Mavzu: huquqiy munsabatlar reja: huquqiy munosabatlar tushunchasi


Huquqiy tizimning tarkibiy bo’g’inlarini inobatga olgan holda huquqiy hayot sohasida amalga oshirilayotgan modernizasiyalashning ustuvor yunalishlari


Download 28.39 Kb.
bet6/7
Sana05.01.2022
Hajmi28.39 Kb.
#230969
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Huquqiy munoosabatlar

3.Huquqiy tizimning tarkibiy bo’g’inlarini inobatga olgan holda huquqiy hayot sohasida amalga oshirilayotgan modernizasiyalashning ustuvor yunalishlari  quyidagicha talqin etilishi mumkin: 1. Huquqiy tizimni liberallashtirish (erkinlashtirish). Bugungi kunda butun dunyo miqyosida huquqqa va u bilan bog’liq barcha hodisalarga baho berishda «libertar» yondashuv (ya’ni, huquqqa erkinlikni ta’minlash vositasi sifatida qarash) ustuvor mavqyeni egallamoqda. Bu konsepsiyaga binoan huquq — avvalambor erkinlik, adolat va tenglik mezoni, ularni ta’minlash vositasi, aholi xavfsizligi hamda har bir fuqaroning daxlsizligini, mulkiy mustaqilligini ta’minlovchi normativ tizimdir.Mazkur doktrinaga ikkita asosiy jihat xos. Birinchisi shaxs erkinligi va uning ijtimoiysiyosiy hayotini erkinlashtirish (liberallashtirish) bo’lsa, ikkinchisi ijtimoiy adolat prinsipining ustuvorligini ta’minlash, uni jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalariga singdirishdan iborat. Respublikamizning mustaqillikka erishishi ijtimoiyhuquqiy vaziyatni tamomila o’zgartirib yubordi. Avvalo, qonunchilik mohiyat e’tibori bilan tubdan o’zgardi, butun huquqiy tizimni liberallashtirish sari yo’l olindi, ayniqsa, jinoyatchilikka qarshi kurash siyosati liberallashtirish va insonparvarlikka yuz tutdi. Biroq totalitar tuzumning qoldiqlari va ayrim andozalaridan birdaniga qutulishning iloji yo’qligini nazardan qochirmaslik lozim.Ta’kidlash lozimki, bu maqsadga barcha uzviy masalalarni kompleks hal qilish orqaligina erishish mumkin.Birinchidan, davlatimiz yuritayotgan jinoiyhuquqiy siyosatning qonuniy zaminini yaratish borasida amaldagi qonunlarga jinoyatchilikka qarshi kurash siyosatining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi zaruriy o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.Ikkinchidan, jinoyat sudlovining barcha tizimlarini qayta tashkil qilish va takomillashtirish, uning ochiqligi hamda oshkoraligini ta’minlash borasida faoliyat olib borilmoqda.Uchinchidan, aholining, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatning to’g’ri yo’ldan adashgan a’zolariga nisbatan yuksak ma’rifiy, insonparvarlik munosabatini shakllantirish, jinoyatni ochishga oid ma’lumotlar bergan odamlarni ta’qib qilmay, aksincha, ularga yordam berish, ularning qonuniy muhofazasini ta’minlash, aybsizlik prezumpsiyasi prinsipini amaliyotga to’liq joriy etish choralarini ko’rish va h. k. Jinoyat va jazoga doir huquqiy siyosatni erkinlash tirish shaxs erki va huquqlarini ustuvor qadriyat sifatida baholashni belgilab berdi. Darhaqiqat, jinoyatchilikka qarshi kurash siyosatining har qanday yo’nalishi maqsad mazmunida inson va uning manfaatlariga e’tibor mavjud. Mazkur siyosatning asosiy maqsadi butun jamiyatning, xususan, har bir insonning tinch va osoyishta hayotini ta’minlashdan iborat.Liberallashtirish huquqiy tizimning barcha elementlarini, shuningdek huquq va qonunchilikning barcha sohalarini qamrab olayotgani mantiqiy holdir. Fikrimizni tasdiqlash uchun quyidagi misollar kifoya qiladi: 1995 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va 19951996 yillarda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 1998 yilda kuchga kiritilgan Oila kodeksi va boshqa salmoqli sohaviy qonunlar xalqaro huquqiy standartlarga mos holda, shuningdek inson huquqlarini to’lato’kis ta’minlashga yo’naltirilgan demokratiya, insonparvarlik hamda adolat prinsiplariga tayanib ishlab chiqildi va qabul qilindi. Mehnat munosabatlari sohasida ish beruvchi bilan xodim o’rtasidagi shartnoma munosabatlarining erkinlashuvi, fuqarolik qonunchiligida shartnomaga kirishuvchi subyektlarning tengligi, mustaqilligi, xususiy mulkning daxlsizligi; oila qonunchiligida nikoh tuzishning ixtiyoriy va erkinligi, nikoh shartnomasi asosida er va xotin munosabatlarining tartibga solinishi ushbu sohalarning liberallashuviga oid yorqin misollardir1.Liberallashtirish shabadasi ma’muriy, bojxona, soliq qonunchiligini ham qamrab oldi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2005 yil 2829 yanvar kunlari Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisida qilgan ma’ruzasida 1997 yilda qabul qilingan Soliq kodeksini iqtisodiy islohotlarning yangi ustuvor vazifalaridan kelib chiqib yangilash lozim ligini, uni soddalashtirish (liberallashtirish — Mualliflar) soliqlarni unifikasiya qilish, soliq yukini yengillashtirish, soliq boshqaruvini takomillashtirish va erkinlash tirishni nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi Soliq kodeksini ishlab chiqish zarurligini ta’kid lagan edi.Mazkur g’oya 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan yangi Soliq kodeksida o’z aksini topdi. Yangi Soliq kodeksi tuzilishi va mazmuni jihatidan oldingisidan ancha erkinlashgani va liberallashgani bilan farq qiladi1. 2. Qonun chiqarish jarayonini demokratlashtirish. So’nggi yillarda mamlakatimizda qonun ijodkorligi sohasini takomillashtirish borasida samarali ishlar amalga oshirildi. Bu, avvalo ikki palatali parlament joriy etilganida namoyon bo’ladi. Hozirgi davr parlamentning huquqiy tizimda yanada faol rol o’ynashini taqozo etmoqda. Bu yo’na lishda qonunchilik tashabbusi huquqiga ega subyektlar faoliyatida jo’shqin, faol, sermahsul tashabbuskorlik muhitini yaratish, ya’ni qonunlar xalq vakillari, siyosiy partiyalar fraksiyalari va qonunchilik tashabbusi huquqining boshqa subyektlari tomonidan kiritilishi mexanizmini takomillashtirish o’rinli bo’ladi. Chunki, bugungi kunda, davlatimiz rahbari I. A. Karimov ta’kidlaganidek, «iqtisodiy, siyosiy, gumanitar sohalarda islohotlarni jadal amalga oshirish uchun hayotiy zarur bo’lgan qonunlarni kiritish tashabbusi bilan chiqishda va ularning qabul qilinishini tezlash tirishda deputatlar korpusining sustkashligi, bu borada yetarlicha faollik ko’rsat mayotgani jiddiy kamchilik hisoblanadi. Keyingi besh yil mobaynida Qonunchilik palatasiga taqdim etilgan 297 ta qonun loyihasidan atigi 44 tasi deputatlar tashabbusi bilan kiritilgan.Ayni paytda, 42 ta qonun loyihasi bevosita O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan, 160 tadan ziyod qonun loyihasi esa mamlaka timiz hukumati tomonidan kiritilgan bo’lib, ularning aksariyat qismi Uzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining ijrosini ta’minlash munosabati bilan taqdim etilgan»1. Qonun ijodkorligi jarayonida inson manfaatlariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, o’zbekona urfodat va an’analarimizga chuqurroq e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Zero, yaratilayotgan qonunlar inson uchun, uning faro von hayot sharoitini ta’minlash uchun qabul qilinadi. Shu bilan birga, qabul qilina yotgan qonunlarimizni amaliyotga samarali tadbiq etish mexanizmini takomillash tirish masalasi dolzarbligicha qolayotganini unutmaslik lozim.Ushbu yo’nalishda e’tibor qaratish lozim bo’lgan quyidagi jiddiy masalalar mavjud: • O’zbekistonning qonunchilik (kengroq doirada olinadigan bo’lsa, huquqiy islohotlar dasturi) strategiyasini aniqlab, alohida rasmiy hujjat sifatida shakllantirish va qabul qilish; • qonun ijodkorlik jarayenining sosiologik jihatlariga e’tibor qaratish, qonun bilan tartibga solish ehtiyojini o’rganish va shu asosda bo’lg’usi qonun ijodkorligi ishlari ning empirik bazasini vujudga keltirish, shundan kelib chiqib, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi huzurida qonunchilik muammolarini sosiologik tadqiq etish institutini tashkil qilish; - qonun loyihalari ishlarini rejalashtirish va bashoratlash masalalariga jiddiy e’tibor qaratish; -qonunchilik texnikasini takomillashtirish va bu borada deputatlarning tegishli malakasini hosil qilish mexanizmini yo’lga qo’yish va hokazo. Qonun chiqarish jarayonini demokratlashtirishning bir qator zaxiralari bor. Jumladan, qonun loyihalarining muhokamasiga manfaatdor tashkilotlar, fuqarolar, ekspertlarni kengroq jalb etish, umumxalq muhokamalaridan samarali foydalanish, uning mexanizmlarini takomillashtirish, qonun loyihalarining muhokamalarida deputatlarning faolligini oshirish, qonunchilik jarayonining oshkoraligini kuchaytirish kabi tadbirlar shular jumlasidandir. 3. Ijtimoiy hayotning hamma sohalarida qonunning ustuvorligini ta’minlash. Ushbu huquqiy prinsip huquqiy davlatning eng muhim talabi sanaladi. Qonun ustuvorligini to’liq ta’minlamasdan, uning barcha fuqarolar uchun bir xilda amal qilishiga erishmasdan, buni har bir shaxs ongiga singdirmasdan turib demokratiya, huquqiy davlat haqida gapirish noo’rin. Demak, Konstitusiya va qonunlarning ustunligini ta’minlash hamisha ulkan ahamiyat kasb etadi. Qonunning mazmuni xalqchil, insonparvar, demokratik va adolatli bo’lishiga erishish, uning sifatini muttasil yaxshilab borish mudom o’z dolzarbligini saqlab qolayotgan mavzudir. Mazkur yo’nalishda, avvalo:

-amaldagi qonunlarni inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarga moslashtirish bo’yicha muntazam ishni yo’lga qo’yish va shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun xujjatlari monitoringi instituti faoliyatini yanada faollashtirish lozim;

-qabul qilingan va endi yaratiladigan qonunlar mazmunini «Qonun bilan taqiqlanmagan hamma narsaga ruxsat etiladi» (fuqarolar uchun) va «Qonunda belgshangan narsalargagina ruxsat etiladi» (davlat organlari va mansabdor shaxslar uchun) prinsiplari asosida qayta ko’rib chiqish kerak;

-inson huquqlari va erkinliklari ustuvor ta’minlanishi prinsipidan kelib chiqib, qonunchilik mazmunidagi etatizmdan voz kechish hamda inson manfaatlarini yoqlovchi huquqiy tartibga solish mexanizmini joriy etishga bosqichmabosqich o’tish zarur;

-Konstitusiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlashning yuridik, tashkiliy, ma’naviyaxloqiy mexanizmlarini vujudga keltirish talab etiladi. Zero, «Qonunning ustuvorligi bizning islohotlar modelimizdagi yetakchi tamoyildir, — deydi Prezident I. A. Karimov — U huquqiy davlatning asosiy mezonlaridan bir bo’lib xizmat qiladi»1;

-Konstitusiya va qonunlarning amal qilish mexanizmini va ularni aniq hamda og’ishmay qo’llash amaliyotini joriy etish darkor.


Download 28.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling