Mavzu: Huquqiy madaniyat nazariyasi fanining predmeti va metodlari
Download 148.05 Kb.
|
huquqiy madaniyat YN
Huquqiy tarbiya amaliyoti.Reja: 1. Sinfdan tashqari huquqiy tarbiyani olib borish.
2. Huquqiy tarbiyada zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash. Donishmanddan men farzandimga qachondan tarbiya berishni boshlasam maqsadga muvofiq bo‘ladi deb so‘raganlarida, farzandingiz qachon tug‘ilgan deb so‘rabdi. So‘rovchi 7 kunlik bo‘lganligini aytgan. Donishmand shunda yetti kunga kechikibsiz deb javob bergan ekan.Biz farzandga tarbiyani uni kuta boshlashimiz bilan berib borishimiz kerak. Bu tarbiya bizning maqsadimiz, intilishimiz, va o‘zimizni tarbiyalamog‘imizda boshlanadi. Ingliz donishmandlari “sen farzandingdan avval o‘zingni tarbiyala, chunki, farzanding sendan andoza oladi” deganlar.Bolalarning qalbi, vujudiga go‘daklik paytidan boshlab odob-axloq, huquqiy qonun-qoidalar haqidagi ilk tasavvur va tushunchalarni singdirishda jamiyatning asosiy negizi bo‘lgan oilaning roli va ahamiyati katta. Huquqiy tarbiya umumiy tarbiyaning bir qismi hisoblanadi. Huquqiy tarbiya berishda ham umumiy tarbiya qoidalariga amal qilish kerak. Huquqiy tarbiyani bolalarga gudakligidan oilada uqtirmoqlik maqsadga muvofiq deb belgilangan. Prezidentimiz ta'birlari bilan aytganda, oila hayotning abadiyligini, avlodlar davomiyligini ta'minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, kelajak nasllar qanday bo‘lib yetishishiga bevosita ta'sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘idir. Shuning uchun Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas sanalgan. "Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, eng qimmatli an'analar: halollik, rostgo‘ylik, or-nomus, sharmu hayo, mehru-oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar eng avvalo oilada shakllanadi",-deydi Birinchi Prezidenti Islom Karimov.Qonun va qonunchilikka, ahloqiy-huquqiy qoidalarga amal qilishning zarurligi, jinoyat qilgan kishining muqarrar ravishda jazolanishi, poraxo‘r boyimasligi, qonunni mensimaganning obro‘si ketishi, qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yildan keyin ham chiqishi muqarrarligi xaqidagi sharqona, o‘zbekona hikmatlarni bolalarning ongiga singdirishda oila katta o‘rin tutadi. Ayni paytda oila unda tarbilanayotgan farzandlarning dunyoqarashi, xuquqiy saviyasi hamda madaniyatini shakllantirishda ham muhim o‘rin tutadi. Boisi millatimiz azaldan demokratik xuquqiy tamoyillarni islom shariyat huquqi, fiqh ilmi asosida o‘z ruhiyatiga singdirishga doimiy harakat qilib kelgan. Biz fuqarolar erkinligi asoslangan demokratik jamiyat va qonun ustivorligiga asoslangan huquqiy davlatda yashayotgan ekanmiz har bir ongli shaxsni o‘z qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlat va jamiyat, millat hamda xalq oldidagi huquqiy mas'uliyatini chuqur anglashga erishmog‘imiz lozim.Huquqiy tarbiyaning navbatdagi bosqichi bolalar bog‘chasi hisoblanadi. Lekin tarbiya beruvchi shaxs uning metodini, yo‘llarini bilmasa, to‘g‘ri tarbiya bera olmaydi. Huquqiy tarbiya bu - tashkiliy ravishda muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni ko‘zlagan va shaxsga (guruh, shaxslarga) ta'sir qiladigan, ularga huquqiy ong, huquqiy bilim, qonunlarga rioya etish xislatlarini vujudga keltiradigan harakatdir. Shu sababli bog‘cha muassasasida huquqiy bilim beruvchi tarbiya berish usulini biluvchi shaxs bo‘lishi talab etiladi.. Huquqiy bilim dasturlashgan tarzda amalga oshirilishi lozim. Dastlabki huquqiy tushunchalar va ularga amal qilish jarayoni shakllanadi. Navbatdagi huquqiy tarbiya bosqichi maktabda undan keyin kasb xunar kollejlari, litseylarda amalga oshiriladi. Bu jarayon davlat ta'lim standarti asosida huquqiy fanlar orqali ta'lim berish bilan amalga oshiriladi. Oliy huquqiy ma'lumotga ega, muayyan tajribali o‘qituvchi fan dasturi, tegishli darslik hamda qo‘llanmalarga asoslanib dars jarayonida huquqiy bilim, tarbiya beradi. Huquqiy tarbiya va ta'lim o‘zaro muvofiqlashadi. Hozirgi kunda ta'lim muassasalarida huquqiy ta'lim-tarbiya berish juda muhim vazifa hisoblanadi. Chunki o‘z huquqlarini va burchlarini bilgan kishi jamiyatning barcha sohalarida ongli ravishda faoliyat yuritadi va faollik ko‘rsatadi. Umumta'lim maktablarining boshlang‘ich sinflaridayoq “Konstitutsiya alifbosi”, yuqori sinflarda “Konstitutsiya olamiga sayohat”, “Konstitutsiyaviy huquq asoslari”, “Davlat va huquq asoslari” kabi fanlarning o‘qitilishidan kutilgan maqsad ham ana shundan iborat. Chunki ta'lim muassasalari o‘z oldiga yosh avlodga ta'lim berish bilan bir qatorda ularni milliy tarbiya vositalari orqali yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalash vazifasini qo‘yadi. Shu ma'noda huquq ham insoniy fazilatlar bilan uyg‘un holda shaxs ijtimoiy faoliyatida namoyon bo‘ladi. Masalan, ahloq va huquq masalasini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ahloq huquqbuzarlikning har qanday ko‘rinishini va ayniqsa jinoyatlarni keskin qoralaydi, bu kabi hodisalarni baholashda huquq va ahloq bir fikrdadir. Rivojlangan jamiyatda huquqqa qarshi har qanday harakat ahloqsizlik hisoblanadi. Oliy ta'limda huquq fanlari mutaxassislarga yo‘naltirilgan tarzda amalga oshiriladi. Ular yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishini e'tiborga olib mutaxassisliklariga oid huquqiy fanlar o‘tilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Kengaytirilgan tarzda “Huquqshunoslik. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” fani o‘rgatiladi. Ta'limdan tashqari huquqiy bilim olmoqlik katta ahamiyatga ega hisoblanib, bunday huquqiy tarbiyani mehnat jamoalari, ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshiriladi. Huquqiy tarbiya orqali har bir shaxsning ongiga, nima qilmoq mumkin, nima qilmoq mumkin emasligini, jamiyat, davlat undan nimani talab qiladi, qonunga rioya etish yo‘llari nimadan iborat ekanligi yetkazmoq lozim. Tartib buzuvchilar orasida o‘z xatti-harakatini noqonuniyligini anglamaslik, noqonuniy ekan deb ham o‘ylamaslik va bunday harakatni jazoga loyiq emas deb tushunish ko‘p uchraydi. Shunday tushuncha hosil bo‘lmasligi uchun tarbiya jarayonida har bir jamoada o‘rnatilgan tartibni buzish, qonun normalariga rioya etmaslik natijasida intizomiy, ma'muriy, moddiy yoki jinoiy jazo kelib chiqishini tushuntirish, uqtirish zarur. Shaxs va jamiyat o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarning jamiyat rivojlanish prinsiplariga mos bo‘lishi shaxs faoliyatining yo‘naltirib turuvchi hayotiy pozitsiyaga bog‘liq. Hayotiy pozitsiya esa tarbiya jarayonida shakllanadi. Shu sababdan ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq shaxs tarbiyasini jamiyat o‘z nazoratiga olgan va bu vazifani bajarishni eng dono kishilarga topshirgan. Ta'lim asosida inson uch narsaga erishadi: 1. O‘qish - o‘rganish, yangiliklarni bilish. 2. Qidirish - izlanish, atrofimizdagi o‘zgarishlarni, bu o‘zgarishlarning sababini aniqlash. 3. Amaliy - u yoki bu muommolarni yechishda olgan ilmi asosida yondoshish va ijobiy natija olish. Ta'lim va inson huquqi bir-biri bilan chambarchas bo g‘liq.Ta'limning inson huquqi bilan bo g‘liqligi avvalo insonning yashashi, turush, yurishidan kelib chiqadi. Bilimni egallashi uchun insonning qorni to‘q, engi but bo‘lishi shart. Farzandlarimiz ilk bilimni bog‘chada, boshlang‘ich sinfda oladi. O‘z o‘qituvchisining, ota-onasining shu davrda bolaga bo‘lgan munosabati, ta'limning hayotda suv, ovqat kabi zarurligini uqtira bilishi, bolaning vujudiga ilmli bo‘lish, o‘qimishli bo‘lish uning butun kelgusi hayotini aniqlab berishini uqtirishdek harakatlar, so‘zlar, tushunchalar farzandlarimizning ta'limga mehr qo‘yishiga asos bo‘la oladi va bilimga intilishiga undaydi. Fuqarolarning ta'limga qiziqishi, o‘qimishli bo‘lishi kelgusi hayotidagi rejalarida ham o‘z ijobiy yoki salbiy oqibatini topadi. Fan yutuqlari, texnika rivojlanishi, yangi-yangi izlashishlar vujudga kelishi insonning ongi, mehnati, fikrlashi natijasida amalga oshadi. Bunday yutuqlarga ega bo‘lish uchun inson k o‘p qirrali bilimi bo‘lishi kerak. Ta'limni to‘la ta'minlab berish, ta'lim tizimini, standartlarini yaratish, tasdiqlash, ta'limni moddiy ta'minlanishi davlat tomonidan amalga oshiriladi. Янги тараққиёт стратегиясида мамлакатимизда адолат ва қонун устуворлиги тамойилларини тараққиётнинг энг асосий ва зарур шартига айлантириш масаласи илгари сурилгани бежиз эмас. Адолат ва қонун устувор жамиятда “Инсон қадри учун” деган тамойил бош мезон сифатида амал қилади. Шу маънода аҳолининг ҳуқуқий маданиятини янада юксалтириш мақсадида 2022 йилнинг 16 май куни қабул қилинган Вазирлар Маҳкамасининг “2022-2023 йилларда жамиятда ҳуқуқий маданиятни юксалтириш бўйича чора-тадбирлар дастурини тасдиқлаш тўғрисида”ги қарори ҳам ана шу мақсадларга хизмат қилади. Маълумки, 2019 йил 9 январдаги Президент фармони билан тасдиқланган Жамиятда ҳуқуқий маданиятни юксалтириш концепциясида унинг асосий мақсади сифатида аҳолининг барча қатламлари ҳуқуқий саводхонликка эришиши, мустаҳкам иродали, ўз ҳуқуқларини биладиган ва қонунларни ҳурмат қиладиган, ҳуқуқий билимларини кундалик ҳаётда қўллай оладиган, фаол фуқаролик позициясига эга бўлган ва ҳуқуқбузарликка нисбатан муросасиз муносабатда бўладиган фуқароларни тарбиялашнинг кенг қамровли мунтазам тизимини яратиш белгиланган эди. Бу Концепцияда белгилаб берилган мақсад ва вазифаларга самарали эришиш учун ҳар икки йилда жамиятда ҳуқуқий маданиятни юксалтириш бўйича чора-тадбирлар дастури қабул қилиш амалиёти йўлга қўйиб келинмоқда. 2022-2023 йилларда жамиятда ҳуқуқий маданиятни юксалтириш бўйича чора-тадбирлар дастурида шахс, давлат ва жамиятнинг ўзаро муносабатларида аҳолининг ҳуқуқий маданиятини юксалтириш билан боғлиқ бўлган оилада ва таълим муассасаларида ҳуқуқий тарбияни шакллантириш ва ҳуқуқий маданиятни юксалтириш, давлат органлари ва ташкилотлар ходимларини ҳамда аҳоли барча қатламларининг ҳуқуқий маданиятини юксалтириш каби йўналишлар белгилаб олинган. Жумладан ушбу йўналишлар доирасида: Ота-оналар ўртасида умумтаълим мактабларига болаларни қабул қилиш, бир мактабнинг ўзида болани бир синфдан бошқасига ўтказиш ёки бир мактабдан бошқа мактабга кўчириш тартиблари бўйича учрашув ва давра суҳбатлари ўтказиш; оилалардаги нотинчлик ва зўравонликнинг болалар тарбиясидаги салбий оқибатлари ҳақида маълумот етказиш ва уларнинг олдини олиш ҳамда таълим муассасаларида ўқувчиларни таъқиб қилишга қарши чора-тадбирларни амалга ошириш; ёшлар ўртасида ҳуқуқий нигилизм ҳолатларини бартараф қилиш, уларда ҳуқуқбузарликларнинг жамият ва давлат тараққиёти учун салбий иллат эканлигига оид дунёқараш шаклланишини тарғиб қилишга қаратилган комплекс тарғибот тадбирларини ташкил қилиш; б) давлат органлари ва ташкилотлари ходимларининг ҳуқуқий маданиятини юксалтириш бўйича амалга ошириладиган чора-тадбирларни белгилаш, жумладан: давлат органлари ва ташкилотларида ходимларнинг меҳнат ҳуқуқи, ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш, мурожаатлар билан ишлаш бўйича билимларини оширишга қаратилган «Ҳуқуқий саводхонлик ойлиги», «Коррупцияга қарши курашиш ойлиги» ва «Конституциявий ҳуқуқ ойлиги»ни ўтказиш; в) аҳоли барча қатламларининг ҳуқуқий маданиятини юксалтириш бўйича амалга ошириладиган чора-тадбирларни белгилаш, жумладан: аҳолининг турли муаммоларини ўрганиш, уларга бепул ҳуқуқий маслаҳат ва кўмак бериш мақсадида «Бепул ҳуқуқий маслаҳат билан ҳар бир уйга» шиори остида тарғибот тадбирларини ўтказиш;ногиронлиги бўлган шахслар учун ижтимоий лойиҳалар, хайрия акцияларини ўтказиш («Биз биргамиз», «Ранглар дунёси»); Халқ қабулхоналарига келиб тушган мурожаатларни таҳлил қилиш ва таҳлил натижасига кўра манзилли ва предметли ҳуқуқий тарғиботни амалга оширишни йўлга қўйиш;“Ҳуқуқий ахборот” (телеграм канали қамровини кенгайтириш) юридик таълимни, шунингдек, юридик кадрларни тайёрлаш, қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш тизимини ривожлантириш, ҳуқуқий маданиятни юксалтиришнинг илмий асосларини тадқиқ этиш, жумладан, юридик олий таълим муассасалари ўқув дастурларига “Тазйиқ ва зўравонликдан жабр кўрган хотин-қизлар билан ишлаш” мавзусини киритиш каби яна бошқа бир қатор муҳим жиҳатлар ўрин олган. Билиб-билмай жиноят содир этган ёшларнинг бу йўлга кириб қолишига сабаб бўлган омиллардан бохабар бўларкансиз, ҳар бирининг тилидан “бу ишим жиноят ёки ҳуқуқбузарлик эканлигини билмагандим”, деган гапни эшитасиз. Кўпинча, болалар турли зўравонлик ва тазйиқларга дуч келиб қоладилар, бу ҳам ёшларнинг ўйламай, турли жиноятлар содир этишига олиб келади. Ёшлар ўртасида ҳуқуқий нигилизм ҳолатларини бартараф қилиш, уларда ҳуқуқбузарликларнинг жамият ва давлат тараққиёти учун салбий иллат эканлигига оид дунёқараш шаклланишини тарғиб қилишга қаратилган комплекс тарғибот тадбирлари ташкил қилинган. Таълим муассасаларида мажбурий меҳнатнинг ҳар қандай кўринишларининг олдини олиш чоралари ва бундай ҳолатларга йўл қўймаслик, мажбурий меҳнат учун жавобгарлик чоралари бўйича кўргазмали тарғибот тадбирларини ўтказиш, умумтаълим ва ўрта махсус, профессионал таълим муассасаларида конституциявий ҳуқуқ, ҳуқуқшунослик фанларидан танловлар ва олимпиадалар ўтказиш ва ғолибларни муносиб тақдирлаш ишлари амалга оширилмоқда. Дастурда юридик таълимни, шунингдек, юридик кадрларни тайёрлаш, қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш тизимини ривожлантириш билан боғлиқ бўлган юридик олий таълим муассасалари ўқув дастурларига «Тазйиқ ва зўравонликдан жабр кўрган хотин-қизлар билан ишлаш» мавзусини киритиш вазифаси ҳам қўйилган бўлиб, бунда хотин-қизларга нисбатан тазйиқ ва зўравонлик натижасида вужудга келадиган низоларнинг сабабларини ўрганиш ва олдини олиш мақсадида суд ва ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар амалиёти ўрганилади. “Адолат” миллий ҳуқуқий ахборот маркази томонидан маҳаллаларда ижтимоий ҳимояга муҳтож аҳоли қатлами учун берилган имтиёзлар, моддий ёрдам, нафақа тайинлаш, ишсизликдан ҳимояланиш, вақтинчалик бир марталик иш билан банд бўлиш, ижтимоий ёрдам олиш тартиби бўйича тизимли тарғибот тадбирлари ўтказиб келинмоқда. Дастур асосида аҳолининг ҳуқуқий маданиятини юксалтиришда оммавий ахборот воситаларининг ролини кучайтириш билан боғлиқ бўлган жамиятда рўй бераётган шов-шувли воқеа-ҳодисаларга зудлик билан муносабат билдириб бориш мақсадида «Воқеа аслида қандай рўй берди?» рукни остида иккинчи тарафнинг фикрлари учун майдон яратиш орқали айни бир воқеага салбий фикрларни камайтиришга қаратилган телекўрсатув ва репортажлар тайёрлаш ҳам йўлга қўйилади. Huquqiy tarbiyada zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash. Дастурга кўра, жамиятда ҳуқуқий маданиятни юксалтиришда ҳуқуқий тарғиботнинг инновацион усулларини жорий қилиш билан боғлиқ бўлган аҳолининг барча қатлами учун мўлжалланган «Юридик кутубхона» электрон тизимини ва унинг мобил иловасини ишга тушириш мақсади ҳам кўзланган. Бунда юридик адабиётлар фуқаролик, меҳнат, жиноят ва бошқа соҳалар кесимида тизимга жойлаштирилади ҳамда фойдаланувчилар китобларни бепул кўчириб олиш, фойдаланиш, нусха кўчириш имконига эга бўлади. Хорижда меҳнат қилиш истагида юрган фуқаролар учун қонуний меҳнат миграцияси, хусусий бандлик агентликлари хизматидан фойдаланиш тартиби, ноқонуний миграция оқибатлари тўғрисида кенг тушунтириш ишларини олиб борилади. Хорижий давлатларга ишлашга борган меҳнат мигрантлари учун оғир вазиятларга тушиб қолганда ёрдам олиш учун мурожаат қилиш манзиллари ва тартиби, тиббий, моддий ва ҳуқуқий ёрдам олиш масалалари Ўзбекистонда берилаётган имтиёзларни назарда тутувчи махсус қўлланмаларни тарқатиш, йўл ҳаракати қоидаларига риоя этиш, йўл транспорт ҳодисаларининг олдини олишга қаратилган ижтимоий видеороликлар тайёрлаш ва тарқатиш орқали йўлга қўйилади. 2) Huquqiy tarbiya nazariyasi va amaliyoti predmetini o‘qitishda ilg‘or texnologiyalar va yangiliklarni o‘rganish, amaliyotga joriy etish metodikasi o‘qituvchilarga dars berish yo‘llarini o‘rgatadi. Fanni o‘qitish, sifatini belgilashda innovatsiya texnologiyalari katta o‘rin egallaydi. Metodika bilan qurollangan har bir o‘qituvchi to‘g‘ri, ijodiy va samarali ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Huquq fani o‘qituvchisi zimmasiga yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol kishi qilib tarbiyalash singari katta va ma'suliyatli vazifalarni yuklaydi. Fanni o‘qitish va tarbiyalash texnologiyalari o‘quvchilarga nimani o‘qitish va qanday o‘rgatish degan savolga javob berib: O‘quvchilarga fan asoslarini singdiradi: Ularni o‘rgatish metodlarini aniqlab beradi; Talabani va o‘quvchilarni huquqiy jihatdan tarbiyalaydi. Fan asoslari, huquq bo‘yicha bilimning hajmi esa huquqshunoslik fanlarining dasturida belgilab qo‘yilgan. O‘quv predmetini o‘rgatishda ilg‘or texnologiyalar va yangiliklarni o‘rganish, amaliyotga joriy etish metodikasi fanning o‘ziga xos bir qancha xususiyatlari mavjud: 1.Dars ob'ektlari har xil bo‘lib, mashg‘ulotlarning mazmuni bir-biridan tubdan farq qiladi; 2.Darsning mazmuni, mohiyati, yo‘nalishlarini belgilashda o‘qituvchining sifatlari, bilim darajasi, mahorati va ijodiy yondoshishi muhim o‘rin egallaydi: 3.O‘quvchilarning bilim natijasi har xilligi inobatga olinadi: 4.Darslarda berilgan bilimlar hayotiy hamda amaldagi tartib qoidalar va me'yoriy normalar bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi: 5.Huquq fani asoslari doimiy ravishda yangilanayotganligini hisobga olinadi va hakozo. O‘qitishning dialektik qonuniyatlariga amal qiluvchi huquq o‘qituvchisi, metodika fanini ham turlicha uslub va tamoyillarga ega ekanligini bilib olishi shart. Har bir mavzuni turlicha usullar bilan o‘tish qonuniydir: Har bir mashg‘ulot turli-tuman huquq manbalari asosida tashkil etiladi: Huquq mashg‘ulotida asosan me'yoriy qoidalar o‘rgatiladi: Darslarda hukumat tomonidan olib borilayotgan siyosatning huquqiy asoslari o‘rgatib boriladi. Huquqiy tarbiyada yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash. Keng ma'noda-barkamol, saloxiyatli avlodga bilimlarni egallashlarida hamda malaka va ko‘nikmalarni, yoxud ma'naviy sifatlarni tarkib toptirishda yangi, zamonaviy o‘qitish uslublarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llashdir.Tor ma'noda-«texnologiya»-texnos-uslub, logis-fan. Ya'ni bola shaxsini yangi, zamonaviy uslublar bilan kamol toptirish ma'nolarida ifodalash mumkin. Axborot texnologiyasi-dunyo miqyosida amalga oshirilayotgan, demokratik ta'limdagi zamonaviy o‘qitish uslublariga xos axborotlardan keng ko‘lamda foydalanishga erishish. Yangi, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish uchun, respublikamizda yangi tizimning huquqiy asoslari yaratildi. Umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi to‘g‘risidagi Nizom, Umumiy o‘rta ta'limning davlat standartlari, o‘quv predmetlari bo‘yicha zamonaviy talablarga javob beruvchi dasturlar va boshqa qator me'yoriy hujjatlar shular jumlasidandir.Yangi pedagogik texnologiya bu-o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlaridagi majburiy itoatkorlik o‘rnini ongli intizom egallashi, o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iboratdir. Ya'ni o‘quv jarayonini insonparvarlashtirish o‘ta muhimdir. Bu bevosita yoshlarimizning tafakkuriga, ongiga, ruxiyatiga ta'sir etish bilan amalga oshiriladi. O‘quvchi qaysi o‘quv fanini yoqtirishi, yaxshi mukammal o‘zlashtirishi va shu asosda mustaqil fikrlash qobiliyatiga erishish mumkin? Bu ijodiy muhit barpo etilganda, o‘qituvchi bilan o‘quvchi orasida o‘zaro bir-biriga hurmat, ishonch va o‘zaro shaxs sifatida tan olish xissi paydo bo‘lgandagina namoyon bo‘ladi. Bu-dars o‘tish jarayonida munozara, baxs, muloqotlar kabi usullardan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Zamonaviy pedagogik texnologiya-umumiy o‘rta ta'limni zamonaviy asbob-uskunalar, o‘quv-uslubiy qurollar, o‘zida millat fikrining, millat tafakkuri va millat mafkurasining eng ilg‘or namunalari aks etgan eng yaxshi darsliklar, ko‘rgazmali vositalar, axborot texnologiyalari va kompyuterlar bilan jixozlangan, internet (ya'ni, butun dunyoda o‘rnatilgan axborot almashuvi tizimi), elektron pochta orqali ma'lum xududdagi o‘quvchilarning bilim darajalarini aniqlash texnologiyalari bilan jixozlanishi bilan ham tubdan farq qiladi. O‘quv binolari, ustaxonalar tashqi hamda ichki ko‘rinishning chiroyliligi, ko‘rkamligi va zamonaviyligi bilan ham ajralib turadi. Yangi pedagogik texnologiyani joriy etishni osonlashtirishda yoxud jadallashtirishda o‘qituvchining o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar, ko‘rgazmalar yaratishi, darsliklar yozishda ishtiroki, nutqining ravonligi, o‘quvchi ongiga yetkaza olish, huquqiy tushuncha, terminologiyalarni bilishi, milliy pedagogika yutuqlari hamda jahondagi demokratik o‘qitish uslublaridan ustalik bilan o‘z o‘rnida foydalanishlari katta ahamiyat kasb etadi. Yangi pedagogik texnologiyaning avvalgi o‘qitish uslublaridan farqi-ilgari o‘qituvchi bolalarni o‘qitardi, yangi tizimda o‘qishga o‘rgatadi. O‘quvchi mustaqil o‘qishi, mustaqil manbalar ustida ishlashi, konspekt qilish, ommaviy axborotni muntazam o‘rganib, tengdoshlariga yetkazishi, ya'ni erkin fikrlashga o‘rgatib borish, shu bilan birga, o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida insonparvarlikni o‘rnatish, bola shaxsini o‘qituvchi tomonidan hurmat qilish, uni eshitish, zarur ko‘rsatmalar berishiga erishish kerak. O‘qituvchi-izlanuvchi, ijodkor, o‘z fanining ustasi, bilimdon, so‘z ustasi, avvalo halol, shirin so‘z sifatida shogirdlari orasida obro‘qozonishi va o‘z faniga muxabbat uyg‘otishi zarur. Ustoz-xayotda, oilada, farzandlar tarbiyasida, dili pok, aytgan so‘ziga amal qiluvchi, rostgo‘y bo‘lishi shart. Kasbiga bo‘lgan munosabatida, jamoada namuna bo‘la olishi zarur. Shundagina o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyani ishlab chiqish va joriy etishga erishadi. Bu vaziflarni to‘liq bajarishda shogirdlari, ya'ni uning o‘quvchilari, ota-onalar, jamoa, davlat unga yordam beradi. Yangi pedagogik texnologiyani joriy etishda ko‘zlangan maqsadga erishish uchun, o‘qituvchida yangi usulni qo‘llashdagi boshidan oxirigacha (ya'ni bir yillik) yutuqlar, kamchiliklar, taxlillar hamda xulosalar va takomillashtirish yo‘llari bayon etilgan o‘qituvchi kundalik daftari - «Yangi pedagogik texnologiyani ishlab chiqish va joriy etish yo‘llari» nomli sifatli, ilmiy-metodik, huquqiy ish hujjati tutilishi shartdir. Shu bilan birga, yangi pedagogik texnologiya bo‘yicha erishgan yutuqlar, kamchiliklar, takliflar bilan ushbu texnologiyani bajaruvchi matbuotda maqolalar, risolalar bilan chiqishi, O‘qituvchilarga mashg‘ulotlar o‘tishi, maktab, shaxar, viloyat, respublika hamda xalqaro pedagogik o‘qishlarda, seminarlarda faol ishtirok etishi zarur. Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarning ishlab chiqish va joriy etishning ikkinchi eng yangi yo‘nalishi bu – axborot texnologiyalari hisoblanadi.XXI-asr arafasida O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi uni jahon hamjamiyatidan mustahkam o‘rin olishi, mustaqil tashqi siyosat olib borilishi, bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekistonning jahonga yuz tutishi ta'limda axborot tizimining keng ko‘lamda kirib kelishiga yo‘l ochib beradi. Huquqiy tarbiyani amalga oshirishda bilimlarni baholashning o‘rni. Birinchidan, respublikamizda ta'lim, jumladan huquqiy ta'lim va tarbiyaga oid axborotlarning, nashrlarning ko‘payishi; Ikkinchidan, ilg‘or, rivojlangan davlatlar ta'limiga oid axborotlarning O‘zbekistonga kirib kelishi hamda o‘qituvchilarning ulardan xabardor bo‘lishi; Uchinchidan, o‘qitishda kompyuter texnikasining keng miqdorda maktablarda qo‘llanishga erishish, davlat tomonidan kompyuter texnikasiga ko‘p miqdorda mablag‘ ajratish; To‘rtinchidan, iqtidorli yoshlarni chet elda ta'lim olishini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari hamda ta'lim muassasalari, ta'lim muassasalari professor-pedagog xodimlari safidan yetuk o‘qituvchi-kadrlar tayyorlash, ularning rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta'limidagi ijobiy tajribalarni o‘rganishi, o‘qitishning yangi pedagogik texnologiyalari bilan tanishishi va chet ellarda o‘z malakalarini orttirishini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan «Ustoz» respublika jamg‘armalari orqali axborot texnologiyalarining takomillashib borilishi; Beshinchidan, ta'limda, jumladan, huquqiy ta'limda o‘quvchilarning internet programmalari bilan ishlash malaka, ko‘nikmalarini shakllantirish; Oltinchidan, axborot-pochta nuqtalarini test markazlari, test viloyat bo‘limlari, «Istedod» jamg‘armasi bilan maktab kompyuterlarini bog‘lash orqali, bitiruvchilarning axborotnomalarga, Oliy o‘quv yurtlariga tayyorgarlik darajalarini aniqlash.Yangi pedagogik texnologiyani kompyuter texnikasiz tasavvur qilolmaymiz. Huquqiy ta'limda kompyuter texnikasidan qanday foydalanish zarur? Birinchidan, maktab, ushbu fan zamon talabidagi «Kompyuterklass» bilan ta'minlangan bo‘lishi: Ikkinchidan, kompyuter texnikasini boshqara oladigan hamda huquqiy ta'lim bo‘yicha programmalar tuza oladigan mutaxassis kadrlarning mavjudligi: Uchinchidan, huquq fani o‘qituvchisi hamda o‘quvchilarning kompyuter texnikasi bilimlarini egallaganligi, kompyuterlardan «Huquqshunoslik asoslari» fani dars mashg‘ulotlarida uzviy bog‘lab qo‘llashga erishish: To‘rtinchidan, «Huquqshunoslik» fani bo‘yicha dasturlar, «test», disket bloklarini bibliografiyasini tuzish: Beshinchidan, huquqiy ta'limda Internet tarmoqlaridan ham elektron axborot-pochta kabilardan foydalanishga erishish. Olimlar va o‘zbek ta'limining tajribalari XXI-asr yangi pedagogik texnologiyasidan quyidagi maqsadlarda foydalanishga erishishimiz zarurligini ko‘rsatmoqda: Zamon talabida Davlat ta'lim standartlari, o‘quv dastur va rejalari, darslik, o‘quv qo‘llanma, ko‘rgazmali qurollar, test bloklari, reyting tizimi nizomi, kompyuter programmalari, internet va axborot pochta, yuksak kompyuter programmalari, internet va axborot pochta, yuksak malakali, bilimli, vatanparvar o‘qituvchi majmuasi yaratiladi va joriy etiladi: Zamonaviy bilimli, malaka, ko‘nikma yoxud ma'naviy yuksak huquqiy bilim, huquqiy madaniyatga erishgan komil inson shakllanadi: Asosiy maqsad «Jamiyatning guli» hisoblangan yoshlarni vatanparvar, insonparvar, mexnatsevar, halol, pok, adolatli, kamtar, huquqbuzar-jinoyatchilarga, ona-Vaianimizga, Konstitutsiyaviy tuzumimizga qarshi, raxna soluvchi har qanday shaxslarga, ekstremistik oqimlarga nafrat bilan qarovchi, olgan bilimlarini jamiyatimiz taraqqiyotiga, vatani va oilasiga sarflovchi barkamol avlodni tarbiyalashdir: Yangi pedagogik va axborot texnologiyasi yoshlarning raqobatbardosh bilim egasi bo‘lib yetishishga chorlaydi. «Biz, ayniqsa minglab yoshlarga ta'lim-tarbiya beruvchilar, jamiyat menga nima berdi, deb emas, men o‘zim shu tug‘ilib o‘sgan Vatanimga, uning rivojiga, shogirdlarimga, farzandlarimga nima bera oldim, qanday savob ish qildim, ta'limga oz bo‘lsa-da yangilik kirita oldimmi, o‘zining kelajagini, baxtu saodatini ishonib topshirib qo‘ygan ona Vatanim, xalqim mendan, muqaddas, buyuk, ma'suliyatli kasb egasi ekanligimdan rozimi, deb har birimiz so‘rashimiz zarur. Bilimni baholash va nazorat qilishdan maqsad o‘qitilayotgan fanlarni chuqur egallash, topshiriqlarga ijodiy yondashish, mustaqil fikrlash, o‘z bilimini muntazam ravishda oshirishga intilish hamda adabiyotlardan keng foydalanish kabi xususiyatlarni rivojlantirish orqali kelajakda raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga erishishdir. Mamlakatimiz ta'lim tizimida test usulida bilimni baholash keng qo‘llanilmoqda. Mazkur usuldan foydalangan o‘qituvchi o‘quvchini uzluksiz, mustaqil o‘qishga o‘rgatadi, ularda o‘qishga ishtiyoq, muvaffaqiyatga intilishini shakllantiradi. Reyting tizimida testlardan foydalanish esa tinglovchilarni tez va to‘g‘ri fikrlashga o‘rgatishdan tashqari, ularning bilimini tez baholash uchun o‘qituvchiga imkoniyat yaratadi. Shuningdek, mazkur usul o‘qituvchi oldiga juda katta talab qo‘yadi: Birinchidan, o‘qituvchi o‘z ustida uzluksiz ishlash; Ikkinchidan, har bir darsga ajratilgan vaqtdan o‘z o‘rnida foydalala olish va shu orqali ko‘zlangan maqsadga erishish; Uchinchidan, o‘qituvchi nafaqat bilim berishi, balki tarbiyaga ham alohida e'tibor qaratishi lozimdir. Huquqiy bilim berishda o‘qituvchi dars jarayonida tinglovchilarga mavzuga oid muammoli savollar bilan murojaat qilishi lozim. Albatta, bunday savollar bolalarning (talaba yoshlarning) yosh xususiyatlarini qat'iy inobatga olgan holda beriladi. Nazorat qilishning ikki tomonlama afzallik jihati mavjud. Ular nazoratning o‘qitishga ijobiy ta'siri, nazoratning tarbiyalashga ijobiy ta'sir qilishida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari nazorat qilishning rivojlantirishga ham ta'siri katta, u diqqatni tortish, eslab qolish, o‘z-o‘zini nazorat qilish kabi xususiyatlarda namoyon bo‘ladi. Ta'limda eng muhim muammo o‘quvchi (talaba)ning o‘z fikrini erkin ifoda eta olishiga yo‘l qo‘yish, unga imkoniyat yaratishdan iboratdir. Masalan, bugungi kunda oliy ta'lim muassasalari talabalari bilimini kunda qo‘yidagi usullarda bohalanadi: Joriy nazorat; Oraliq nazorat; Yakuniy nazorat; 11- 12-MA Download 148.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling