Mavzu: Hudud lingvistik diagrafiyasi


Download 412.2 Kb.
bet2/3
Sana08.05.2023
Hajmi412.2 Kb.
#1447068
1   2   3
Bog'liq
dialektologiya sevinch

Namangan viloyatining bir qancha tumani mavjud. Ushbu tumanlarning ham xos shevasi bor. Xususan, Pop tumani shimoldan Qirg`iziston Respublikasining Jalolobod viloyati, sharqdan Namangan viloyati Chust, Mingbuloq tumani bilan, janubdan Farg`ona viloyati Buvayda va Dang`ara tumanlari bilan, g`arbdan Tojikiston viloyatining Asht tumani, Toshkent viloyatining Ohangaron va Bo`stonliq tumanlari bilan chegaradosh. Pop tumani Namangan viloyatining eng katta tumani hisoblanadi. Ma`muriy-hududiy birliklar soni 30 ta hisoblanadi. Ular: Sang, G`urumsaroy, Navbahor, Uyg`ur, Pungon, Botirbo`tka, Beshsari, Kengas, Kanopli, Marg`izor, Mirzaoroli, Nayman, Tepaqo`rg`on, Tikariq, To`da, Uchuyli, Chig`anoq, Chortoq, Shomozor, Yakkatut, Obod, MirishkorYangiyer, Yangichek, Qaznoq, Qizilchorva, Qirchin, Qo`shtepa, Hovuzak, Maydamillat. Janubiy-g`arbiy hududda joylashgan shaharcha va qishloqlarda istiqomat qiluvchi aholi qarluq va qipchoq lahja shevalari asosiy aloqa vositasi sifatida xizmat qiladi. Pop tumanining G`urumsaroy qishlog`i shevasi Farg`ona viloyati shevasiga yaqindir.


Pop shevasida

G’urumsaroy shevasida

Adabiy tilda:

Oya

Aya

Ona

Opoqi

Apoqi

Bobo

Buvi

Buva

Buvi

Olma

Alma

Olma

Opo

Apa

Opa

Bollar

Ballar

Bolalar

Kosonsoy tumani — Namangan viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashqil etilgan. 1962-yil 24-dekabrda Chust tumani bilan birlashtirilgan. 1973-yil 28-dekabrda yana qaytadan tuzilgan. Kosonsoy tumani viloyatning shimoliy qismida, Qoratogʻ etaqlarida, oʻrtacha 790 m balandlikda joylashgan. Janubidan Namangan shahri, sharqdan viloyatning Yangiqoʻrgʻon, janubi-gʻarbdan Chust tumanlari, shimoliy va gʻarbdan Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,51 ming km². Aholisi 141,5 ming kishi (2002). Tumanda 1 shahar (Kosonsoy), 7 qishloq fuqarolar yigʻini (Yoshlik, Koson, Tergachi, Chinovul, Shirin, Qorasuv, Koʻkumboy) bor. Markazi — Kosonsoy shahri

Download 412.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling