O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi


Download 1.06 Mb.
bet3/12
Sana08.04.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1342693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
224-bio. Quromboyeva Mahliyo (Teng xivchinlilar sinfi )

I-BOB. ASOSIY QISM.
2.1. Xivchinlilar (mastigophora) sinfi.
Xivchinlilarga tabiatda juda keng tarqalgan va xilma-xil tuzilgan bir hujayralilar kiradi. Hamma xivchinlilaming harakat organoidlari bitta yoki bir nechta xivchinlar hisoblanadi. Xivchinlar sitoplazmadan hosil bo’lgan qilgao’xshash ingichka o’simtalardan iborat. Xivchinlilar sitoplazmasi ham birmuncha quyuq gomogen ektoplazma va donador suyuqroq endoplazma- ga ajraladi. Ektoplazmaning sirtqi qavati qattiq va elastik qobiq - pellikulani hosil qiladi. Ko’pchilik xivchinlilar tanasi doimiy shaklga ega bo’lishi bilan sarkodalilardan farq qiladi. Shu bilan birga ayrim xivchinlilar tanasida qattiq qobiq bo’lmaydi va ular sarkodalilarga xos bo‘lgan psevdopodiylar hosil qilish xususiyatiga ega. Sarkodalilar hayot siklining ayrim davrlarida xivchinli gametalar hosil qilishi ilgari ko’rsatib o’tilgan edi. Xivchinlilar bilan sarkodalilar o’rtasida bu o’xshashlik ikkala sinfni bitta sarkomas- tigoforalar tipiga birlashtirish uchun asos qilib olingan.
Xivchinlarning tuzilishi elektron mikroskop ostida tekshirilganda ular ikki qismdan iborat ekanligi aniqlandi. Xivchinning lokomotor (harakatlanish) funksiyasini bajaruvchi uzua qismi tana sirtidajoylashgan. Uning kalta bazal tanachasi ektodermada joylashgan bo’lib, kinetosoma (harakatlantiruvchi tana) deyiladi. Tashqi toiiiondan xivchin uch qavat mem­ brana bilan o’ralgan. Bu membranalar hujayra membranalari bilan bog’langan bo’lib ulaming davomi hisoblanadn. Xivchinning membranasi ostida 9 ta fibrillalar (tolalar) halqa hosil qilib joylashgan. Har bir fibrillalar o’zaro yopishgan ikkita naychadan iborat. Ular periferik fibrillalar deyiladi. Xivchinning markazi bo’ylab yana ikkita fibrilla o’tadi. Markaziy fibrillalar ektoplazma sirtidagi aksial donachadan boshlanadi. Markaziy fibrillar tayanch, periferik fibrillar esa lokomotor harakatlanish funksi­ yasini bajaradi.
Xivchinlilar hayvonlar bilan o’simliklar dunyosini bog’lab turuvchi zveno hisoblanadi. Bu sinf doirasida morfologik jihatdan o’zaro yaqin bo’lgan ayrim turlar ham modda almashinuvining turli guruhlariga man­ sub bo’lishi mumkin. Xivchinlilar har xil muhitda hayot kechirishga mo­ slashgan 8 mingga yaqin turlami o’z ichiga oladi. Ko’pchilik turlari den- gizda yashaydi vaplanktonning asosiy qismini tashkil etadi. Chuchuk suv havzalarida ham xivchinlilar keng tarqalgan. Suv havzalarida xivchinli- laming turlari va ulaming massasi suvning organik chiqindilar bilan ifloshlanishiga bog’liq bo’ladi. Xivchinlilar orasida ko’p turlari har xil hayvonlar va odamning ichagi, qoni, terisi vajinsiy bezlar yoiida parazitlik qiladi. Oziqlanish va moddalar almashinuvi xususiyatlariga binoan xivchinlilar ikkita kenja sinf o’simliksimon va hayvonsimon xivchinlilarga ajratiladi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling