Mavzu: Huquqiy tizimlarni huquq oilalariga ajratish mezonlari. Roman-German huquq oilasi
Download 197.5 Kb.
|
Mustaqil ish huquq oilalari
Mavzu: Huquqiy tizimlarni huquq oilalariga ajratish mezonlari.Roman-German huquq oilasi Mundarija: I.Kirish………………………………………………………………………..3 II.Asosiy qism. 2.1 Hozirgi zamon huquqiy tizimlari …………………………………………5 2.2 Huquqiy oilalar …………………………………………………………..7 2.3 Yuridik tipologaya va tasniflash………………………………………….27 2.4 Roman-german huquq oilasi……………………………………………..31 2.5 Musulmon mamlakatlari huquqiy tizimlari (islom huquqi)……………...34 2.6 O’zbekistonning asossiy huquqiy tizimi…………………………………39 III. Xulosa……………………………………………………………………..43 IV.Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………44 I.Kirish. Huquqiy tizim -huquq tizimi va yurisdiksiyaviy ( huquqni muhofaza qiluvchi) organlar tizimidan tarkib topadi. Har qanday davlatning huquqiy tizimi jamiyatda muayayn huquq tartibotni o’rnatishga qaratilgan. Jahondagi mavjud huquqiy tizimlarni tasniflashda etnik, irqiy, ju-rofiy diniy tushunchalardan tortib to yuridik texnika va huquq uslubi bilan tugaydigan xidma xil omillardan foydalaniladi. R.David tomonidan berilgan huquqiy oilalar tasnifi eng ommaviysi bo’lib chiqdi. U din, falsafa, iqtisodiy va ijtimoiy tarkiblarni o’z ichiga olgan mafkura hamda huquq manbalarini asosiy tarkib sifatida qamrab oluvchi yuridik texnikadan iborat ikki mezoning qo’shib olib borilishiga asoslangan. R.David uch huquqiy oila: roman-german, ingliz-sakson va totalitar oilani ajratib ko’rsatishga asoslangan –oyani ol-a surgan. Asosiy huquqiy oilalarni aniqlashda quyidagi o’zaro bo-liq mezonlarning uch guruhi muhim ahamiyatga molikdir. 1) huquqiy tizimlar tarixiy genezisi ( kelib chiqishi) 2) huquq manbalari tizimi; 3) huquqiy tizim tarkibi. Roman –german huquqiy tizimi yoki kontinental huquq tizimi yevropada Rim, muqaddas diniy va mahalliy an’analar asosida yuzaga kelgan tizimlarni o’z ichiga oladi . U 12-16 asrlar mobaynida italyan, fransuz, nemis universitetlarida YUstinian qonunlari to’plami asosida Rim huquqini o’rganish natijasida tarkib topgan.Bu qonunlar ko’pchilik yevropa mamlakatlari uchun umumiy bo’lgan yuridik fanni shakllantirgandi. Bu ta’limotda kodekslar, maxsus qonunlar, ma’muriy farmoyishlar, vazirlar dekretlarining ahamiyati katta.Ammo urf odat huquqning mustaqil manbai mohityatini yo’qotgan. Ingliz- amerika huquqiy tizimiga mansub davlatlarda sud pretsedenti, ya’ni sud’yalar tomonidan ularning qarorlarida ta’riflangan normalar huquqning asosiy manbai bo’lib xizmat qiladi. Masalan Qirollik sudlari faoliyati davomida asta sekin to’planib borgan qarorlar jamlanmasi tarkib topgan va keyinchalik shu sudlar ulardan qo’llanma sifatida foydalana boshlagan. Bu huquqiy oilada «Sud himoyasi vositasi huquqdan muhimroq» degan ta’rifni kuzatish mumkin edi. 1787 yilgi Amerika Konstitutsiyasidan keyin AQSHda inglizlarga o’xshash presedent huquqini qonun chiqaruvchilik bilan qo’shib olib boriladigan dualistik tizim tarkib topdi. Sudlar tomonidan shunda ham sudlar qarorlariga ishora qilish mumkin bo’lganidagina Amerika huquqiy tizimiga kiradi.AQSHda Angliya huquqida bo’lmagan Kodekslar amal qilsada, xuddi Angliyadagidek, qonunni qo’lanilishi uni sharhlashning sud pretsedentiga bo-liq bo’ladi. Lotin Amerikasi huquqiy o’z asosiga ko’ra,kodekslashgan huquq tizimi bo’lib, bu yerda kodekslar yevropa namunalari asosida tuzilgan. Bu huquqda urf odatlarning manba sifatidagi roli turli mamlakatlarda turli ko’rinishlarga ega. Masalan Argentinada Urugvayga qaraganda yuqoriroq.Argentina, Braziliya,Venesuela, Meksika federatsiyalardir. Demak, federatsiya bilan uning a’zolari o’rtasidagi vakolatlar chegaralanishi nazarda tutilishi lozim.SHuningdek, sud amaliyoti huquq manbai sifatida hisoblanadi. Skandinaviya (SHimol) huquqiy oilasi roman-german, ingliz amerika huquqiy tizimlarining ayrim x’ususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan. Bu huquqiy tizimga Daniya, Islandiya, Norvegiya,Finlyandiya va SHvetsiya mamlakatlari kiradi. aniyadagi «Qirol Kristaining Daniya Qonuni»Mamlakat quqi tarixidagi eng muhim hujjatlardan biri hisoblanadi. Qonunchilik huquqning bosh manbai hisoblanadi. Dengiz va savdo bilan bo-liq odatlar huquq manba sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Islandiyada 930 yildan buyon ya’ni u tashkil topgandan buyon huquqiy urf odatlar keng rivoj topib keldi. Island huquqi manbalarining bugungi tizimini Konstitutsiyasi, Kodekslar, qirollar chiqargan ayrim qonunlar tashkil etadi. Norvegiyadagi huquqiy urf-odatlarning yozma nusxalari 12 asrga to’-ri kelgan.Masalan 1150 yildagi «Gulating qonunlari», 1190 yildagi «Frostating qonunlari» hozirgi kunga qadar to’laligacha saqlanib qolgan. Download 197.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling