Mavzu: Husnixat darslarini tashkil etish
Mavzu: Husnixat darslariga dam olish daqiqalarini o`tkazish usullari
Download 45.9 Kb.
|
20 ta mavzu
Mavzu: Husnixat darslariga dam olish daqiqalarini o`tkazish usullari.
Boshlang‘ich ta’limning yangi tizimi kichik yoshdagi o‘quvchilarning uyg‘un rivojlanishlarini ta’minlash bilan birga bolalarda insoniy sifatlarni tarbiyalash, ona Vatanga muhabbat tuyg‘ularini paydo qilish, mehnat qilishga havas, e’tiqod uyg‘otish, tabiat va undagi narsalarga e’tiborli bo‘lish, ularni asrabavaylash kabi xislatlarni shakllantirishga qaratilgan. O‘quv dasturlarining vazifalaridan biri ruhan tetik, jismonan sog‘lom, ma’naviy komil va aqlan yetuk, fikran jasur avlodni tarbiyalash, o‘qibyozishdek murakkab jarayonga muvaffaqiyatli yo‘naltirish orqali ularning nutq madaniyatini shakllantirish, ma’naviy savodxonligini oshirishdan iboratdir. O‘quvchilar bilish faoliyatining o‘ziga xos rivojlanishi ularning ruhiy fiziologik xususiyatlari bilan uzviy bog‘liqdir. Bu o‘rinda barcha darslar jarayonida dam olish daqiqalarini o‘tkazib borish muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchilar darslarini o‘tish jarayonida uni ixchamlashtirish hisobiga dam olish daqiqalaridan unumli foydalanishlari zarur. Bu o‘rinda 1-2-sinf o‘quvchilarida yozish, o‘qish ko‘nikmalari yetarli darajada rivojlanmaganligi va tez-tez charchashlarini inobatga olib, har bir darsda 2 marta dam olish daqiqalarini o‘tkazish mumkin. Dam olish hamda qiziqarli daqiqalar harakatlar orqali bajariladi. Shuning uchun o‘qituvchi tomonidan o‘qilgan she’rlar undagi harakat holatiga taqlid qilib aytiladi: — Barmoqcham, barmoqcham, Charchab qolgan barmoqcham. Yoza, yoza charchadim, Endi bir oz olay dam. Bunda ikki qo‘l barmoqchalariga diqqat qaratiladi, ularni turli harakatlarda ifoda etadilar. Tabiatdagi barcha tirik jonzotlarning harakat turiga taqlid qilish o‘yiniga quyidagilar kiradi: 1. Baliqdek suzamiz. 2. Qushlardek uchamiz. 3.Ayiqdek yuramiz. 4. Quyondek sakraymiz. 5. O‘quvchidek o‘tiramiz. — Har qo‘limda besh barmoq, Qo‘shsak, bo‘lar o‘n barmoq. Ikkisi juft, biri toq, Qo‘shsak, bo‘lar chin o‘rtoq. — Katta chiziq, Kichik chiziq, Biz yozamiz Uzuq-uzuq, Katta chiziq Kichik chiziq. Yozuvlarim Juda qiziq. Aylantirib, «O», deymiz. Ilgak qo‘shib, «A» deymiz. – Oqib kelar jildirab, Oyna kabi yaltirab, Oqib kelgan oynani Olish mumkin hovuchlab. Òopinglar-chi nima bu? – Ariq to‘la — oqar suv. —Ayiq asal yalabdi ko‘p, ko‘p, ko‘p, Arilar uni talabdi xo‘b, xo‘b, xo‘b. Yur, yordamga boraylik tez, tez,tez, Òartibga chaqiraylik biz, biz, biz. O‘quvchilarga dam olish daqiqalarida yodlatiladigan she’rlar, matnlar ham badiiy did darajasida bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim. G‘uv-g‘uv uchar bolari, Duv-duv uchar bolari. Guldan gulga qo‘nishib, Sharbat ichar bolari. Qu-qu-qu-qu, xo‘rozim, Uyimda xushovozim. Paq-paq qanot parvozim, Qu-qu-qu-qu, xo‘rozim. Ertaklar asosida dam olish daqiqalarini o‘tkazish o‘quvchilarni hamjihatlikka, mehnatga, do‘stlikka chorlaydi va ularning nutqiy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Masalan: «Sholg‘om» ertagidan namuna keltiramiz: — Bobo tortdi sholg‘omni, Bir, ikki, uch, lekin torta olmadi. Kampir tortdi boboni, Bir, ikki, uch, lekin torta olmadi. Qizcha tortdi kampirni, Bir, ikki, uch, lekin torta olmadi. Kuchuk tortdi qizchani, Bir, ikki, uch, lekin torta olmadi. Mushuk tortdi kuchukni, Bir, ikki, uch, lekin torta olmadi. Sichqon tortdi mushukni, Bir, ikki, uch, Birlashganda hammasi Tortishdilar sholg‘omni. 3-4-sinflarda o‘quvchilar jismonan, aqlan rivojlanishi birmuncha oshgan bo‘ladi. Bu davrda o‘quvchilar ifodali nutqqa erkin fikrlaydigan, harakat jihatdan tezkor bo‘ladilar. Bunday paytda o‘qituvchi ularga dam olish daqiqalarining mazmunli o‘tishi uchun mustaqil, faol o‘yinlardan, boshqotirmalar, musobaqalardan namunalar topishi va ijodkorlik bilan yondoshishi kerak bo‘ladi. Darslar jarayonida qiziqarli daqiqalar chog‘idagi o‘yinlar bir-biriga o‘xshamasligi bilan ajralib turishi kerak. O‘quvchilar har darsda iloji boricha yangiliklarni kutib olishlari darslar samaradorligini oshiradi. Masalan: ona tili darslarida mavzuga moslab dam olish daqiqasi o‘rnida «Shingil» uslubidan foydalanish ham mumkin. Bunda so‘z turkumlari haqidagi tushunchalar mustahkamlanadi. O‘quvchilar uch guruhga bo‘linadilar. Download 45.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling