Mavzu: Hujjatlardagi eng muhim zaruriy qismlar va ularni rasmiylashtirish
Download 31.22 Kb.
|
Hujjatlardagi eng muhim zaruriy qismlar va ularni rasmiylashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xizmat yozishmalari
- Ish qog‘ozlarining yozilishi Taklifnoma
- Xatlar
Hisobot - muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa, topshiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma’lumot beruvchi hujjatdir.Hisobotda keltirilgan ma`lumot aniq, ishonarli bo‘lishi kerak. Hisobotda quyidagilarga e’tibor beriladi: nima mo‘ljallangan yoki topshirilgan edi, u qanday bajariladi, nimalarga e’tibor berildi, qanday etishmovchiliklar bo‘ldi, ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish kerak. Hisobot oxirida muayyan topshiriq bajarilmagan bo‘lsa, uning sababi ko‘rsatiladi, bu borada takliflar qayd etiladi. Rejalashtirilgan ish haqidagi hisobotlar amalda keng qo‘llaniladi.
Xizmat yozishmalari-mazmunan xilma-xil bo‘ladi. Ularda muassasa faoliyatining turli masalalari bilan bog‘liq talab, iltimos, taklif, kafolat kabilar aks ettiriladi. Bu ma’noda xizmat yozishmalari hujjatlarning yuqorida ko‘rsatilgan guruhlari bilan uzviy aloqadordir. Shularni hisobga olib, xizmat yozishmalari hozirgi zamon hujjatshunosligida mazkur guruhlardan keyin alohida guruh sifatida tasniflangan va bu mantiqan o‘rinli. Har qanday yozishmada, umuman ko‘p hujjatda adres yozishga to‘g‘ri keladi. Adres aksariyat hujjatlarning tarkibiy qismi - rekvizitidir. Ish qog‘ozlarining yozilishi Taklifnoma – biror bir tantanali tadbirga taklif etish uchun qo‘llaniladigan yozma axborot. Taklifnomaning zaruriy qismlari: 1.Nomi (taklifnoma). 2.Matn: a)taklifnoma turiga qarab: taklif qilinayotgan shaxsning familiyasi yoki ismi va otasining ismi; b)taklifqiluvchimuassassaningnomi; v)qanday tadbirgataklifqilinayotganligi. 3. Tadbirni o‘tkazilish sanasi va vaqti. 4. O‘tkazilish joyi. 5. Imzo (tadbirnitashkiletgantashkilotningnomi). Xatlar-muassasalar orasidagi xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy hujjatdir. Xat orqali bajariladigan masalalar ko‘lami keng bo‘lib, bunday yozishmalar tushuntirishlar, xabarlar, taklifnomalar, iltimoslar, kafolatlar beriladi yoki qabul qilinadi. Mazmun jihatdan tullicha bo‘lgan bunday hujjatlar umumlashtirilgan holda xizmat xatlari xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Xatlarnibajaradiganvazifasigaqarabquyidagiturlargabo‘lishmumkin: javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo xatlar, so‘rov xatlar, iltimos xatlar). javob xatni talab qilmaydigan xatlar (ilova xat, tasdiq xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xat va boshqalar). Download 31.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling