Mavzu: Hujjatlardagi eng muhim zaruriy qismlar va ularni rasmiylashtirish


Rasmiy (xizmat sohasidagi) ishonchnomalar


Download 31.22 Kb.
bet7/10
Sana09.04.2023
Hajmi31.22 Kb.
#1347683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hujjatlardagi eng muhim zaruriy qismlar va ularni rasmiylashtirish

Rasmiy (xizmat sohasidagi) ishonchnomalar - davlat muassasalari, kasaba uyushmalari, xo‘jaliklari, tashkilotlari muayyan lavozimli shaxsga uning muayyan tashkilot tomonidan ish yuritishga vakil qilinganligini bildirish uchun beriladi. Bunday ishonchnomalar muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Ayrim hollarda ishonchnoma qonun talabiga ko‘ra notarial tasdiqdan o‘tishi zarur bo‘ladi.

Hujjatlardagi eng muhim zaruriy qismlar va ularni rasmiylashtirish

Rasmiy ishonchnomaning zaruriy qismlari: 1.Ishonchnoma beruvchi muassasaning nomi. 2.Ishonchnoma tartib raqami va berilgan vaqti (sanasi).3.Ishonchnoma berilayotgan shaxsning lavozimi va to‘liq nomi. 4.Qimmatbaho buyumlar olinadigan (beradigan) muassasaning nomi. 5.Ishonchnomaning berilish sababi. 6.Ishonchnomaning amal qilish muddati. 7.Ishonchnoma berilayotgan shaxs imzosining namanasi. 8. Moddiy-buyum boyliklarini oluvchining shaxsiyatini tasdiqlovchi hujjatning nomi (pasport, guvohnoma).


Ma’lumotnoma – bo‘lgan voqea yoki mavjud holatlarni bildirish- axborot berish mazmunini ifodalaydigan hujjatdir. Ma’lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko‘ra ikkiga: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnomaga bo‘linadi.


Shaxsiy ishonchnomalar –ayrim shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga muayyan ishni bajarish uchun ishonch bildirib berilgan yozma hujjatdir. Muayyan tashkilotdan pul yoki qimmatli buyum, zaruriy hujjatlar olish, avtomobillarni boshqarish, oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish, mulkni boshqarish va boshqa xususiy ishlarni bajarish uchun ishonch bildiriladi. Shaxsiy ishonchnoma erkin usulda odatda qo‘lda yoziladi, lekin unda, albatta quyidagi zaruriy qismlar bo‘lishi shart:
Tasdiqlanishiga ko‘ra shaxsiy ishonchnomalar oddiy va notarial turlarga bo‘linadi. Odatda ish haqi, nafaqa, stipendiya, pochta jo‘natmalarini olish uchun yozilgan oddiy shartnomalar uni yozgan shaxs ishlovchi yoki ta’lim oluvchi muassasa, o‘quv yurti rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. Notarial ishonchnomalar notarial idoralar ular bo`lmagan shaharchalar, qishloqlar va fuqarolar yig‘inlarining raislari, oqsoqollar tomonidan tasdiqlanadigan ishonchnomalardir.
Ichki xizmat ma’lumotnomasi- muassasa ichki ishlari, xo‘jalik faoliyati, biror tarkibiy bo‘linma yoki ayrim xodimning ishi, faoliyati haqida tayyorlanib shu muassasa rahbariga yo‘llanadi va tuzuvchi tomonidan imzolanadi,oddiy qog‘oz varag‘iga qo‘lda yozilishi ham mumkin.

Download 31.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling