Mavzu: Hozirgi o`zbek adabiy tilida omonim qo`shimchlarining ishlatilish
Download 53.5 Kb.
|
Omonim so`zlar ref
O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta’lim vazirligi NamDu qoshidagi 1- Akademik litseyning 209-guruh talabasi Madaminova Nodiraning hazirgi o`zbek adabiyoti tilidan yozgan Namangan 2005 Mavzu: Hozirgi o`zbek adabiy tilida omonim qo`shimchlarining ishlatilish. Reja : Kirish: Hozirgi o`zbek adabiy tili va omonimiya hodisasi. II. Asosiy qism: Qo`shimchalardagi omonimiya hodisasi: so`z yasovchi qo`shimchalarning omonimligi; shakl yasovchi qo`shimchlarning omonimligi; so`z o`zgartuvchi qo`shimchalarning omonimligi; so`z yasovchi, shakl yasovchi va so`z o`zgartuvchi qo`shimchalarning o`zaro omonimligi. Qo`shimchalarning so`zlar bilan shakldoshligi. III. Xulosa. Ona tilim onajonim tili bu, Beshikdanoq singgan jonu quloqqa. Elu yurtim xonumonim tili bu, Qadimlikda o`xshar ona tuproqqa. Darhaqiqat, kishi uchun o`z ona tilidan buyukroq, mo`’jizaliroq, undan-da ulug`roq til yo`q bu dunyoda. Bizning ona tilimiz ham biz yashayotgan vatan singari boy qadimiy merosga ega. O`zbek tili millatimizning milliyligini ko`rsatuvchi, madaniyatini belgilovchi, milliy ruhni ifodalovchi omildir. Bizning tilimiz boshqa tillardan serma’noligi, jilodorligi, ohangdorligi, musiqiyligi bilan ajralib turadi. O`zbek tili tilshunoslik fanida turli tarmoqlarga bo`lib o`rganiladi. Bu esa uning juda ham serqirra ekanligini ko`rsatadi. O`zbek tilida xilma-xil til hodisalarini kuzatish mumkin. Shunday til hodisalaridan biri omonimiya hodisasidir. Biz ushbu ishimizda omonimiya hodisasi, bu hodisaning qo`shimchalarda kuzatilishi haqida to`xtalib o`tmoqchimiz. Til birliklarining ifoda planida teng kelish hodisasi omonimiya hodisasi deyiladi. Omonimiyada tovush ifodasi jihatidan bo`ladigan bir xillik ham hisobga olinadi. Bunda tovushlar tizimi bir xil yoziladi va bir xil talaffuz qilinadi. Ya’ni shakli bir xil, ammo ma’nolari har xil bo`lgan so`zlar omonim so`zlar deyiladi. Masalan, asar so`zi bir o`rinda mehnat va ijod mahsuli, boshqa bir o`rinda esa iz, asorat kabi ma’nolarni bildiradi. Bu kabi so`zlarni biz tilimizda ko`plab uchratishimiz mumkin. Badiiy adabiyotda ham omonim so`zlar ko`p ishlatiladi. Bunday so`zlar yordamida tajnis san’at hosil qilinadi. Ayniqsa, tuyuq janrida shakldosh so`zlarni ko`plab uchratish mumkin. Masalan, hazrat Alisher Navoiyning quyidagi tuyug`ida ham omonim so`zlardan foydalanib tajnis san’atining go`zal namunasi yaratilgan: Yorab ul shahdu shakar yo labdurur, Yo magar shahdu shakar yo labdurur. Jonima payvasta novak otqali, G`amza o`qin qoshig` yo labdurur. Ushbu tuyuqda yo labdurur so`z “yoki labdur”, “yalabdir”, “yoy qilibdur” kabi ma’nolarda ishlatilgan. Omonimiya hodisasi nafaqat so`zlarda, balki o`shimchalarda ham uchraydi. Shaklan bir xil so`z bo`lib, ma’no jihatdan turlicha turkumlarga xos so`z yasovchi va skal yasovchi qo`shimcha omonim deyiladi. Ular shaklan bir xil bo`lsa ham, lekin ma’no jihatidah bir-biri bilan bog`liq bo`lmagan qo`shimcha hisoblanadi va tilshunoslikda gramatik omonimiya deb nomlanadi. Qo`shimchalarning omonimligi quyidagicha ko`rinishlarga ega: So`z yasovchi qo`shimchalarning o`zaro omonimligi. So`z o`zgartiruvchi qo`shimchalarning o`zaro omonimligi. Shakl yasovchi qo`shimchalarning o`zaro omonimligi. Qo`shimcha turlarining o`zaro omonimligi. So`z yasovchi qo`shimchalar o`zaro omonimlik munosabatida bo`ladi. So`z yasovchi qo`shimchalarning bir so`z turkumi doirasida bo`lishi juda kam uchraydi. Bu hodisa ikki, ba’zan uch so`z turkumi doirasida bo`ladi. So`z yasovchi qo`shimchalarning omonimlik munosabatida bo`lishi quyidagicha: - gi (-ki, -qi): supur-gi, chop-qi, tep –ki (Ot), kuz-gi, kech-ki, qish-ki, yig`lo-qi (sifat) - in, - un: ek-in, tug-un, yi-g`in (ot), erk-in, yashir-in (sifat). -kin, g`in, (-kun, g`un): tosh-qin, yon-g`in, uch-qun (ot), yor-qin, oz-g`in, tur-g`un, tut-qun (sifat) -don: tuz-don, kul-don, qalam-don (ot), bilim-don, gap-don, qadr-don (sifat) -lik: bola-lik, yaxshi-lik, do`st-lik (ot), kun-lik, xafta-lik, Namangan-lik (sifat) -k, (-ik, -iq,-uk,-uq, -oq): kura-k, teshi-k,chaqir-iq, yut-uq (ot), ili-k, eg-ik, tin-ik, suz-uk, yum-uq, qoch-oq, (sifat), ko`z-ik, kech-ik, chin-iq. (fe’l). Shakl yasovchi qo`shimchalar o`zaro omonimik munosabatda bo`ladi: -sh, (-ish): o`qi-sh, bor-ish, yoz-ish (harakat nomi shakli), oq-ish, sarg`-ish, ko`k-ish (belgisining kamligi shakli). -lar: bola-lar, kitob-lar (ko`plik ma’nosida), dadam-lar kel-di-lar (hurmat ma’nosida), o`qiy-di-lar, ish-la-di-lar (III shaxs ko`plik); -roq: yangi-roq, baland-roq, katta-roq (sifatning qiyosiy darajasi) kech-roq, erta-roq, nari-roq (ravishning qiyosiy darajasi) -b,-ib: yig`la-b gapirdi, kul-ib so`zladi (ravishdosh qo`shimchasi) bor-ib-san, kel-ib-miz, so`ra-b-man (fe’lning o`tgan zamon shakli). -gan kel-gan edim, bor-gan edi, orttir-gan ekanmiz (fe’lning o`tgan zamon shakli), yig`layot-gan qiz, uxlayot-gan bola (sifatdosh qo`shimchasi). So`z o`zgartuvchi qo`shimchalarning omonimligi: -m: uka-m, ona-m, ruchka-m (egalik qo`shimchasi), keldi-m, o`qidi-m, bordi-m (shaxs-son qo`shimchasi) -ng: uka-ng, ona-ng, xona-ng (egalik qo`shimchasi) keldi-ng, bordi-ng, gapirdi-ng (shaxs-son qo`shimchasi) So`z yasovchi, shakl yasovchi va so`z o`zgartiruvchi qo`shimchalarining o`zaro omonimik munosabati: -chak, -choq,-chiq: kuyun-chak, maqtan-choq, tortin-choq, qizg`an-chiq, sirpan-chiq (sifat yasayapti); kelin-chak, toy-choq, qop-chiq (kichraytirish –erkalash oti) -cha: qisqa-cha, yashirin-cha, do`stlar-cha (ravish), uy-cha, shahar-cha, qush-cha (otning kichraytirish va erkalash shakli); -larcha: do`st-larcha, mard-larcha, o`rtoq-larcha (ravish) o`n-larcha, yuz-larcha, ming-larcha (son shakli) -lab: yil-lab, sahar-lab, ko`p-lab (ravish) o`n-lab, million-lab, yuz-lab (son shakli) -ma: yasa-ma, ula-ma, soch-ma (sifat) tug`-ma, mosla-ma, so`z-ma (ot) o`qi-ma, bor-ma, yoz-ma (fe’lning bo`lishsizlik shakli) -ar: qo`q-ar, oq-ar, qiz-ar, qayt-ar (fe’l) uch-ar(qush), oq-ar(suv), qur-ar(kuz)(sifatdosh) -siz: kuch-siz, o`quv-siz, bilim-siz (sifat) o`qigan-siz, borgan-siz, yozgan-siz (shaxs-son qo`shimchasi) -i: chang-i, boy-i, tinch-i (fe’l) kitob-i, qalam-i, maktab-i (egalik qo`shimchsi) -ay: keng-ay, kuch-ay, top-ay (fe’l) kel-ay, bor-ay, yoz-ay (fe’l mayli shakli); -moq: kel-moq, bor-moq, o`qi-moq (noaniq fe’l) kul-moq, ol-moq, ishla-moq (harakat nomi); -im: ter-im, bil-im, kes-im (ot) kiyim-im, bilim-im, (egalik qo`shimchasi); -dir: kim-dir, nima-dir, qanday-dir (gumon olmoshi); yoz-dir-di, yon-dir, bil-dir-dik (orttirma nisbat qo`shimchasi); O`zbekistonning poytaxti Toshkent-dir. (kesimlik qo`shimchasi); Yuqorida biz o`zaro qo`shimchalarning omonimligini ko`rib o`tdik. O`zbek tili imkoniyatlari shu qadar kengki, nafaqat so`zlar yoki qo`shimchalar ham bir-biri bilan omonim bo`lishi mumkin. Quyida biz mana shu holatni misollar yordamida izoxlab o`tmoqchimiz. jon: birinchi galda insonning tirikligi asosi- yuragi ma’nosini bildirsa, Quljon, Sherjon kabi ismlarda otning erkalash shaklini hosil qilyapti. xon: podshox, amir ma’nosida, Zulfiyaxon, Asalxon ismlarida otning erkalash shaklini hosil qiladi. oy: Yer yo`ldoshi, osmon jismi ma’nosida, Nilufaroy, Yoqutoy so`zlarida otning erkalash shaklini hosil qiladi. –gina: faqat ugina birikmasida ayiruv-chegaralov yuklamasi vazifasida, qizginam, bolaginam so`zlarida esa erkalash otini yasaydi. Siz kishilik olmoshi – siz sifat yasovchi qo`shimch hamda – siz shaxs-son qo`shimchasi bilan omonim hisoblanadi: Xabarsoz, aqlsiz,kuchsiz (sifat yasovchi qo`shimcha), – chi so`roq yuklamasi ot so`z turkimini yasovchi – chi qo`shimchasi bilan shakldoshdir: chi, suv-chi, ish-chi (shaxs oti yasayapti); o`quvchiman, sen-chi? (so`roq yuklamasi ma’nosida) na inkor yuklamasi mumtoz adabiyotimizda jo`nalaish kelishigining –na shakli bilan omonimik munosabatda bo`ladi: na yozdi, na o`qidi (inkor yulamasi ma’nosida) usti-na kiymish sarpo (-ga jo`nalish kelishigi o`rnida); Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, o`zbek tili cheksiz imkoniyatlarga ega bo`lgan tildir. Omonimiya hodisasi nutqimizni ta’sirchanligini oshirishda, ixchamlikka erishishda, badiiy adabiyotimizda esa tajnis san’atini yuzaga keltirishda muhim ahamiyatga ega. Omonim qo`shimchalarining ham tilshunoslik fanida o`z o`rni mavjudligini biz yuqorida misollar asosida ko`rib o`tdik. Lug`aviy omonimlar nutq jarayonida so`z o`yini uchun qulay imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, zaqiylik san’atida ulardan o`rinli foydalanish askiyachilarning mahorati sanaladi. Qaysi qatorda omonim so`zlar berilgan? asar, baxr, bo`lmoq do`st, dunyo, bo`sag`a ilgari, avval, qadam kashf, kashf, kabsh. Javoblarda omonim so`zlar berilmagan. Urg`u yordamida so`zma (ot turkumidagi so`z), qizgina (-gina yklama) so`zlari ma’nosi to`g`ri ifodalangan qatorni belgilang. so`zma, qizgina so`zma, qizgina so`zma, qizgina so`zma, qizgina so`zma, qizgina Quyidagi yasama sifat va otlarning qaysi biri fe’lning bo`lishsizlik shakli bilan omonim munosabatda bo`ladi? qaynatma (sho`rva) sochma (o`q) suzma qo`llanma tug`ma 4. Urg`u ma’no farqlash vazifasini bajargan so`zlarni belgilang. 1. Tortma; 2. O`quvchimiz; 3. Ko`zlar; 4. Tok; 5. Changi; 6. Qo`llanma. 1,5,6,4 4,5,2,3 1,2,3,5 2,3,4,6 1,2,3,4 5. Urg`uni ko`chirish natijasida yangi ma’no anglatuvchi so`zlar qatorini aniqlang. bola, fasl, mexr. Ishlar, qo`llar, yigitcha Odimlar, qadr, chog`lar Muhim, ahil, bog`lar Vazn, dono, yaxshi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. Abduraxmonov G. Rustamov X. 10-11 –sinflar uchun oha tili darsligi T: O`qituvchi, 1995. Nurmonov A, Sobirova A, Qosimov H. Hozirgi o`zbek adabiy tili, T: “O`zbekiston”, 2001. Nurmonov A, Rasulov R. O`zbek tili jadvallarda – T: O`zbek tili grammatikasi. I tom – T: “Fan”, 1975. Said Axmad, Ufq. Roman – T: G`.G`ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1970. Tursunov U, Muxtorov J, Raxmatullayev Sh. Hozirgi o`zbek adabiy tili – T: “O`zbekiston”, 1992. Tematik testlar to`plami. O`zbek tili. I qism, 2002. Umarov J. O`zbek tili savol-javoblarda. “Farg`ona”, 2001. Download 53.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling