Ko’ppartiyaviylik - Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ko‘ppartiyaviylik tizimining vujudga kelishi davlat hokimiyati oliy va mahalliy organlarining takomillashishida katta ahamiyat kasb etmoqda.
- Ular o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi 1996-yil 26-dekabr qonuniga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq, shuningdek o‘z dasturlariga asosan amalga oshiradilar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 60-moddasida siyosiy partiyalarning huquqiy maqomi aniq va ravshan belgilab berilgan.
Ko‘ppartiyaviylik demokratik taraqqiyot yo‘lida erishgan muhim yutuqlardan biridir.
Birinchidan, demokratik fuqarolik jamiyati qurilishida siyosiy partiyaning o‘rni va roli muntazam ravishda ortib boradi
ikkinchidan, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayonida O‘zbekiston aholisi turli qatlamlarining manfaatlarini ifoda etishda ko‘ppartiyaviylik tizimi muhim demokratik institut hisoblanadi
uchinchidan, davlat bosh islohotchi sifatida siyosiy partiyalarining faoliyatini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega
To’rtinchidan, siyosiy partiyalarsiz vakillik demokratiyasini tasavvur etib bo‘lmaydi
Siyosiy partiyalar - 1. Xalq demokratik partiyasi (O‘zbekiston XDP)- siyosiy partiya sifatida mamlakatda birinchilardan bo‘lib, 1991-yil 1-noyabrda tashkil topdi. Partiya o‘zining ommaviy axborot vositalariga ega. Uning markaziy nashrlari «O‘zbekiston ovozi» gazetasi.
- 2. O‘zbekiston «Adolat» sosial-demokratik partiyasi (SDP) 1995-yili 18- fevralda tashkil topdi va 30 ming a’zoga ega bo‘ldi. Partiyaning rasmiy nashri «Adolat» ijtimoiy-siyosiy gazetasidir.
- 3. O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi (O‘z MTDP )-1995 yil 3 iyunda tashkil topdi. Partiyaning matbuot nashri-«Milliy tiklanish» ijtimoiy siyosiy gazetasi.
- 4. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘z LiDep) - 2003-yil 15- noyabrda tashkil topdi. Uning markaziy nashri – «XXI asr» ijtimoiy-siyosiy gazetasidir.
- 5. O‘zbekiston ekologik partiyasi. 2019 - yilning 8- yanvar kuni O‘zbekiston ekologik partiyasining ta’sis syezdi bo‘lib o‘tdi. Ta’sis syezdida O‘zbekiston ekologik partiyasini ta’sis etish va O‘zbekiston ekologik partiyasi Ustavi va Dasturi loyihalari ko’rib chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |