Mavzu: Hujayra tiriklikning tuzilish,funksional,rivojlanish birligi
Download 410.2 Kb.
|
OCHIQ DARS BAYONNOMASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujayra markazi
- Sitoskelet.
2. Xloroplastlar – bu organoidlar o‘simliklar bargi, bir yillik novdalari va pishib yetilmagan mevalarida ko‘p bo‘ladi. Xloroplastlarda fotosintez jarayoni amalga oshadi. Xloroplastlarda ATF ham sintezlanadi.
3. Xromoplastlar – har xil rangga ega plastidalar. ular gullar va mevalarga rang beruvchi karotinoidlardan iborat. Gultoji barglar va mevalarning har xil ranglarda sariq, qizil, zarg‘aldoq kabi bo‘lishi xromoplastlarga bog‘liq. Plastida membranalari orasidagi bo‘shliqda DNk, RNk va ribosomalar bo‘ladi. Plastidalar o‘z ontogenezida biri-ikkinchisiga aylanib turadi. Xloroplastlar xromoplastlarga, leykoplastlar xloroplastlarga aylanadi. Vakuolalar o‘simlik hujayralariga xos organoid bo‘lib, membrana bilan o‘ralgan. ular endoplazmatik to‘rning g‘ovak membranalari hisobiga hosil bo‘ladi. Vakuola tarkibida turli tuman organik birikmalar va tuzlar uchraydi. Vakuola shirasi hosil qiladigan osmotik bosim hujayraga suvning o‘tishini ta’minlaydi va uning tarang, ya’ni turgor holatini vujudga keltiradi. Bu o‘simliklarni mexanik ta’sirlarga nisbatan mustahkamligini ta’minlaydi. Hujayra markazi (sentriola), ikkita silindr shakldagi kichik tanachalardan tashkil topgan bo‘lib, bir biriga nisbatan perpendikulyar bo‘lib joylashgan tuzilmalardan tashkil topgan va ular sentriola deb ataladi. To‘qqiz bog‘lamdan iborat sentriola devorlarining har biri uchta mikronaychani o‘z ichiga oladi. Sentriola sitoplazmaning o‘zidan o‘zi ko‘payadigan organoidi hisoblanadi. ular ning ko‘payishi, oqsil kichik bo‘lakchalarning o‘zini o‘zi yig‘ish jarayonida amalga oshiriladi. hujayra markazi hujayralarning bo‘linishida muhim ahamiyatga ega, ular bo‘linish urchug‘ini hosil bo‘lishida ishtirok etadi. ko‘pchilik o‘simlik va suv o‘tlarida hujayra markazi bo‘lmaydi. ulardagi bu vazifani maxsus fermentlar boshqaradi. Sitoskelet. eukariot hujayralarga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri, ularning sitoplazmasida mikronaychalar va oqsil tolalaridan iborat bo‘lgan tayanch skelet tuzilmalarning mavjudligidir. Sitoskeletning elementlari yadro qobig‘i va tashqi plazmatik membrana bilan zich birikkan bo‘lib, sitoplazmada murakkab bog‘lamlarni hosil qiladi. Sitoplazmaning tayanch elementlari hujayraning shaklini aniqlaydi, hujayra ichki tizimlarining harakatini va butun hujayraning joyini o‘zgarishini ta’minlaydi. hujayraning harakat organoidlariga asosan kiprikchalar va xivchinlar kiradi. Sodda hayvonlardan xivchinlilar va ko‘p hujayrali hayvonlarning spermatozoidlari xivchinlar yordamida harakatlanadi.. Download 410.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling