Mavzu: huquqiy tarbiya jarayonini tashkil etishda didaktik materiallardan foydalanish


Download 53.96 Kb.
bet4/6
Sana24.12.2022
Hajmi53.96 Kb.
#1051001
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
sardor uchun

O’qituvchi ish rejasi
Darsni o’tishdan oldin o’qituvchi ish rejasini tuzadi. Ma’lumki, har bir sohaning o’quv rejasi asosida ukuv dasturi tuzilgan. Shu dastur o’quv yiliga o’quv ish rejasi tuzishda asos qilib olinadi. O’qituvchi dasturdan kelib chiqib kalendar reja tuzadi. Unda mavzular soatlarga bo’lib chiqiladi va dars utish vaqti, hajmi turi ko’rsatiladi.
O’qituvchilar ish rejasiga qushimcha metodik karta ham tuzishlari mumkin. Unda darsning mavzusi, maqsadi, dars o’tish usuli, foydalanilgan adabiyotlar va texnik vositalarini utiladigan mavzu bilan boglanish kerak.
Huquqiy tarbiya vositalari u yoki bu usulni amalga oshirishda foydalaniladigan konkret chora-tadbirlar hamda faoliyat turlaridan iboratdir. Huquqiy tarbiya vositalari nihoyatda rang-barang bo’lib, huquqiy tarbiya ishlarini tashkil etishda ularni tanlab olish imkoniyatlari mavjud va u kim uchun hamda kim tomonidan o’tkazilishiga ko’ra hal etilishi lozim bo’lgan turli maqsad va vazifalarga, shuningdek, bir qator boshqa omillarga bog’liqdir. Ushbu faslda yuqori sinf o’quvchilarini huquqiy tarbiyalashning bir qator vositalariga tavsif berilgan va ular atroflicha tahlil qilingan. Bular qatorida rolli o’yinlar, dars va darsdan tashqari mashg’ulotlar, lektsiya mashg’ulotlari, seminarlar, treninglar, to’garak ishlari va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Huquq asoslarini ukitishda ta’limning ko’rgazmalilik vositalari muhim ahamiyatga ega bo’lib, emotsional ta’sir kuchiga ega va o’rganilayotgan kursning vazifalarini o’quvchilarda o’qishga qiziqishini uyg’otib hal etadi.
Ko’rgazmalilik qo’llanmalari o’quvchilarda bilimlarning uzlashtirilishini tasavvur, tushunchalar hosil bo’lishini, o’quvchilarning aqliy faoliyatini ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Ko’rgazmali qurollardan foydalanish o’quvchilarga murakkab materialni tushunarli bo’lishiga, tadqiqot xarakteridagi mustaqil faoliyatiga imkoniyat yaratadi. Ko’rgazmali vositalari, huquq asoslarini o’rganishda, aniq va obsratk guruhlarga bo’linadi. Anik ko’rgazmalilik- vositalariga fonografiyalar, surat. Rasmlar (ya’ni haqiqatan mavjud ob’ektlarning aks ettirilishi) kiradi. Abstrakt ko’rgazmalilik- vositalariga sxemalar, diagrammalar, tablitsalar, multiplikatsiyalar va x.k kiradi. Bu vositalar o’z navbatida vizual, audivizual va vuditivlarga ajratiladi. Vizual- vositalariga karta, surat, tablitsa, diafilьm va diapozitivlar kiradi. Audivizual – vositalarga bu kino va televidenie. Auditiv – vositalariga gramplastinka, magnit yozuvlari, radioeshtirishlar kiradi.
Ta’limning ko’rgazmalilik vositalari yaxshi natija berish mumkin, agar uni kullash metodikasi o’quv jarayonining mohiyatini o’quvchi rahbarligi va ishtirokidagi o’qituvchilarning kollektiv aqliy faoliyatiday hisobga olsa «huquq asoslari» kursi bo’yicha ko’rgazmalilik vositalarini qo’llash metodikasi o’quv qo’lanmasi va dasrligida berilgan faoliyat tiplari va bilimlarini ko’rgazmalilik asosida ochib beradi.
Grafik modellardan foydalanish keng tarkalgan. Grafik modellar orasida sxemalar muhim ahamiyatga ega, u murakab materialni o’zlashtirishni yengillashtiradi, hodisalarning o’zaro aloqa va bog’liklarini aniqlab beradi.
Ba’zi huquqiy xodisalarni o’rganishda teksli va solishtiruvchi tablitsalar juda muhimdir, ular murakkab tushunchalarni taqsimlash va solishtirish orqali o’zlashtirishga yordam beradi.
Ba’zan o’qituvchilar darslarda bosma grafik qo’llanmalardan foydalanadilar. Huquq asoslari darslarida buyuk mutafakkirlar va tanikli siyosiy arboblarning davlat va huquqqa doir fikr va karashlari ifodalangan plakatlarga ko’proq o’rin berishi kerak. Bu material o’rganilayotgan mavzuning mazmumnini va davlat huquqiy holatining mohiyatini, uning bosh g’oyasini aniq va ishonchli qilib ochib berilishi kerak.
Ko’rgazmalilik vositalari orasida kinofilmlar, diafilmlar, diapozitivlar, televidenie muhim o’ringa ega. Lekin keyingi paytlarda huquq asoslarini o’rganish jarayonida ulardan foydalanish o’quv materialining yukligi va ulardan foydanishni bilmaslik oqibatida sezilarli tarzda kamayib ketdi.
Ta’limning audivizual vositalaridan foydalanish metodikasi quyidagilarni talab qiladi:
-uning mazmunini sinchiklab o’rganish;
-didaktik va asosiy metodik usullarni ifodalash;
-darsda foydalanishni rivojlantirish;
-audivizual qo’llanmalarni o’quvchilar tomonidan faol qabul kilish ishlarini tashkil qilish.
Informatsion texnalogiyalarni rivojlantirishning o’qitish jarayonini ham takomillashtirmoqda. Hozirgi paytlarda fanlarni elektron darsliklar vositasida o’qitish yaxshi samara bermoqda. Chunki elektron darslik:
-birinchidan, o’quvchilarni elektron darsliklardan foydalanishga urgatadi (ya’ni kompyuter bilimlari bulishini talab kiladi).
-ikkinchidan, har bir talaba elektron darslikdan yangi mavzuni o’zlashtirish jarayonida yaxshi tushunmagan sahifalarni takror qaytarish, o’rganish imkoniyatiga ega elektron darsliklar sungida berilgan savol, yoki test topshiriqlarini mustaqil yechib, o’zining muvzuni o’zlashtirish darajasini o’zi uchun aniqlashi mumkin, o’zlashtirmagan mavzuga oid internet tarmoqlari orqali yangi ma’lumotlar olish mumkin.


    1. Huquqiy tarbiyani tashkil qilishda ko’rgazmali materiallardan foydalanish.

Huquq darslarida ko’rgazmali vositalardan foydalanish o’qishning samaradorligini oshirish uchun xizmat qiladi.
Huquqiy fanlarni o’qitish jarayonida Konstitutsiya va huquqiy normativ hujjatlardan manba sifatida foydalanishda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimiz umumiy tafakkurining mahsuli ekanligiga va xalqimizning ezgu niyatlari, orzu – umidlarini aks ettirishi hamda respublikamizning istiqbolli taraqqiyotiga xizmat qilishiga alohida e’tibor qaratmoq kerak. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalq manfaatlariga mos ravishda jamiyat rivojlanishining huquqiy asoslarini vujudga keltiradi, xalqning ruhiyati, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi. Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, “Har qanday davlatning yuzi, obro’ e’tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Zotan Konstitutsich davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan qobusnomadir”.
Huquq ta’lim jarayonida huquqiy normativ – hujjatlar foydalanish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Normativ huquqiy hujjat – vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilgan yuridik hujjati bo’lib, umummajburiy xulq-atvor qoidalarini o’z ichiga oladi. Normativ – huquqiy hujjatlarning turlari davlatning qaysi organlari tomonidan qabul qilinganligiga hamda ularning yuridik kuchi katta yoki kichikligiga qarab farqlanadi. Ushbu belgilarga asosan, normativ – huquqiy hujjatlarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
1. Qonun – umumxalq ovoz berishi (referendumi) orqali yoki mamlakatning oliy vakillik organi (parlament) qabul qiladigan normativ – huquqiy hujjat.
Qonunlar orasida Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni bo’lib oliy yuridik kuchga egadir. CHunki O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlat hokimiyatining tashkil etilishini belgilaydi. Konstitutsiyaviy tuzum asoslarini mustahkamlaydi, insonlar va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini belgilaydi. Konstitutsiya amaldagi qonunlar uchun yuridik asos hisoblanadi. Konstitutsiya qoidalari boshqa normativ hujjatlarda rivojlantiriladi va aniqlashtiriladi.
Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlar faqat parlament tomonidan qabul qilinadi.
Normativ hujjatlar alohida belgilar bilan harakterlanadi:
-birinchidan, ular huquqiy normalarni belgilaydi;
-ikkinchidan, ularni o’zgartiradilar yoki bekor qiladilar;
-uchinchidan, belgilangan normalarga umummajburiy tus beradilar.
Normativ hujjatlarning quyidagi turlari mavjud:
1. Farmon – bu O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94 – moddasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan chiqariladigan huquqiy normativ hujjatdir.
2. Qarorlar va farmoyishlar – ijro etuvchi hokimiyat organining (hukumatning) o’z vakolati doirasida chiqaradigan normativ huquqiy hujjatidir. Odatda Konstitutsiya asosida qabul qilinib O’zbekiston vonunlari va Prezidentning farmonlarini amalga oshirishga qaratiladi.
3. Buyruq va yo’riqnomalar – Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarining qonunlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari va farmoyishlarini bajarishga qaratiladi.
4. Davlat hokimiyati mahalliy ijroya organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlar ham normativ hujjatlar hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi huquq tizimining asosiy manbai sifatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi chinakam demokratik Konstitutsiyadir. U tarixda sinalgan umumbashariy qadriyatlarni o’zida mujassam etgan “Mustaqil O’zbekistonning kuch – qudratimanbai xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir. Xalqimiz adolat, tenglik, ahil qo’shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab asrab kelmoqda. O’zbekistonni yangilashning oliy maqsadi ana shu an’analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag’ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol toptirishga erishish uchun shart – sharoit yaratishdir.”
O’zbekiston davlatchiligi manfaatlariga inson huquqlariga va demokratiya kabi umumbashariy qadriyatlar to’la mos keladi. Inson huquqlari bizning jamiyatimizga faqat Konstitutsiya va qonunlar bilangina emas, balki xalqning o’z ongi, uning ma’naviy ahloqiy dunyoqarashi va tajribasi. mehr – shavqati bilan mustahkamlanadi.
Vatandoshlarimizga xos bo’lgan adolat, haqiqat, iymon, oliyjanoblik va bag’rikenglik, saxovatpeshalik kabi ulug’vor xislatlarning Konstitutsiyamizdan munosib o’rin olganligi yoshlar huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish uchun xizmat qilishi uning huquqning asosiy manba sifatidagi ahamiyatini orttiradi.

Download 53.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling