Nazorat: Og‘zaki nazorat, savol-javoblar, muhokama, kuzatish, o‘z-o‘zini nazorat qilish.
Baholash: Rag‘batlantirish, 5 balli tizim asosida baholash.
Tayanch so‘zlar: Teodor Shvann, Mattias Shleyden, Rudolf Virxov, Karl Ber, aerosomalar, mezosomalar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish, yo’qlama qilish, uy vazifasini so’rash va darsni tashkillash
II. O’tgan mavzuni so’rash: tezkor savol javob o’tkazish orqali o’tilgan mavzuni takrorlash.(I va II bob yuzasidan)
1.Biologiya atamasini kim fanga kiritgan?
2.Ilmiy tadqiqot metodlari nechta va ular qaysilar?
3.Don tarkibida uglevod nima deb ataladi?
4.DNK ning vazifasi nimadan iborat?
5.Organik moddalar necha guruhga bo’linadi va ular qaysilar?
6.Tiklikning xususuyatlari qaysilar?
7.Tirik organizmlarning tuzilish darajalarini ayting?
8.Hayot mohiyati haqida Volkenshteynnning fikrini ayting.
9.Birlamchi oqsilga misol ayting?
10.Lipidlarning hujayradagi asosiy vazifasi nimadan iborat?
III. Asosiy qism: Yangi mavzuni tushuntirish
Reja:
Hujayrani tuzilishi va tarkibiy qismlari
Hujayra nazariyasining asosiy qoidalari
Hujayra nazariyasining ahamiyati.
Hujayra tiriklikning tuzilish, funksional, rivojlanish birligi. Barcha tirik organizmlar hujayradan tuzilgan, hayotiy jarayonlar hujayrada amalga oshadi. Shuning uchun ham hujayra hayotning tuzilish, funksional, rivojlanish va irsiy birligidir. Shu bilan birga hujayra o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ma’lum qonuniyatlar asosida mavjud bo‘lgan biologik sistemadir. Hayotning tuzilish birligi sifatida hujayra biomolekulalardan tashkil topgan tizim sanaladi. Hujayraning tizim sifatidagi xususiyatlari ko‘pjihatdan molekula darajasiga, ya’ni uning komponentlari va shu komponentlarning faoliyatida aks etadi. DNK molekulasi hujayra oqsillari sintezi jarayonlariningboshqarilishini belgilovchi genetik kodni saqlaydi. Hujayraning asosiy membranali tuzilmalari lipid va oqsil molekulalardan tashkil topgan
Do'stlaringiz bilan baham: |