llari borligini yodda tutishi kerak. Bolaning individual xususiyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlari haqidagi qo’shimcha axbarot manbalari quyidagilardan iborat: ota-onalardan olingan ma’lumotlar; suhbatlar, intervyular, bolalar faoliyati maxsulotlarini tahlil qilish, pedagog va mutaxasisslar tomonidan tashkil etilgan maxsus pedagogik vaziyatlar.


ota-onalardan olingan ma’lumotlar
Ota-onalar bola haqidagi (uning moyilliklari, qiziqishlari hamda muloqot qilish va o’rganish xususiyatlari haqida) dastlabki ma’lumotlarni olishda qimmatli manba hisoblanadi.
Suhbat
Guruhda kundalik ishimiz doirasida umumiy kuzatishlar bilan birga, biz alohida bolalar bilan gaplashib, ular haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lishimiz mumkin. 4-5 yoshli bolalarning ko’pchiligi o’zlari haqida muhim ma’lumotlarni bera oladilar. Bolalar kattalarning haqiqatdan qiziqib, ularga hurmat bilan munosabatda bo’layotganlariga ishonsa, o’z fikrlarini g’oyalarini ochiq muhokama qiladilar va kattalar bilan ishlaydilar.
Bola bilan suhbatlar uyda, bolalar bog’chasida yoki qiziqish bo’yicha to’garaklarda sodir bo’ladigan voqealar muhokamasi bilan cheklanmasligi kerak. Bolaning atrof-olam, u uchun nima muhim va qadrli ekanligi haqidagi fikrlarini tinglash lozim. Maktabgacha ta’limda tinglash va bolani baholash jarayoni juda muhimdir. Bolaning o’zidan nima qilayotganini so’rang.
Intervyu
Intervyuda muhim rol pedagogga tegishli. Tuzilgan yoki anketa intervyularida suhbat barcha intervyular javob berishi kerak bo’lgan oldindan tayyorlangan savollarga asoslanadi.


Download 148.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling