Mavzu: Huquqiy madaniyat nazariyasi fanining predmeti va metodlari
Huquqiy tarbiya nazariyasi fannning metodlari
Download 148.05 Kb.
|
huquqiy madaniyat YN
Huquqiy tarbiya nazariyasi fannning metodlari
Har qanday o‘quv fani muayyan metodga, usulga, ya'ni o‘rganilayotgan hodisalarni anglab yetish vositalariga ega bo‘ladi. Bunday metodlar ikki guruhga bo‘linadi: Birinchisi barcha o‘quv fanlariga xos bo‘lgan metodlar bo‘lib, ularning asosida tabiat, jamiyat va tafakkurning eng umumiy qonuniyatlari yotadi; ikkinchisi maxsus metodlar bo‘lib, ularga sistemali, tarixiy, qiyosiy, sotsiologik va boshqa metodlar kiradi. Huquqiy tarbiya nazariyasi fanining metodlari - huquqiy tarbiyani olib borish va rivojlanishining qonuniyatlari, hozirgi ahvoli va mohiyati haqida bilim olishga yordam beruvchi usul va vositalar birligidan iborat. XXI asr bo‘sag‘asida jahonda ro‘y berayotgan barcha jarayonlar "inson o‘lchovlari" orqali baholanadi. Huquqiy tarbiya nazariyasi va amaliyoti fanining metodologik asoslarini huquqiy tarbiya masalasiga, birinchidan, insoniylik nuqtai nazaridan yondashish, insonga "barcha narsalarning o‘lchovi" sifatida qarash; ikkinchidan, shaxsga davlat mashinasining bir vinti sifatida qarashga asoslangan mustabid tushunchadan voz kechib, unga (shaxsga) ijtimoiy sub'ekt sifatida qarash tashkil etadi.Huquqiy tarbiya nazariyasi va amaliyoti o‘quv fanining metodlari huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish borasidagi tarbiyani o‘rganish usullaridir. Har qanday fandagi kabi, huquqiy tarbiya nazariyasida ham turli yondashuvlar, har xil qarashlar mavjud. Huquqiy tarbiya nazariyasining metodlari huquqiy tarbiyaning mohiyati, turli jihatlari va xususiyatlarini, rivojlanish qonuniyatlari va prinsiplarini, uni shakllantirish va yuksaltirishni ta'min etadi. Huquqiy tarbiya nazariyasi va amaliyotining metodlari huquqiy tarbiyaning ko‘p qirralari va qatlamlarini ochib berishga yordam beradi. Ular huquqiy tarbiya to‘g‘risidagi bilimlarni o‘rganish, to‘plash va umumlashtirish kalitidir.Huquqiy tarbiya nazariyasi va amaliyotining metodlari huquqiy tarbiyani boshqa ijtimoiy hodisalar bilan uzviy aloqadorlikda, harakatda, miqdoriy va sifat o‘zgarishida o‘rganishni taqozo etadi. Huquqiy tarbiya real hodisa sifatida muayyan vaziyatda, muayyan vaqgda, muayyan jamiyat va davlatda mavjud deb o‘rganilishi lozim. Binobarin, huquqiy tarbiyani tushunish uchun u shakllanayotgan sharoitni, mavjud bo‘lgan tarixiy davrning xususiyatlarini bilmoq va e'tiborga olmoq kerak. Huquqiy tarbiya nazariyasi va amaliyotining metodlari huquqiy madaniyat shakllanishi va rivojlanishining qonuniyatlarini bilishga xizmat qiladi. Ular jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning mohiyati va vazifalariga, funksiyalari va taraqqiyoti tamoyillariga ilmiy yondashish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Huquqiy tarbiya nazariyasi va amaliyotining metodlarn (usullari)- o‘zaro bog‘liq bo‘lgan muayyan bir tizimni tashkil qiladi. Bu tizimga quyidagi metodlarni kiritish mumkin: mantiqiy metod, qiyosiy metod, tarixiy metod, sotsiologik metod, sistemali metod, kibernetik metod. Albatga, huquqiy madaniyatning o‘rganilayotgan jihatlariga qarab, ilmiy bilishning boshqa usullaridan ham foydalanish mumkin.Mantiqny metod huquqiy tarbiyani olib borishda o‘rganishda oqilona, to‘g‘ri xulosa chiqarishga imkon beradi. U ilmiy bilishning mavhum shaklidir. U huquqiy madaniyatni mantiqiy o‘rganishning usul va vositalarini ifodalaydi hamda tafakkur shakllariga, mantiq qonunlariga asoslanadi. Huquqiy tarbiyani o‘rganishda mantiqiy usuldan foydalanish huquqiy tarbiya bo‘yicha qonun hujjatlarini qo‘llashda ziddiyatlardan holi bo‘lish imkonini beradi.Qiyosiy metod huquqiy tarbiyani turli xil guruhlarning, davlatlarning huquqiy madaniyatidagi umumiy va o‘ziga xos tomonlarini bilish va shu asosda huquqiy madaniyat taraqqiyoti qonuniyatlarini aniqlashga yordam beradi. Bu metod huquqiy tarbiya haqidagi tushunchalar, hodisalar va jarayonlarni o‘zaro solishtirish va shu asosda ular o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘xshashlik va farqlarni aniqlashdan iborat. Turli mamlakatlarning huquqiy tarbiya asosida huquqiy madaniyati haqidagi qonun hujjatlari ham taqqoslab o‘rganiladi. Huquqiy tarbiyaning tarixiylik metodi asosida uning taraqqiyotini muayyan tarixiy izchillikda o‘rganishni taqozo etadi. Ushbu metod ko‘llaniladigan huquqiy tarbiya nazariyasi va amaliyoti fanida huquqiy savodxonlikning qaror topishi, rivojlanishi tarixiy taraqqiyotaing murakkab jarayonlari bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Bunda ko‘pincha kishilik jamiyatining turli davrlarida ro‘y bergan voqyealar, hodisalar haqida bilim olish imkonini beradigan tarixiy manbalar, qonunlar, maxsus xujjatlar, muayyan ishlarga doir sud qarorlari va boshqalarni tahlil qilish usuli qo‘llaniladi. Sotsiologik metod huquqiy madaniyat darajasini aniqlashda keng qo‘llanilishi mumkin. Sotsiologik metod so‘roqlar orqali o‘rganishni, anketalar yordamida ma'lumotlar to‘plashni, huquqiy statistika natijalaridan foydalanishni nazarda tutadi. Bu usul huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan huquqiy ta'lim-tarbiya va tadbirlarning samaradorligini aniqlashda yordam beradi. Sistemali metod huquqiy madaniyatni har tomonlama o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqiy madaniyatni turli ijtimoiy hodisalar tizimida o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganish uchun imkoniyatlar yaratadi. Huquqiy tarbiya nazariyasi va amaliyoti fani inson huquqlari masalasiga sistemali yondashishni hisobga olgan holda ilmiy ob'ektivlik, tarixiylik prinsiplari asosiga quriladi. Huquqiy tarbiya olib boish orqali barcha ijtimoiy hamda davlat institutlarining bir butunligi sifatida taxlil etiladi. Huquqiy tarbiya huquq, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, yuridik tashkilotlar, huquqiy munosabatlar, huquqiy xulq-atvordan tashkil topgan yaxlit, bir butun holda xarakterlanadi. Kibernetik metod huquqiy tarbiya sohasida axborat-qidiruv tizimini yaratishda, matematik-statistik metodlarni qo‘llagan holda huquqiy statistika va axborotlarni kompyuterlar yordamida qayta ishlashda turli xil texnika vositalarini qo‘llashni o‘rganishga yordam beradi. Huquqiy tarbiya nazariyasi va amaliyoti fani metodlarining butun bir majmui uning metodologiyasini tashkil etadi. 3. Huquqiy tarbiya nazariyasi va amaliyoti fanining metodologiyasi. Huquqiy madaniyat betakror ijtimoiy voqyelikdir. Bugungi kunda mustaqil O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining butun asosi bo‘lmish huquqiy madaniyatni qaytadan tiklamokda. Xalqimizning teran ma'naviy-huquqiy merosi, uning boy tabiiy va aqliy imkoniyatlari, mustahkamlanib borayotgan xalqaro aloqalari huquqiy madaniyatni shakllantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Huquqiy tarbiya nazariyasi va amaliyoti o‘quv fanini o‘rganishning umumiy asosini, ya'ni metodologiyasini va xususiyatlarini quyidagilar tashkil etadi:Birinchidan, huquqiy tarbiya umuminsoniy qadriyatlar va jahon andozalari (talablar);Ikkinchidan, huquqiy tarbiya bo‘yicha Sharq falsafasi (islom ta'limoti);Uchinchidan, o‘zbek milliy mafkurasi; To‘rtinchidan, tarixiy-huquqiy meros va tajriba.Huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va umumbashariy qadriyatlar. Xuquqiy madaniyat, eng avvalo, umuminsoniy qadriyatlarga, umumjahon sivilizatsiyasiga, bu sohada boshqa xalqlar erishgan tajribalarga, xalqaro huquqning hamma e'tirof etgan prinsiplari va me'yorlariga asoslanadi. Yuksak huquqiy madaniyatga asoslangan demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e'tirof etilgan prinsiplari bor. Tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo do‘stlik, insonning o‘z xohish-irodasini erkin biddirishi hamda uni amalga oshirishi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlat asosiy idoralarining saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustunligi, tayinlash yo‘li bilan shakllanadigan davlat idoralarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi va boshqalar shular jumlasiga kiradi1. Inson huquqlariga doir jahon andozalari Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948 yilgi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 1966 yilgi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt va unga qo‘shimcha Fakultativ protokol hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining barcha asosiy g‘oya va qoidalarini o‘ziga singdirgan. Asosiy qonunimiz tarixda sinalgan umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan, eng rivojlangan, taraqqiy topgan davlatlarning huquqiy tajribasiga tayangan. Jahonning ma'rifiy rivojlangan mamlakatlari e'tirof etgan huquqiy madaniyat va davlat suvereniteti, demokratiya va xalqaro huquqning ustunligi kabi umumbashariy qadriyatlar O‘zbekiston davlatchilik manfaatlariga, xalqning o‘ziga xosligiga, uning milliy an'ana va urf-odatlariga to‘la mos keladi. Huquqiy olib borish orkali shakllangan huquqiy madaniyat O‘zbekistonda Konstitutsiya va qonunlar bilangina emas, balki xalqning o‘z ongi, uning ma'naviy-axloqiy dunyoqarashi va huquqiy tajribasi, mehr-shafqati bilan mustahkamlanadi. "Mustaqil O‘zbekistonning kuch-qudrat manbai - xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir". Download 148.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling