Mavzu: Hujayra muhandisligidagi texnalogik jarayonlar


Gen va xromasomalar muhandisligi va ulardagi o’zgarishlar?


Download 1.08 Mb.
bet3/4
Sana09.02.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1180930
1   2   3   4
Bog'liq
Hujayra muxandisligi

Gen va xromasomalar muhandisligi va ulardagi o’zgarishlar?
Genni yoki xromosomani o‘tkazish 1970 yillarda liposomalarning (lipid 
pufakchalari) sintez qilinishi bilan amalga oshirila boshlandi. Liposomalar ikkita 
lipid qavatidan iborat bo‘lib, har xil moddalarni hujayraga kiritishda keng ishlatila 
boshlandi. Liposomalar ichidagi moddalar, jumladan, xromosomalar uzoq 
saqlanishi mumkin. Liposoma membranasi harorat ta’sirida o‘z holatini 
o‘zgartiradi va ichidagi xromosomani hujayraga osonroq o‘tkazadi. 1978-yilda 
liposomalar yordamida odamning xromosomasi sichqon hujayrasiga o‘tkazildi. 
Hujayra va gen muhandisligi yutuqlari hayvon zotlarini yaxshilash uchun ham 
tatbiq etilgan. Bu yo‘nalishdagi dastlabki biotexnologiyalardan biri yuqori xo‘jalik 
va genetik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan qoramol zotlari tuxum hujayrasining 
ko‘plab hosil bo‘lishiga erishish edi. Ma’lumki, sigirlar bir yilda faqat bir dona, 
ba’zan 2 dona tuxum hujayra hosil qiladi. Shu sabab nomdor qoramol zotini zudlik bilan ko‘paytirish imkoni bo‘lmagan. Ko‘p miqdorda yuqori sifatli sut beruvchi 
qoramolga ma’lum gormon inyeksiya qilinib, ko‘plab tuxum hujayra olishga 
erishiladi.Bu tuxum hujayralar bachadondan olinib, sun’iy urug‘lantiriladi va hosil 
bo‘lgan zigota xo‘jalik ahamiyati kam, xashaki sigir bachadoniga kiritiladi, ya’ni 
implantatsiya qilinadi. Natijada xashaki o‘gay ona qoramoldan qimmatbaho zotli 
avlod olinadi. Bu biotexnologiya bizning mamlakatimizda ham qo‘llaniladi.
AQShning dunyoga mashhur Monsanto kompaniyasi gen muhandisligi usuli 
bilan o‘sish gormonini (growth hormone) ishlab chiqarib, sigirlarga inyeksiya qildi va shu yo‘l bilan sigirlardan sog‘iladigan sut miqdorini oshirishga erishdi. 
Zigota (urug‘langan tuxum hujayra)ga har xil genlarni mikroinyeksiya 
qilib, transgen sichqon yoki kalamush olish ko‘plab laboratoriyalarda bajarildi. 
Mamlakatimizda akademik J. H. Hamidov rah bar ligida shu usulni qo‘llab, quyon 
zigotasiga o‘sish gormoni geni kiritildi vaodatdagiga nisbatan yirik va tez o‘suvchi 
transgen quyon olindi. Hayvonlarni klonlash. Bir bakteriya hujayrasi bo‘linishi natijasida hosil bo‘lgan bakteriya koloniyasiga klon deb aytiladi. O‘simliklarning kloni bir hujayradan sun’iy sharoitda ko‘paytirilib yoki vegetativ ko‘paytirish usuli bilan olinadi. Yuksak hayvonlar vegetativ yo‘l bilan ko‘paymasligi sababli ularning klonini olish yaqin kunlargacha muammo bo‘lib kelar edi. 1977-yili J.Gyordon tomonidan hujayra muhandisligini qo‘llash natijasida yuksak hayvonlar klonlarini yaratish biotexnologiyasi ishlab chiqildi 1997-yil shotlandiyaning Roslin instituti olimlari qo‘yning klonini yaratdilar. Bu tajribaga qadar yadrosi olib tashlangan zigotaga boshqa embrional hujayradan olingan yadro ko‘chirib o‘tkazilar va hosil bo‘lgan transplant tuxum hujayra o‘gay ona bachadoniga kiritilar (implantatsiya qilinar) edi. Shotlandiyaning Roslin universiteti olimlari erishgan natijalarning J.Gyordon tajribasidan farqi shundaki, ular ilk bor yadrosi olib tashlangan zigotaga voyaga yetgan organizmning somatik hujayrasidan ajratilgan yadron kiritib, yetuk organizm oldilar Gibridomalar. 

4


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling