O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi
Koloniya bo’lib yashovchi yashil xivchinlilar
Download 1.06 Mb.
|
224-bio. Quromboyeva Mahliyo (Teng xivchinlilar sinfi )
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Yashil suvo’tlar va xivchinlilar (Mastigophora) sinfi .
Koloniya bo’lib yashovchi yashil xivchinlilar. O’simliksimon xivchinlilar orasida bir qancha turlari koloniya bo’lib yashaydi. Koloniya bo’linishdan keyin hosil bo’lgan hujayralami ajralib ketmasdan bir-biri bi lan bog’langan holda saqlanib qolishi natijasida kelib chiqadi. Chuchuk suvlarda yashil plastinkachaga o’xshash goniutn (Gonium pektorale) koloniyasi ko’p uchraydi. Bu koloniya 16 ta ikki xivchinli yashil hujayralar dan tuzilgan. Hujayralar rangsiz quyuq shilimshiq modda orqali o’zaro tutash. Xivchinlaming eshkakka o’xshab bir me’yorda harakat qilishi natijasida gonium suzib yuradi. Chuchuk suvlarda hayot kechiradigan evdorina (Eudorina elegans) koloniyasi esa ko’pincha 32 ta (ba’zan 8 yoki 16 ta) yashil hujayralardan tuzilgan, bo’lib, shar shaklda bo’ladi. Gonium va evdorinaning har bir hujayrasi mustaqil jipssiz bo’linib ko’payadi. Koloniyadagi hamma hujayralar bir vaqtning o’zida ko’payishga kirishadi. Hujayralar 3 yoki 4 marta ketma-ket bo’linishdan keyin koloniya ichiga tushadi. Yangi hosil bo’lgan yosh koloniyalar soni ona koloniyadagi hujayralar soniga teng boiadi. Keyinchalnk ona koloniya yemiriladi va yosh koloniyalar mustaqil hayot kechira boshlaydi.
Kichikroq suv havzalarida uchrab turadigan volvokslarning sharsimon koloniyasi juda murakkab tuzilgan (8-rasm). Masalan, Volvox aureus koloniyasi 500-1000 hujayradan tashkil topgan, diametri 500-850 mkm, V.globatoresa 20 minggacha hujayradan iborat boiib, diametri 2 mm ga yetadi. Volvokslar koloniyasining asosiy qismini hujayralaming o’zi ajratib chiqaradigan quyuq massa tashkil etadi. Bu massa koloniya chetida tig’iz po’stni hosil qiladi. Hujayralar koloniyaning chetida bir qa torjoylashgan. Koloniya ichi quyuq massa bilan toiib turadi. Koloniyani tashkil etuvchi hujayralar bir xil tuzilgan. Har bir hujayrada stigma (qizil dog’ko’zcha) va ikkita xivchin boiadi. Hujayralar sitoplazmatikipchalar yordamida bir-biri bilan tutashgan. Volvoks xivchinlari birgalikda bir me’yorda tebranishi natijasida dumalayotgan sharga o’xshab suzib yuradi. Koloniya doimo muayyan bir tomoni bilan olg’a suzadi. Koloniyaning bu tomonidagi hujayralar ko’zchalari qarama-qarshi tomondagi ko’zchalarga nisbatan yirikroq bo’ladi. Volvoks koloniyasidagijuda ko’p hujayralar orasida faqat bir qism (4- 10 ta) hujayralar boiinish xususiyatiga ega. Bunday hujayralar koloniya ning pastki tomonidajoylashgan boiib, ular vegetativ hujayralar deb ata ladi. Vegetativ hujayralar ketma-ket bir necha marta bo’linib, yosh koloniy- alami hosil qiladi. Odatda koloniyada birdaniga bir necha yosh koloniy alar hosil boiadi (8-rasm, B). Yosh koloniyalar o’sib, yiriklashgan sari onakoloniyaichigasig’masdanqoladi. Onakoloniyayorilibnobudboiadi, yosh koloniyalar esa mustaqil yashay boshlaydi. Qulay sharoit boiganida ona koloniyadan chiqmagan yosh koloniyalar ichida ikkinchi tartibdagi yosh koloniyalar rivojlanishi mumkin. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan o’simliksimon xivchinlilar koloniyasi palintomik koloniyalar hisoblanadi. Chunki koloniyadagi tamma hujayralar (gonium, eudorina) yoki faqat vegetativ hujayralar (volvoks) о’sib yiriklash- masdan ketma-ket boiinish (palintomiya) yoi^bilan birdaniga bir necha yosh koloniyalami hosil qiladi. O’simliksimon xivchinlilaming ko’pchilik turlari faqatjinssiz ko’payadi. Jinsiy ko’payish asosan koloniali xivchinlilar va ayrim yakka yashovchi xivchinlilarda uchraydi. 2.2. Yashil suvo’tlar va xivchinlilar (Mastigophora) sinfi . Suvo’tlar (tuban) ancha sodda tuzilgan o’simliklar bo’lib, ularning tanasi ildiz, poya va barglarga bo’linmagan. Suvo’tlar orasida bir hujayrali va ko’p hujayralilari ham bor. Tuban o’simliklar tanasi qattana yoki tallom (ildiz, poya va bargga bo’linmagan tana) deb ataladi. Tuban o’simliklarni suvo’tlar tashkil etadi. Suvo’tlar, asosan, suvda yashaydigan, hujayralarida xlorofill donachalarini saqlaydigan va yorug’lik ta’sirida organik moddalar hosil qiladigan tuban o’simliklar. Hozirgi vaqtda suvo’tlarning fanga ma’lum bo’lgan turlari 30 000 ga yaqin bo’lib, ular orasida ko’k-yashil, sarg’ish yashil, yashil, qo’ng’ir, qizil va sariq suvo’tlar bor. Bu suvo’tlarning hujayralarida xlorofllldan tashqari yana har xil rang beradigan pigmentlar bor. Suvo’tlarning suvdan tashqarida - zax tuproqlarda, sernam sharoitda o’suvchi daraxtlar po’stlog’ida, to’nkalarda, daryo’yoqasidagi toshlar ustida o’suvchi turlari ham uchraydi. Suvo’tlar orasida oddiy ko’z bilan deyarli ko’rib bo’lmaydigan, bir hujayrali turlari bilan bir qatorda tanasi bir necha metr keladigan ko’p hujayrali turlari ham bor. Bir hujayrali suvo’tlar juda mayda - oddiy ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan organizmlardir. Lekin ularning to’plamlarini oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin. Yozda ariq, hovuzda uzoq turib qolgan ko’lmak suvlar yashil rangga kirib qoladi. Bunday suvni «gullab qolgan suv» deyishadi. Aslida yashil g’ubor ham, suvning yashil rangi ham to’planib qolgan bir hujayrali suvo’tlardir. Agar «gullab qolgan suv»ning bir tomchisini buyum oy-nasiga tomizib, mikroskop ostida qaralsa, bu suvda bir ta-lay mayda tirik xlorelladoshlar oilasiga mansub bir hujayrali yashil suvo’t - oddiy xlorellani ko’rish mumkin. Bu hujayraning usti yupqa va mustahkam qobiq bilan o’ralgan. Ichida boshqa o’simliklar hujayrasida bo’lgani kabi, sitoplazma bilan yadro’bor. Hujayrada sitoplazma va yadrodan tashqari xloroflll bilan yashil rangga bo’yalgan xromatofor ham joylashgan. Xromatofor yuksak o’simliklar bargidagi xloroplast vazifasini bajaradi. Yorug’lik ta’sirida unda suv va karbonat angidriddan kraxmal, oqsil va boshqa organik moddalar hosil bo’ladi, suvga esa kislorod ajralib chiqadi. Xlorella suvni ham, unda erigan karbonat angidrid va mineral tuzlarni ham po’sti orqali shimib oladi. Xlorella jinssiz – hujayrasining bo’linishi yo’li bilan ko’payadi. Bunda ona hujayra ichidagi tirik qism 4 yoki 8 teng bo’lakka bo’linadi va bu bo’laklarning har biri alohida qobiq bilan o’ralib, mayda hujayrachalarga aylanadi. Kuz kelishi bilan xlorella qalin, zich qobiqqa o’ralib, sporaga aylanadi va shu holda qishlaydi. Banor kelib, qulay sharoit tug’ilgach, spora shaklida qishlagan hujayraning od-diy bo’linishi natijasida bir necha xlorella hosil bo’ladi. Ular hujayra qobig’ini yorib chiqadi va mustaqil hayot kechira boshlaydi. Xlamidomonadadoshlar oilasiga mansub bir hujayrali yana bir suvo’t - xlamidomonadadir. U ko’pincha iflos va azotli birikmalarga boy suv havzalarida uchraydi, ba’zan akvarium devorlarida ham o’sadi. Ushbu tartibning vakillari kokkoid strukturali suvo’tlari bo’lib, vegetativ hayoti davomida harakatsiz bir hujayrali yoki kolonial bo’ladi. Ayrim vakillari jinssiz ko’payishda zoosporalar hosil qilsa (Suv to’ri, ediastrum), ayrimlari avtosporalar (Xlorella, Ssenedesmus) yordamida ko’payish xususiyatiga ega. Vakillarining deyarli hammasi chuchuk suvlarda, tuproqda yoki suv sachratqilarida hayot kechiradi. Ulotrikslar tartibiga kiruvchi suvo’tlari shoxlanmagan ipsimon strukturali bo’lib, uchki hujayralari ko’ndalangiga bo’linishi hisobiga ipi uzunlashib boradi (masalan, Ulotriks). Ayrim vakillari plastingkasimon tuzilishga ega bo’lsada (masalan, Ulva), o’sishining boshlangich davrida ipsimon tallom hosil qiladi. Ushbu tartibning tipik vakillaridan biri Ulotriksning (Ulotrix) ipi bir teks joylashgan hujayralardan iborat bo’lib, pastki qismidagi substratga yopishuvchi rangsiz hujayrasi rizoid vazifasini bajaradi. Xromatofori hujayra qobig’i tagida plastinka shaklidagi, uchlari birlashmagan belbog’ni eslatadi. Ulotriks vegitativ hujayralarida 4 xivchinli zoosporalar hosil qilib, jinssiz ko’payadi. Jinsiy ko’payishi esa izogamiya usulida bo’lib, ikki xivchinli gametalar yuzaga keladi. Bu sinfga bir hujayrali kokkid va oddiy ipsimon, shoxlanmagan suvo’tlar kiradi. Ularning xarakterli belgisi rivojlanish siklida haraktchan stadiyasining yo’qligi va jinsiy ko’payishida oogamiyaning o’ziga xos ko’rinishi hisoblanuvchi ikki vegetativ hujayralarning o’zaro’qo’shilishi yoki «matashishi» (konyugatsiya) bo’lib hisoblanadi. Matashish jarayoni har xil vakillarida o’ziga xos ko’rinishda amalga oshadi. Ko’pchilik ipsimon vakillarida yonma - yon joylashgan iplar orasida qator o’simtalar hosil bo’li6, hujayralar sitoplazmasi biridan ikkinchisiga o’tadi va zigota hosil bo’ladi (narvonsimon konyugatsiya). O’simtalar bir ipdagi hujayralar orasida (bir - biridan harxil uzoqdagi hujayralar) ham yuzaga kelishi mo’mkin (yon konyugatsiya). Hosil bo’ladigan zigota koopulyatsion kanal (o’simta) ichida yuzaga kelish hollari ham uchrab turadi (oraliq konyugatsiya). Matashuvchilarda jinssiz ko’payish uchramaydi. Matashishdan tashqari tallomlari bo’laklarga bo’linib vegitativ yo’li bilan ko’payishi mo’mkin. Matashuvchilarning tartiblarga bo’linishiga asos qilib tallomining tuzilishi va zigotalaridan o’sib chiqadigan o’simtalarining soni olingan. Xara suvo’tlari o’zining yuksak darajada tuzilganligi bilan boshqa suvo’tlaridan keskin farq qiladi. Ularning tashqi tuzilishi qirqbo’g’imga o’xshab ketadi. Mutovka shaklida shoxlangan bo’lib, bo’g’in va bug’in oraliqlarini hosil qiladi. Hujayralari uzunligi jihatidan bug’in oraligini to’liq egallagan bo’lib, rangsizroq markaziy va uning ustida bir nechta po’stloq hujayralari joylashgan. Lekin xara suvo’tlarining ayrim vakillarida po’stloq hujayralari bo’lmaydi va bo’g’in oraligi bir dona uzun hujayradan iborat bo’ladi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling