O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
TA’LIM VAZIRLIGI
Urganch Davlat Universiteti
Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi
224-guruh talabasi Quromboyeva Mahliyoning
Botanika fanidan
Mavzu: Teng xivchinlilar.
Bajardi:
Tekshirdi:
Urganch 2023
REJA:
Kirish
I-Bob Adabiyotlar sharxi
II-Bob Asosiy qism
2.1. Xivchinlilar (mastigophora) sinfi.
2.2. Yashil suvo’tlar va xivchinlilar (Mastigophora) sinfi .
2.3. Teng xivchinlilar sinfi, tallomli, yadroli plastidli avtotrof o’simliklar - Talladiontha eucaryata.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH.
O’simlik hujayrasi tashqi tomondan qobiq bilan o’ralgan bo’lib, uning ichki qismida protoplast joylashgan. Uning tarkibi esa sitoplazma va mag’izdan iborat. Sitoplazma murakkab tarkibli, elastik, qovushqoq, tiniq jism bo’lib u shaklsiz massa gialoplazma va shakllangan hosilalar, ya’ni hujayra organoidlari va kiritmalarga ajraladi. Hujayra organoidlari hujayraning ihtisodlashgan qismidir. Ular mitohondriyalar, ribosomalar, diktiosomalar, endoplazmatik to’r, hujayra markazi va kabilar. O’simlik hujayrasi uchun plastida o’ziga hos organoid hisoblanib, ularda uglevodlar, oqsillar va yog lar to’planish jarayonlari boradi. Plastidalar tarkibidagi bo’yovchi moddalar va bajaradigan vazifasiga ko’ra 3 turga ajratiladi: yashil - xloroplastlar, qizil - xromoplastlar, rangsiz - leykoplastlardir.
Xloroplastlarda fotosintez jarayoni amalga oshiriladi. Xromoplastlar sitoplazmadagi moddalar almashinuvida ishtirok etsa kerak deyiladi va gullarning, mevalamig ochiq rangda bo’lishida, changlanishida, hasharot va qushlami jalb qilishda, urug’, mevalaming tarqalishida katta ahamiyatga egadir. Leykoplastlarda kraxmal, oqsil va moylar to’pIanadi. Mitoxondriyalar hujayrada donador, ipsimon, tayoqchasimon shaklda bo’lib, ulaming o’rtacha soni 50 - 5000 gacha boradi. Mitoxondriyaning hujayradagi asosiy vazifasi ADFdan energiyaga boy ATFni sintez qilib, hujayrani energiya bilan ta’minlashdan iborat. Diktiosomalar o’simlik hujayralarida odatda bir necha sonda bo’lib, ulaming vazifasi turli moddalami to’plash, ayniqsa uglevodlami to’plash va hujayra qobig’i, vakuolalami hosil bo’Iishida muhim rol o’ynaydi. Hujayrada moddalar almashinuvi natijasida to’plangan suvda eruvchan moddalar tsitoplazmadan ajralgan holda to’planadi. Suvda erigan moddalar hujayra shirasi deb atalib, ular joylashgan bo’shliq vakuola deyiladi. Vakuolalar hujayraning osmotik hodisalarida muhim rol o’ynaydi. Shuningdek, moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan mahsulotlar kraxmal donachalari, moy tomchilari, oqsillar va ba’zi bir kristallar ko’p miqdorda to’planishi mumkin. Yadro eukariot hujayralaming muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |