Mavzu: Huquqiy madaniyat nazariyasi fanining predmeti va metodlari


Huquqiy tarbiya bo‘yicha sharq falsafasi ta'li


Download 148.05 Kb.
bet3/11
Sana16.03.2023
Hajmi148.05 Kb.
#1278716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
huquqiy madaniyat YN

Huquqiy tarbiya bo‘yicha sharq falsafasi ta'limoti. Huquqiy tarbiya o‘z ob'ektiv qonuniyatlari asosida rivojlanadi. Sharqda huquqiy tarbiya asosidagi madaniyat va demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan xususiyatlari mavjud. Sharqda huquqiy madaniyat va demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu yerda tarbiya asosida shakllangan huquqiy madaniyat va demokratiya tushunchalari hamjihatlik g‘oyasi, jamoatchilik fikrining ustunligi zaminida shakllanadi. G‘arbda esa huquqiy madaniyat individualizm falsafasiga tayanadi va bu ommani haddan tashqari siyosatlashtirishga olib keladi. Sharqda axloqiy-ma'naviy qadriyatlar siyosiy munosabatlardan ustunligi bilan ajralib turadi. Asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma'naviy adolatparvarlik, ma'rifatsevarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta'limotlari bilan uzviy ravishda rivojlangan. Shu bilan birga buyuk ajdodlarimiz -Sharqning mashhur mutafakkirlari Al-Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Al-Xorazmiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo va boshqalar jahon madaniyati, fani va sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo‘shganlar. O‘zbekistonda, butun Sharq sivilizatsiyasiga xos bo‘lganidek, oilani barcha choralar bilan qo‘llab-quvvatlash eng muhim insoniy qadriyatlardan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Huquqiy tarbiyani shakllantirish makoni mahalladir. Chunki mahalla xalqimizning turmush tarzi, ota-bobolarimizdan bizga meros bo‘lib kelayotgan tafakkur tarzidir. Huquqiy tarbiyani takomillashtirish, to‘liq amalga oshirish milliy davlatchiligimiz tajribasini va huquqiy madaniyatimizni boyitadi.
O‘zbek milliy mafkurasi. Huquqiy tarbiya o‘zbek millatining turmush tarzida, an'anaviy va huquqiy madaniyatida, milliy dunyoqarashi va mafkurasida muhim o‘rin tugadi. Xuquqiy tarbiya orqali huquqiy madaniyatni to‘la qaror toptirishda milliy, ma'naviy, diniy-axloqiy, davlat-xuquqiy va tarixiy merosimizga, mafkuramiz g‘oyalariga tayanmoq kerak. O‘zbek milliy mafkurasining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: birinchidan, mustaqillik his-tuyg‘usi va istiqlolni to‘la idrok etish; ikkinchidan, o‘zbekchilik; uchinchidan,ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining vatanparvarligi.
Milliy mafkura - ona zaminga bo‘lgan muhabbat, uni sevish, e'zozlash, ardoqlash va ravnaqi haqidagi g‘oyalar majmui. Milliy mafkura - jamiyat ahlining ruhiyati ko‘rsatkichi, xohish-irodasining namoyon bo‘lishidir. Milliy mafkura har qanday mafkuradan yuqoridir. Milliy mafkura davlat taraqqiyotini belgilab beruvchi mafkuraviy mezonlarni ham qamrab oladi. Milliy mafkura adolatli huquqiy demokratik fuqarolik jamiyati haqidagi siyosiy-huquqiy g‘oyalardan ham tashkil topadi.Yaqin-yaqinlarga qadar "milliy mafkura" iborasini ishlatish jinoyat hisoblanardi. O‘z millatini sevish, milliy yutuqlardan faxrlanish, millat yo‘lidagi sa'y-harakatlar "millatchilik" tamg‘alari bilan qoralanardi. Nahotki biror bir inson o‘z millatiga mansubligidan g‘ururlansa, millatchi bo‘lsa? Millatchi millat bo‘lmaydi. Milliylik, millatga mansublik umumjahon taraqqiyot qonuniyatidir. "Millatchilik", "millatchi" deydiganlarni, o‘z nasl-nasabini bilmaydiganlarni achinish bilan buyuk davlatchilik, imperiyacha milliy siyosat manqurtlari deb baholash mumkin, xolos. Uzbekman, millatimdan va ona yurtimdan faxrlanaman, o‘zbek davlatining fuqarosiman, deya olmaganlar haqida nima deyish mumkin?! O‘zbek xalqi qanchalik istibdod, qanchalik tazyiqu cheklashlarga duch kelmasin, hyech qachon tili, dini, madaniyati, merosi ildizlaridan uzilib qolgan emas. Millatimizning ana shu teran, sog‘lom va boy ma'naviy tomirlari huquqiy madaniyat mustaxkam poydevorining tayanch nuqtalarini tashkil etadi. O‘zbek milliy mafkurasining negizini quyidagilar tashkil etadi: birinchidan, milliy g‘urur, ikkinchidan, o‘zbek millatining asosiy fazilatlari va nihoyat, uchinchidan, buyuk milliy-madaniy merosimiz.

Download 148.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling