O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi


Xivchinlilar (Mastigophora) sinfi


Download 1.06 Mb.
bet6/12
Sana08.04.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1342693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
224-bio. Quromboyeva Mahliyo (Teng xivchinlilar sinfi )

Xivchinlilar (Mastigophora) sinfi.


Xivchinlilar tanasi qattiq qobiq bilan qoplangan bir hujayrali hayvonlardir. Ularning tipik vakili yashilevglena hisoblanadi. Ular bitta yoki bir nechta xivchinlar yordamida harakatlanadi.
Harakatlanishi va tuzilishi. Yashil evglena ko’lmak suvlarda va hovuzlarda hayot kechiradi. U juda mayda, amyobaga nisbatan 5–10 marta kichik hayvon. Tanasining shakli duksimon bo’lib, oldingi va keyingi tomoni ingichkalashgan. Xivchini vintga o’xshash buralib, uni oldinga siljitadi.

1-rasm.

Evglena hujayrasi qattiq va qayishqoq yupqa qobiq bilan qoplanganligi tufayli doimiy shaklga ega. Evglena sitoplazmasida bitta yirik yadro, qisqaruvchi vakuola va qizil dog’ga o’xshash «ko’zcha» joylashgan.




2-rasm.
Oziqlanishi. Evglena sitoplazmasida yashil tanachalar shaklidagi xromatoforalar bo’ladi. Ulardagi xlorofill pigmenti yordamida evglena fotosintez qiladi. Yorug’lik ta’sirida uning xromatoforala rida organik moddalar hosil bo’ladi. Bu moddalar evglenaning o’sishi, rivojlanishi va ko’payishi uchun sarf bo’ladi.
Evglena qorong’ida hayvonlar singari tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi. Agar uzoq muddat qorong’i joyda saqlansa, evglena xlorofili yemirilib, hujayrasi rangsiz lanadi; endi u suvda erigan organik moddalarni tana yuzasi orqali shimib oziqlana boshlaydi. Evglenaning fotosintez qilish xususiyati o’simliklar bilan hay vonlarning bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan ligidan darak beradi.
Volvoks-chuchuk suvlarda koloniya bo’lib yashovchi yashil xivchinlilar ham ko’p uchraydi. Ular orasida volvoks, ayniqsa, keng tarqalgan. Volvoks koloniyasi bir- biri bilan sitoplazmatik ipchalar orqali qo’shilib ketgan juda ko’p sonli evglenaga o’xshash tuzilgan hujayralardan iborat. Hujayralarning ko’pchiligi vegetativ (o’suvchi), oz qismi esa generativ (ko’payuvchi) bo’ladi. Volvoks koloniyasining ko’rinishi ko’p hujayralilar embrionning blastula davriga o’xshaydi. Volvoksni o’rganish ko’p hujayralilarning kelib chiqishi tarixini bilishda katta ahamiyatga ega. 0 ‘simliksimon xivchinlilar yorug’lik yetishmaganida yashil rangini vo’qotib, barcha hayvonlar singari tayyor organik moddalar hisobiga geterotrof oziqlanishga o’tadi. Bunda ular suvda erigan organik moddalarni shimib oladi. Evglenasimon xivchinlilar orasida birdaniga ikki xil oziqlanish xususiyatiga ega boMgan turlar ham bor. Bunday ikki xil usulda oziqlanish miksotrof (aralash) oziqlanish deyiladi.
Nafas olishi va ayirishi. Evglena ham amyoba singari suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Sitoplazmadagi ortiqcha suv va zararli almashinuv mahsulotlari qisqaruvchi vakuola orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling