Mavzu: huquqiy tarbiya jarayonini tashkil etishda didaktik materiallardan foydalanish


Download 53.96 Kb.
bet3/6
Sana24.12.2022
Hajmi53.96 Kb.
#1051001
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
sardor uchun

Dars ishlanmasi. Agar dars pedagogis texnologiya asosida olib borilmaydigan bulsa, pedagogning qulida konspekt yoki ma’ruzalar matnida tashqari, darsning ishlanmasi bulishligi talab qilinadi. Dars ishlanmasida – mavzuning nomi, darsning maqsadi, kutilayotgan natija, darsda bermoqchi bulayotgan asosiy goya, tayanch tushunchalar, darsning jixozlari va darsning rejasiga an’anaviy tarzda – tashkiliy qism, avvalgi mashgulotda egallangan bilimlarni mustaxkamlash va bugungi beriladigan bilimlarga kuprik urnatish maqsadida takrorlash, yangi dars mazmunini tushuntirish, guruhlarda ishlash, musobaqalaar tashkil etish, darsni yakunlash va uyga vazifa berish degan unsurlarni kiritish lozim. SHuning ichiga texnologik xarita ham kiradi. Texnologik xaritaning birinchi ustinida mavzuning nomi, uquv jarayonining mazmuni, uquv jarayonini amalga oshirishda qullaniladigan usullar va ularning tizimi, kutiladigan natijalar uz ifodasini topishi kerak. Ikkinchi ustunda birinchi ustunda quyilgan savollarga chuqur uylab turub javoblar beriladi.
Pedagog qo’lida bo’lishi talab qilinadigan me’yoriy hujjatlar ichida talabalrning mustaqil ish mavzulari, konsultasiya jadvali ham bulishi maqsadga muvofiqdir.
O’quv hujjatlariga har tomonlama o’ylab tizilgan, chiroyli bezatilgan ko’rgazmali qurollar kiradi. Ular tinglovchilarda qonunlarga nisbatan hurmat bilan qarash xususiyatlarini shakllantiradi va huquqiy tarbiyaning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ko’rgazmali qurollar dars rejasiga loyiq bulishi kerak. Qaysi mavzu buyicha qanday kurgazmali qurol qullanishi dars oldidan aniqlanadi, mavzuda ularga tegishli joy va vaqt ajratiladi.
Odatda ko’rgazmali qurollarni talabalar, o’quvchilar o’zlari tayyorlab kelishlari tavsiya etiladi. Masalan, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarini tasvirlaydigan sxemani uch mavzuga bulib, katta formatdagi vatman qog’ozga chiziladi. Har bir mavzu alohida: «Mehnat huquqi asoslari», «Fkqarolik huquq asoslari», «Ma’muriy huquqi asoslari» va «Oila huquqi asoslari» deb nomlanib tinglovchilar yaxshi eslab qoladigan tarzda bezatilgan bulishi kerak. Uqituvchidan bir oz harakatchanlik, izlanish va tinglovchilarni qiziqtirishga erishish qobiliyati talab qilinadi. SHunda u uz oldiga quygan maqsadiga erishadi, dars qiziqarli va foydali utadi.
Darslik – yuqori malakali va tajribali olim hamda pedagoglar tomonidan tuzilib, yuz foiz namunaviy dasturdagi goyalardan xamda didaktika tamoyillaridan kelib chikib yaratiladi. Darslik uqituvchi pedagoglarga va ukuvchilarga asosiy o’quv quroli hisoblanib, oddiy va hammaga tushunarli adabiy tilda yoziladi. Darslik barchaga umumiy yoki oliy uquv muassasasining xususiyatidan kelib chiqib maxsus bulishi mumkin.
O’quv qo’llanmalar, asosan, tajribali pedagoglar tomonidan yozilib, faqat ukituvchi va pedagoglarga kushimcha ukuv kuroli bulib xizmat kiladi.
Didaktik materiallar pedagog tomonidan щar bir darsga alohida tayyorlangan bo’lib, u dars mazmunini tula ifodalash va o’quvchi-talabalar dars mazmuniga yaxshi tushunib etishlari uchun xizmat kiladi. Bularga har turli kurgazmali qurollar, tarqatma materiallar, turli muammoli vaziyatlarni yaratuvchi moslamalar, uyinlar va hokazolar kiradi.
Didaktik materiallar xam didaktikaning tamoyillariga mos ravishda yaratiladi.. O’tilayotgan mavzuning tarbiyaviy aspektini aniqlash uchun uqituvchi nazariya maktablariga murojaat qilish kerak. Masalan, «Mustaqillik asoslari!», «Huquqiy davlat tushunchasi», «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senat va Qonunchilik palatalari tug’risida» mavzular utilganda Prizident asarlaridan, davlat va huquq nazariyasi, qonun yangiliklari, Oliy Majlis sessiyasi hujjatlari, huquqiy davlat belgilariga bagishlangan adabiyotlardan foydalanish, ularning ayrimlarini tinglovchilari tavsiya etish mumkin.
Har bir mavzuning o’ziga xos asosiy maqsadi bor. Masalan, ahloq va huquqning mavzusini o’qitishdan maqsad davlat va huquqning uzviy bog’liqligini tushuntirish, mustaqil respublikamiz rivojlanishida huquqning urnini ko’rsatish, axloqiy normalar bilan huquqiy normalarning umumiy va farqliy belgilarini tushuntirish, ularning yangi avlodni tarbiyalashdagi o’rnini bayon etishdir.
Tinglovchilar huquqiy bilimning asoslarini bilish bilan bir qatorda ayrim, hayotda to’qnash keladigan huquq normalarini bilmasliklari mumkin. Masalan, O’zbekiston Respublikasida nikoh yoshi qizlar uchun 17 yosh urnatilganligini, ayollarga pensiyaga chiqish yoshi 54 yoshdan belgilanganligini, ayrim hollardaqasddan qiynab odam uldirgan jismoniy shaxslar 13 yoshdan jinoiy jazoga tortilishi mumkinligini hamma ham bilmaydi. Demak, bu savollarning yechimini topish uchun tinglovchilarga maxsus yuridik adabiyotlar tavsiya etiladi. Ular qatoriga Oila, Mehnat, Jinoyat kodekslari va boshqalar kiradi.

Download 53.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling