Mavzu: hujjatlashtirish va inventarizartsiya hisobi


Download 21.37 Kb.
bet4/10
Sana18.06.2023
Hajmi21.37 Kb.
#1574221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
HUJJATLASHTIRISH VA INVENTARIZARTSIYA HISOBI

- Ramiylashtirish hujjatlari - Buxgalteriya hisobi yuritishda xo‘jalik jarayonlari ro‘y berishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan, ammo hisob ishlarida ahamiyatli hujjatlar ham borki, ular rasmiylashtirish hujjatlar deb ataladi. Masalan, korxonada mavjud bo‘lgan asosiy vositalarga eskirish summasini hisoblash qaydnomalari, buxgalteriya ma’lumotnomalari, sotilgan tovarlarga doir o‘rtacha savdo ustamasini hisoblash jadvali, sotilgan tovarlarga tegishli transport xarajatlarini hisoblash jadvali va xokazo. Ulardan buxgalteriya hisobi registrlariga tegishli yozuvlarni aks ettirishda foydalaniladi.

- Axborot hujjatlari - Korxonada ro‘y bergan xo‘jalik jarayonlarini asosi hisoblangan uni moliyaviy holati, tovar moddiy boyliklari zahiralari hisobot axborot beruvchi hujjatlar, ichki boshqaruv va yuqori tashkilot va muassasalari, davlat soliq nazorati, kreditorlar, hissadorlar, ta’sischilar, tashqi auditorlarga zaruriy vaqtlarda tegishli axborotlar olishda xizmat qiladi. Bunday axborot hujjatlarga mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar bilan tuzilgan shartnomalar, bank muassasalari bilan tuzilgan shartnomalar tovar moddiy boyliklari zahiralari, tabiiy kamayish me’yorlari misol bo‘la oladi.

3. Hujjatlardagi rekvizitlar va hujjatlarni rasmiylashtirish. Dastlabki hujjatlar huquqiy kuchga ega bo‘lishi uchun qo‘yidagi majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi zarur:


  • hujjat (shakl) nomi, shakl kodi;

  • tuzilgan muddati;

  • xo‘jalik jarayonini mazmuni;

  • xo‘jalik jarayoni summasi (so‘zda va sonda);

  • xo‘jalik jarayoni uchun ma’sul shaxslar soni,

  • hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga javobgar shaxs nomi va imzosi.

Har bir hujjat shunday rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerakki, unda amalga oshirilgan muomalalar haqida to‘la - to‘kis fikrga ega bo‘lish va uning isbotlovchi kuchini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar mavjud bo‘lsin. Hujjatlarning tarkibiy unsurlari hisoblangan bu ma’lumotlar uning REKVIZITLARI deb nomlanadi. Rekvizit (lotincha reqnisitum) - bu kerakli, talab qilinadigan degan ma’noni anglatadi.


Download 21.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling