Mavzu: Hujayra muhandisligidagi texnalogik jarayonlar
Hujayra muhandisligi biatexnalogiyasi ?
Download 1.08 Mb.
|
Hujayra muxandisligi
Hujayra muhandisligi biatexnalogiyasi ?
Ma’lumki, normal hujayralar juda sekin bo‘linib ko‘payadi va ularning bo‘linishi cheklangan. Rak hujayralar esa tez va cheksiz bo‘linadi. Biror foydali oqsil sintezlovchi normal hujayra biomassasini sun’iy sharoitda ko‘paytirib, shu oqsil moddani ko‘plab ishlab chiqarsa bo‘ladi. Lekin normal hujayralardan yetarli biomassa olish cheklangan bo‘lganligi uchun bunday muammolar o‘z yechimini topmagan edi. 1975-yilda ingliz olimlari Keler va Milshteyn sun’iy sharoitda antitana sintezlovchi limfotsit hujayrasi bilan cheksiz va tez bo‘linuvchi rak hujayrasini bir-biriga qo‘shish natijasida tabiatda uchramaydigan gibrid hujayra yaratdilar. Bunday gibrid hujayra gibridoma deb ataladi. Natijada sun’iy sharoitda antitana sintez qiluvchi hujayraning cheksiz ko‘payishiga erishildi. Gibridizasiya yo‘li bilan olingan hujayralar yuqori molekulali fiziologik faol moddalarni sintezlaydi. Bu hujayralarni cheksiz va doimiy ishlashi uchun yangi texnologiya yaratildi. Buni gibridoma texnologiyasi deb ataladi. Gibridomalarni olish hozirgi vaqtda hujayra injeneriyasida eng muhim yunalishdir. Gibridoma texnologiyasining asosiy maqsadi yuqori molekulali moddalarni sintez qiluvchi gibrid hujayralarni “o‘lmaydigan” hujayraga aylantirishdir. Buning uchun saraton hujayrasiga hujayralar o‘zaro qo‘shilib, gibridoma olinadi. Ma’lumki, saraton hujayrasi cheksiz va tezlik bilan ko‘payadi. Gibrid hujayralar esa sekinlik bilan ko‘payadi. Ikkalasining qo‘shilishidan olingan gibridomadan istalgancha moddalarni sintez qilish mumkin. Odam va hayvon organizmiga tashqaridan kirgan antigenlar – bakteriyalar, viruslar, begona hujayra yoki zaharli moddalarni limfotsitlar kirgan zahotiyoq yo‘qota boshlaydi. Organizmda antigen ta’sirida maxsus hujayralarda har bir antigenning uch o‘lchamdagi fazoviy strukturasini aniq taniydigan neytrallovchi oqsil - antitana molekulalari sintez qilinadi. Bu jarayon immun reaksiya deyiladi. Immun reaksiya antitana sintez qiluvchi maxsus lifotsit hujayralar membranasiga antigen ta’sir etishi bilan boshlanadi. Limfotsitlar ikki populyatsiyaga bo‘linadi: T-limfotsitlar, V-limfotsitlar. Antigen ta’sirida T-limfotsitlardan limfoblast6 Roland W. Scholz Environmental Literacy in Science and Society: From Knowledge to Decisions. New York, USA, 2011; Cambridge University.r.223 hujayralar, V-limfotsitdan esa plazmatik hujayralar rivojlanadi. Limfoblast hujayralarida sintez qilingan antitana molekulasi hujayra ichida qoladi va hujayra immunitetini ta’minlaydi. Plazmatik hujayralarda sintez bo‘lgan antitana mollekulasi hujayra tashqarisiga sekretsiya qilinadi va qon tarkibidagi antigen molekulalarini bog‘laydi. 1975-yilda ingliz olimlari Keller va Milshteyn sun’iy sharoitda antitana sintezlovchi limfotsit hujayrasi bilan cheksiz bo‘linuvchi rak hujayrasini bir-biriga qo‘shish natijasida tabiatda uchramaydigan gibrid hujayra yaratdilar. Bunday gibrid hujayrani gibridoma deb ataldi. Foydalanilgan adabiyotlar Si dorov V.A., Biotexnologiya ras-teiiy. Kletochnayaseleksiya, Kiyev, 1990; Raximbayev I.R., Kolumbayeva S.K.,Djo-kebaye va S.A L uto -va L.A., Biotexnologiya vmsshix rasteniy, SPb, 2003. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling