Mavzu: huquqiy munsabatlar reja: huquqiy munosabatlar tushunchasi


O’ZBEKISTON MILLIY HUQUQIY TIZIMIDA HUQUQIY QADRIYATLARNING NAMOYON BO’LISHI


Download 28.39 Kb.
bet5/7
Sana05.01.2022
Hajmi28.39 Kb.
#230969
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Huquqiy munoosabatlar

2.O’ZBEKISTON MILLIY HUQUQIY TIZIMIDA HUQUQIY QADRIYATLARNING NAMOYON BO’LISHI.
1. Huquqiy tizimni modernizasiya qilishning ustuvor yo’nalishlari Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohot va modernizasiya jarayonlari barcha jabhalar kabi huquqiy sohani ham qamrab olgan. Zero, jamiyat va davlat hayotini modernizasiyalash hozirgi ijtimoiy taraqqiyotimizning bosh mantig’ini tashkil etmoqda. Davlatimiz rahbari respublikamiz bosib o’tgan mustaqil taraqqiyot yo’li va jamiyatimiz oldida turgan vazifalarning ma’nomohiyati va ahamiyati haqida so’z yuritib, bu yo’lni ikki bosqichga bo’ldi. Milliy davlatchilik asoslarini shakllan tirish bilan bog’liq birinchi galdagi islohot va o’zgarishlarni o’z ichiga olgan hamda mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan o’tish davri  dastlabki bosqich — 19912000 yillar — tom ma’noda tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan davr bo’ldi. 2001 yildan 2007 yilgacha bo’lgan muddatni o’z ichiga olgan ikkinchi bosqich — faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizasiya qilish davri — esa iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sudhuquq tizimi va ijtimoiygumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta’minlashda g’oyat muhim rol o’ynagan davr bo’ldi1. Mazkur davrlashtirish, shubhasiz, huquqiy tizimni isloh etish borasida bosib o’tilgan yo’lni va modernizasi yalashning asosiy yo’nalishlarini tadqiq etishda metodologik asos vazifasini o’taydi. Vatanimiz va xalqimiz tarixida muhim o’rin tutgan ushbu davrda tom ma’noda tub o’zgarishlar amalga oshirildi. Demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishning mustahkam ijtimoiysiyosiy va huquqiy poydevori yaratildi. Bugun ana shu mustah kam poydevor asosida mamlakatni jadal isloh etish va modernizasiya qilishning yangi davri — milliy taraqqiyotimizning keyingi mantiqiy bosqichi izchil davom etmoqda. Mazkur bosqichning muhim vazifalari siyosiy va iqtisodiy hayot, davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, mustaqil sud tizimini mustahkamlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, fuqarolarning ijtimoiysiyosiy faolligini oshirish, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllan tirish, uning tashkiliy tuzilmalarini qaror toptirishdan iborat.Islom Karimov 2007 yil 6 noyabrda Uzbekiston liberaldemokratik partiyasining IV qurultoyida «Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish — oliy saodatdir» mavzusida dasturiy ma’ruza qildi. Ma’ruzada muhim maqsadvazifalar belgilandi. Dastlabki muhim vazifa sifatida «mamlakatni modernizasiya qilish, jamiyatni yangilash, iqtiyeodiyotimizning jadal sur’atlar bilan o’sishi va uning makroiqtisodiy mutanosibligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish»2 belgilanganligi e’tiborga molikdir.Ta’kidlash joizki, O’zbekistonda keng ko’lamda avj olayotgan modernizasiyalash jarayonlarining alohida obyekti — mavjud davlatchilik tuzumi, davlat kurilishi sohasidir. Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, davlat modernizasiyalash obyekti bo’lishi bilan bir vaqtda, jamiyatda boshqaruvning ommaviyhuquqiy institusiyaviy tizimini vujudga keltiruvchi va amalga oshiruvchi suveren subyekt sifatida namoyon bo’ladi. Davlat amalga oshiradigan ijtimoiysiyosiy boshqaruv ijtimoiy ziddiyatlarni bartaraf etishga, ijtimoiy kelishuvni ta’minlashga, siyosiy institutlarning rasionallik va oqilonalik prinsiplari asosida samarali faoliyat ko’rsatishiga erishishga yo’naltiriladi. Davlatchilikni modernizasiyalash — serqirra, murakkab global jarayon bo’lib, uning mazmuni bir qator ijobiy (huquqiy munosabatlar ishtirokchilariga imkoniyatlar yaratish, mukofotlash, rivojlanishning foydali yo’nalishlarni rag’batlantirish va h. k.) jihatlarni, shuningdek, yangilanish jarayonlariga huquqiy ta’sir etishda uchraydigan salbiy (ogohlantirish choralari, huquq buzilishining oldini olish ta’sir tadbirlari, jamiyat uchun zararli xatti harakatlarni man etish kabi) holatlarni qamrab oladi. Ayni vaqtda, bu jarayonda jamiyat va davlat rivojida faollikning bunyodkorlik yo’nalishlarini kashf etish bo’yicha izlanishlar olib borilaveradi. Davlatchilikni modernizasiya qilish sohasida shakllanadigan ijtimoiy munosabatlar ikki darajali tizimni hosil qiladi: -ijtimoiy ziddiyatlarni bartaraf etish bilan bog’liq munosabatlar; -davlat — hokimiyati ta’sirida uyushgan, tashkillashgan ijtimoiy tizimining rasionallashuvi, oqilona faoliyat yuritishi hamda uning samaradorligini oshirish bilan bog’liq munosabatlar. Modernizasiyalash jarayoni huquqiy tizim faoliyatida qanday namoyon bo’lishini aniqlash muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Boshqacha aytganda, huquqiy tizimning har bir tarkibiy elementi (hukuq ijodkorligi, huquqni amalga oshirish, huquqiy tartibga solish mexanizmi, huquqiy munosabatlar tizimi, normativhuquqiy hujjatlar tizimi, huquqiy ong va madaniyat, huquqiy mafkura, huquqiy siyosat va boshqalar) modernizasiyalash obyekti sifatida maydonga chiqishi xususiyatlariga e’tibor qaratish, ularni tahlil etish lozim. Bunday tahlilga kirishishdan avval quyidagi nazariy xulosadan kelib chiqish o’rinli. Jamiyatning huquqiy tizimi — muayyan makon va zamonda amal qilayotgan, huquqiy hodisalar, institutlar, normalar va huquqiy jarayonlarning mushtarak bir butunligi, o’zaro bog’liqligi hamda aloqadorligi bo’lib, ularning maqsadli amal qilishi natijasida ijtimoiy munosabatlarning yuksak saviyada huquqiy tartibga solinishiga erishiladi.Yuqorida ta’kidlaganimizdek, huquqiy tizim yaxlit voqyelik bo’lib, unga tarkibiy qismlarning o’zaro ichki aloqadorligi, bog’liqligi, munosibligi, izchilligi va barqarorligi xosdir. Huquqiy tizimni modernizasiya qilish yo’llari, usullari va qonuniyatlarini aniqlab olish — yuridik fanning dolzarb vazifasi. Hozirgi hukuqiy hayotimizning asl mohiyati va muhim xususiyati shundaki, yaxlit voqyelik sifatidagi huquqiy tizim hamda uning har bir tarkibiy bo’g’ini, ya’ni huquq normalari, hukuq ijodkorligi jarayoni, normative huquqiy hujjatlar, huquqiy munosabatlar, yuridik muassasalar tizimi, yuridik amaliyot, huquqiy ong, huquqiy siyosat, huquqiy madaniyat va shu kabilar alohida institut sifatida modernizasiya qilinmoqda. Fikrimizcha, ijtimoiy hayotimizning mazkur sohasida amalga oshiriladigan tub yangilanish va takomillashuvni lo’nda qilib huquqiy modernizasiya iborasi bilan ifodalash mumkin.«Huquqiy modernizat siya»ni «davlatchilikni modernizasiya qilishning huquqiy jihatlari (omillari)» tushunchasi bilan chalkashtirib yubormaslik lozim. «Modernizasiya jarayonlarini huquqiy ta’minlash» deganda siyosiy modernizasiyani, iqtisodiy modernizasiyani, ijtimoiy hamda madaniyma’rifiy sohani, sudhuquqiy tizimni modernizasiyalashning huquqiy asosini, qonunchilik bazasini yaratish va hayotga tatbiq etish anglanadi. «Huquqiy modernizasiya» iborasi zamirida esa jamiyat huquqiy tizimini, bu tizimga kiruvchi barcha tarkib qismlarni modernizasiyalash, ularni ma’rifiy dunyoning demokratik qadriyatlari va umum e’tirof etilgan prinsiplari asosida yangilash, takomillashtirish, sifat jihatdan yanada yuksakroq darajaga ko’tarish nazarda tutiladi.Huquqiy modernizasiyaning muhim tarkibiy qismi inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash mexanizmlarini takomillashtirishdir. Konstitusiyaga muvofiq, davlat hokimiyati va davlat organlari zimmasiga inson (fuqaro)larning huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan. «Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar», degan konstitusiyaviy qoida aynan davlat idoralari va lavozimli, muayyan hokimiyat vakolatlariga ega bo’lgan shaxslar tomonidan fuqarolarning haqhuquqlari va erkinliklarini ta’minlash faoliyatini, ularni muhofaza etish bilan bog’liq burchlarini anglatadi. Asosiy qonunimizda fuqarolarning Konstitusiya va qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan huquq va erkinliklari daxlsiz deb e’lon qilinib, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo’yishga hyech kim haqli emasligi belgilangan (19modda). Mazkur konstitusiyaviy qoidani milliy huquqiy tizimimizning ustuvor qadriyatlaridan biri deb e’tirof etish mumkin.Inson huquqlarini ta’minlash tizimida hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi alohida diqqatga sazovordir. Davlat hokimiyati vakolatlarining konstitusiyaviy taqsimlanganligi fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatli ro’yobga chiqarish, muhofaza etish nuqtai nazaridan eng samarali siyosiyyuridik vosita bo’lib xizmat qiladi. Hokimiyatlar taqsimlanishi real qaror topgan taqdirdagina fuqarolarning demokratik xuquq va erkinliklarini, adolatli qonunchilik tizimi mavjud bo’lishini, huquqiy davlatchilik va fuqarolik jamiyati zohir bo’lishini ta’minlash mumkin. Bu borada hyech mubolag’asiz ta’kidlash mumkinki, Konstitusiya va qonunlar davlat hokimiyatini jamiyat va fuqarolar manfaati yo’lida sa’yharakat qilishini kafolatlovchi ustuvor huquqiy qadriyat sifatida maydonga chiqadi.O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining muqaddimasida xalqimizning demokratiya va ijtimoiy adolat g’oyalariga qat’iy sadoqati mustahkamlangan. Xalqning hayotiy tajribasiga, milliy va madaniy an’analariga, barcha fuqarolar va turli ijtimoiy guruhlar manfaatiga mos keladigan asl demokratiyani qaror toptirish ulkan siyosiy ahamiyatga molik vazifadir. Konstitusiyamizda muhrlangan dekslashtirish); huquqiy tarbiyani yo’lga qo’yish; huquqiy ma’rifat tarqatish va huquqiy umumiy ta’limni amalga oshirish; ilg’or huquqiy mafkurani shakllantirish va tatbiq qilish; aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish va boshqalar.Mustaqillik davrida O’zbekiston Respublikasining o’z huquqiy tizimi qaror topdi. U vujudga kelish, shakllanish va takomillashish jarayonlarini bosib o’tmoqda. Ammo, aytish joizki, huquqiy tizimning tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi barcha huquqiy institut va hodisalar hozirgi kunda birdek yuksak darajada rivoj topayotgani yo’q. Ayrim elementlar, masalan, qonunchilik jadal rivojlanayotgan bo’lsa, boshqa elementlar sustroq rivojlanmoqda yoki hali eski shakl va qoliplardan to’la xalos bo’la olgani yo’q, xususan, huquqiy ong, hukuqiy madaniyat kabilar shular jumlasidandir. Bu esa huquqiy tizimning barcha tarkibiy elementlari tubdan isloh etilishi, davr talablariga mos tarzda modernizasiya qilinishi lozimligini anglatadi


Download 28.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling