Mavzu: Hujayra tiriklikning tuzilish,funksional,rivojlanish birligi


HUJAYRANING ASOSIY TARKIBIY QISMLARI


Download 410.2 Kb.
bet3/10
Sana15.06.2023
Hajmi410.2 Kb.
#1487540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
OCHIQ DARS BAYONNOMASI

HUJAYRANING ASOSIY TARKIBIY QISMLARI


Plazmatik membrana bir tekis yaxlit tuzilgan emas. unda maxsus fermentativ kanalchalar bo‘lib, ular orqali hujayraning ichki qismiga fermentlar yordamida ionlar va kichik molekulali moddalar o‘tadi. Shu bilan birga hujayra faoliyati natijasida hosil bo‘lgan moddalar hujayra tashqarisiga chiqariladi. Ayrim hollarda ion va kichik molekulalar hujayra ichiga membrana orqali ham o‘ta oladi, bu passiv diffuziya emas, balki faol transport bo‘lib, ATF energiyasi sarflanishi orqali amalga oshadi. Plazmatik membrana orqali ayrim moddalar osonlik bilan o‘tsa, boshqalari umuman o‘tmaydi. Masalan, k+ ionlarining hujayra ichidagi miqdori, uning tashqarisiga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Na+ ionlari aksincha, hujayra tashqarisida ko‘p. Na+ ionlari hujayra ichida kam bo‘lishiga qaramay hujayradan tashqariga chiqariladi. k+ ionlari esa aksincha. Bu albatta, ATF energiyasi sarfi orqali amalga oshadi va faol transportga misol bo‘ladi. hujayra membranasining muhim xususiyati tanlab o‘tkazish, ya’ni yarim o‘tkazuvchanlikdir.
Fagositoz. organik moddalar, masalan oqsillar, polisaxaridlar va qattiq zarrachalar hujayra ichiga fagositoz yo‘li bilan o‘tadi (yunoncha “fageo” – yemoq, hazm qilmoq degan so‘zlardan olingan). Fagositozda plazmatik membrana bevosita ishtirok etadi. hujayra membranasining yuza qismiga biror qattiq zarracha tushsa o‘sha joyda membrana botiq (chuqurcha) hosil qilib, zarrachani o‘rab qoladi. Membrana bilan o‘ralgan holda bu zarracha hujayra ichiga o‘tadi. hujayrada hazm qilish vakuolasi hosil bo‘ladi va hujayraga o‘tgan organik modda hazm bo‘ladi. Fagositoz hayvonot olamida keng tarqalgan. Misol uchun, amyoba fagositoz yo‘li bilan oziqlanadi. Leykotsitlar ham fagositoz xususiyatiga ega. o‘simliklar, bakteriyalar va ko‘k-yashil suvo‘tlari hujayralarining devori zich va qalin bo‘lgani uchun fagositozga qarshilik qiladi. Shu sababli ularda fagositoz amalga oshmaydi. Pinositoz. har xil moddalarning eritma holida mayda tomchi shaklida hujayraga kirishidir. Suyuqlikning mayda tomchi ko‘rinishida yutilishi ichish hodisasiga o‘xshaydi. Shuning uchun bu hodisa pinositoz (yunoncha “pino” – ichaman degan so‘zdan olin gan) deyiladi. Suyuqlikni membrana orqali o‘tishi ham fagositozga o‘xshaydi.

Download 410.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling