Sitoplazma hujayraning membrani balan o’ralgan qismi hisoblanadi. U kolloid xarakterdagi sistemadir. Asosiy ximiyaviy tarkibi oqsillar, RNK, DNK, organik va anoganik moddalar va 70-80% miqdor atrofidagi suvdan iborat. Sitoplazmaning gomogen xarakterdagi fermen-oqsillar, moddalar almashinuvining mahsulotidir, RNKning suyuq qismi tsitozol de ataladi. Tsitoplazmada donador tuzilishli ribosomalar, nukleotid va boshqa qismlari ham bor. Ribosomalar Ribosomalar hujayrada oqsilni sintezlanishida ishtirok etadigan ribonukleotid zarralardir. Ribosomalar juda mayda, ko’ndalang o’lchami 20 nm atrofida keladigan, har biri ikkiti; katta va kichik qismlardan iborat. Har bir bakteriya hujayrasidagi ribosomalarni soni 15 ming dona atrofida bo’ladi. O’lchamlarining kichikligi tufayli tsentrifugada ularni cho’ktirib olishda 10 000 1-2 soat mobaynida aylantirilgandagina bakteriya tsitoplazmasidan ajraladi. Bakteriyalar ribosomaning sentrifugadagi cho’kish tezligi 70 S ((S-svedberg)-tsentrofugada cho’kish tezligi). Hujayra o’ramasi Mikroorganizmlarning ko’chiligida hujayra devorining usti turlicha qalinlikdagi shilliq bilan qoplangan. Shilliq qavatni mikrobiologiya atamashunosligida kapsula deb atash odat bo’lgan. Kapsulani qalinligiga qarab, u ancha yupqa bo’lsa mikrokapsula deyilib, uni faqat elektron mikroskop orqaligina mahsus bo’yoq bilan bo’yagandan keyin ko’rish mumkin. Mikrokapsulani qalinligi 0,2 mkm gacha boradi. Shilliqning qalinligi 0,2 mkm dan katta bo’lsa mikrokapsula deyiladi va ayrim hollarda uni o’lchami hujayranikidan ham katta bo’lishi mumkin. Hujayra shillig’i doimo mahsus tuzilishli bo’ladi. Agarda bakteriya hujayrasini qoplagan shilliq mahsus tuzilishli bo’lmasa, u holda uni "o’rama" ham deyiladi. Kapsulaning asosiy vazifasi-himoyadir. U hujayraning tashqi muhitning noqulay turlicha ta’sirlaridan saqlaydi. Kasallik qo’zg’atuvchi bakteriyalarda kapsulani mavjudligi odatda shtammning yuqtirishi bilan bog’liq. Kapsulaning yo’qolishi bilan bu mikroblarda kasallik yuqtirish xususiyati yo’qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |