Mavzu: Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiyani yuksaltirishning o`ziga xos xususiyatlari. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism
Download 164.5 Kb.
|
Huquqiy madaniyat asosiy tushunchalari
Huquqiy ong va huquqiy madaniyat
Biz tanlab olgan yangi jamiyat qurish yo‘lida fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksak darajada shakllantirish hamda ularning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kafolatli ta’minlash muammolari alohida ahamiyat kasb etmoqda. “Huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo‘lishi huquqiy davlatning o‘ziga xos xususiyatidir. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish sharoitida huquqiy madaniyatni oshirish muhim ish hisoblanadi. Shu bilan birga huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning barcha darajalarda ijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda odamlarda qonunlarga va normativ huquqiy hujjatlarga nisbatan chuqur hurmat hissini tarbiyalash alohida ahamiyatga egadir. Zero huquqiy normalar odamlar ongiga singgan va ular orqali amal qilgan taqdirdagina yashaydi va ro‘yobga chiqadi.” Huquqiy madaniyat keng tushunchadir. Huquqiy ong huquqiy madaniyatning g‘oyat muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u eng avvalo odamlarning qonunga munosabatlarini ifodalovchi qarashlari va e’tiqodlaridan, ularning huquq haqidagi tasavvurlaridan, intilishlari va tuyg‘ularidan iboratdir. Huquqiy ong darajasi fuqarolarning yangi qonunlar qabul qilish, davlat organlarining qonunni qo‘llash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish faoliyati bilan bog‘liq fikrlari va kayfiyatlarini, ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik hamda iqtisodiy o‘zgarishlarga munosabatini belgilaydi. “Huquqiy madaniyat darajasi faqatgina qonunlarni bilish, huquqiy ma’lumotlarda xabardor bo‘lishdangina iborat emas. U-qonunlarga amal qilish va ularga bo‘ysunish madaniyati demakdir. U odil sudni hurmat qilish , o‘z haq-huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etish ehtiyoji demakdir. Huquqiy madaniyat degani-turli mojarolarni hal qilishda qonunga hilof kuchlardan foydalanishni rad etish demakdir.” Prezident so‘zlaridan ko‘rinib turganidek, huquqiy madaniyat, bu eng avvalo, inson manfaatlari uchun xizmat qiladigan qonunlarni til uchidagina emas, dildan, qalbdan, vujuddan hurmat qilish, e’zozlash, muqaddas deb bilishdir. Huquqiy madaniyatning eng muhim jihati qonunga so‘zsiz itoatkorlik, qonunlarga bo‘ysunish, ularga to‘la rioya etish, ular asosida faoliyat yurgizishdir. Boshqacha aytganda, huquqiy madaniyat faqat qonunlarni bilish, huquqiy ma’lumotlardan xabardor bo‘lishdangina iborat emas, balki qonunlarga qat’iyan amal qilishdir. Qonunlarga rioya etmaydigan odamni huquqiy madaniyatli deb bo‘lmaydi. Odil sudni hurmat qilish, o‘z haq-huquqlarini himoya qilishda unga murojaat etish, uni o‘zi uchun himoyachi deb bilish va e’tiqod qilish ham huquqiy madaniyatdir. Huquqiy madaniyat-bu kishilarning huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilishi va unga rioya qilishidir. Endi huquqiy madaniyatning tarkibiy qismlarini ko‘rib chiqamiz. Download 164.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling