O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi


Chin yashil suvo’tlar yoki teng xivchinlilar sinfi


Download 1.06 Mb.
bet9/12
Sana08.04.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1342693
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
224-bio. Quromboyeva Mahliyo (Teng xivchinlilar sinfi )

Chin yashil suvo’tlar yoki teng xivchinlilar sinfi


O’simlik hujayrasi tashqi tomondan qobiq bilan ‘ralgan bo’lib, uning ichki qismida protoplast joylashgan. Uning tarkibi esa sitoplazma va mag’izdan iborat. Sitoplazma murakkab tarkibli, elastik, qovushqoq, tiniq jism bo’lib u shaklsiz massa gialoplazma va shakllangan hosilalar, ya’ni hujayra organoidlari va kiritmalarga ajraladi. Hujayra organoidlari hujayraning ihtisodlashgan qismidir. Ular mitohondriyalar, ribosomalar, diktiosomalar, endoplazmatik to’r, hujayra markazi va kabilar. O’simlik hujayrasi uchun plastida o’ziga hos organoid hisoblanib, ularda uglevodlar, oqsillar va yog lar to’planish jarayonlari boradi. Plastidalar tarkibidagi bo’yovchi moddalar va bajaradigan vazifasiga ko’ra 3 turga ajratiladi: yashil - xloroplastlar, qizil - xromoplastlar, rangsiz - leykoplastlardir.
Xloroplastlarda fotosintez jarayoni amalga oshiriladi. Xromoplastlar sitoplazmadagi moddalar almashinuvida ishtirok etsa kerak deyiladi va gullarning, mevalamig ochiq rangda bo’lishida, changlanishida, hasharot va qushlami jalb qilishda, urug’, mevalaming tarqalishida katta ahamiyatga egadir. Leykoplastlarda kraxmal, oqsil va moylar to’pIanadi. Mitoxondriyalar hujayrada donador, ipsimon, tayoqchasimon shaklda bo’lib, ulaming o’rtacha soni 50 - 5000 gacha boradi. Mitoxondriyaning hujayradagi asosiy vazifasi ADFdan energiyaga boy ATFni sintez qilib, hujayrani energiya bilan ta’minlashdan iborat. Diktiosomalar o’simlik hujayralarida odatda bir necha sonda bo’lib, ulaming vazifasi turli moddalami to’plash, ayniqsa uglevodlami to’plash va hujayra qobig’i, vakuolalami hosil bo’Iishida muhim rol o’ynaydi. Hujayrada moddalar almashinuvi natijasida to’plangan suvda eruvchan moddalar tsitoplazmadan ajralgan holda to’planadi. Suvda erigan moddalar hujayra shirasi deb atalib, ular joylashgan bo’shliq vakuola deyiladi. Vakuolalar hujayraning osmotik hodisalarida muhim rol o’ynaydi. Shuningdek, moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan mahsulotlar kraxmal donachalari, moy tomchilari, oqsillar va ba’zi bir kristallar ko’p miqdorda to’planishi mumkin. Yadro’eukariot hujayralaming muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. U bir necha tarkibiy qismlardan iborat. Mazkur tarkibiy qismlar mag’izning bajaradigan vazifalari bilan bog liq holda hujayra taraqqiyotining turli bosqichlarida o’zgarib turadi. Yadro’irsiy belgilarni nasldan-naslga o’tkazishda asosiy rolni bajaradi. Irsiy belgilar xromosomalar orqali nasldan-naslga o’tkaziladi. Har bir o’simlik hujayrasi uchun xromosomalar soni doimiy bo’ladi. Har qanday ko’p hujayrali organizmlarda ikki turdagi hujayralar ajratiladi: barcha to’qim a va organlar tarkibiga kiruvchi tana (somatik) hujayralari va jinsiy hujayralar, ya’ni gametalar. O’simliklaming somatik hujayralari diploid, ya’ni ularda xromosomalar yig’indisi ikki marta ortiq bo’ladi, jinsiy hujayralarda xromosomalar yig indisi ikki hissakamdir. Diktiosomalaming funksiyasi uglevodlami toplash va hujayra qobigi, vakuolalarni hosil qilishdir. Irsiy belgilami xromosomalar nasldan- naslga o’tkazadi. O’simlik hujayrasida xromosomalar soni doimiy bo’Iadi. Hujayralar bo’linib ko’payadi va ikkita yangi hujayra hoeil bo’Iadi. Ulaming mag izlari xromosomalar doimiyligini saqlaydi: mag izda har bir xromosoma teng ikkiga bo’linadi, xromosomalar hujayra qutblariga tortiladi va butun hujayra ikkita yangi hujayraga ajraladi. Bu mitoz bo’linishdir. Jinsiy hujayra gaploid hisoblanib ulardagi xromosomalar soni ikki marta kam. Ikki jinsiy hujayra qo’shilishidan zigota hosil bo’lib u diploid xromosoma soniga ega bo’ladi. Zigotadan organizm rivojlanadi. Gametalar va sporalar hosil bo’lishidan avval mag izning meyoz bo’linishi kuzatiladi. Meyozda xromosomalar ikki marta kamayadi va diploid hujayralar gaploid holatga o’tadi. 0’sim liklam ing taraqqiyot davrida nasllar gallanishi kuzatiladi. Bunda hujayralaming mag iz fazalari ham almashinadi. Shunday qilib, o’simlik hujayrasi, qobiq, mag iz, sitoplazma va undagi organoidlar, kiritmalar va vakuoladan iborat.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling