Mavzu: ibtidoiy jamiyat tuzumida moddiy madaniyat
Download 356.25 Kb. Pdf ko'rish
|
ibtidoiy jamiyat tuzumida moddiy madaniyat
1.2. Tafakkur va nutqning o’sishi Tafakkur va nutq taraqqiy qilmay turib madaniyatning vujudga kelishi mumkin emas. Burjua fanida arxantroplar va paleantroplar tafakkuri xususida ikkita g’ayri ilmiy kontseptsiya tarqalgan. Bu kontseptsiyalardan birining (evolyutsionist E. Teylor va G. Spenser ilgari surgan kontseptsiya} namoyandalari eng qadimgi odamlar tafakkuri bilan hozirgi jismoniy tipdagi insoni tafakkuri o’rtasidagi farqlarni e’tirof qilishmaydi. Ikknichi (L. Levi - Bryulem) ta’rif qilgan kontseptsiyaning izdoshlari hamma ibtidoiy odamlar tafakkurini "mantiqiy tafakkurdan oldingi".ya’ni mantiq qonunlariga buysunmaydigan tafakkur deb hisoblashadi. Eng qadimgi odamlar qurollar yasash uchun ishlatgan materiallar (toshlar, yog’ochlar)ning xususiyatlarini bilib olgan, hayvonlarning odatlarini o’rgangan va ularni ovlay bilgan, eyiladigan va eyilmaydigan mevalarni, etildizli giyohlar va shu kabilarni bir-biridan farq qila olgan. Lekin o’sha davrda odamlar tabiat ustidan xali katta g’alaba qila olmaganlar, binobarin, ularning tafakkuri ham unga yaxshi o’smagan. Olimlar ibtidoiy odamlar tafakkuri va nutqining taraqqiy etishidagi ikki bosqichni ajratib ko’rsatadilar. Ular birinchi bosqichnn arxantroplar va paleantroplar bilan, ikkinchi bosqichni (homo sapiens) bilan bog’laydilar. Barcha olimlar birinchi bosqichda hissiy-ko’rgazma (obrazlar) tafakkur, noaniq nutq ustun bo’lganligini hamda ikkinchi bosqichda abstrakt tafakkur va aniq nutq mavjud bo’lganligini e’tirof qiladilar. Bir xil olimlar abstrakt tafakkur va aniq nutq kurtaklari muste davrida, neandertallarda vujudga kelgan, deb faraz qiladilar. Boshqa olimlar pitekantroplarda, sinantroplarda abstrakt tafakkur elementlari paydo bo’lgan, deb hisoblaydilar.Keyingi paleolitga qadar nutq noaniq bo’lgan, ammo paleontroplar nutqi arxontroplar nutqiga qaragnada ancha taraqqiy etgan. Neandertallarda ko’p ma’noli va yaxlit mazmunli yangi so’z jumlalar paydo bo’lgan. Eng qadimgi odamlarda esa bir bo’g’inli, turlanmaydigan va bir-biri bilan bog’lanmaydigan so’zlar mavjud bo’lgan. Nutq tafakkur bilan chambarchas bog’lanib o’sa borgan. Er yuzida gapirishni bilmaydigan bironta ham xalq yo’q, shuning uchun ham olimlar odam g’oyat katta insoniy muvaffaqiyatlardan biri bo’lgan nutqniig shu darajada o’sishiga qanday yul bilan erishganligini fahmlab, bilib olishlarigagina to’g’ri keladi. Tilning paydo bo’lish imkoniyatini anglash uchun oziq-ovqat qidirib topish yulida cheksiz tashvish tortgan ibtidoiy odamlarimng yashagan sharoitlarini unutmasligimiz kerak. Maymun odamlar oziq-ovqat qidirib topishgan, o’zlarini dushmanlardan birgalikda (kollektiv bo’lib) himoya qilishgan.Ana shu vaziyatda nutq o’sa borgan, chunki, mehnat protsessida odamlarning birgalikdagi ish-xarakatlari to’g’risida so’zlashib quyish, tajriba almashish zarur bo’lgan. SHuningdek, odamning tikka yurishga o’rganishi va mehnat protsessida butun organizmishshg shakllanishi bilan birga ba’zi bir organlar (hiqqildoq, o’pka, til va boshqalar)ning alohida jismoniy tuzilishi nutq o’sishining zaruriy shartidir. Xilma-xil tovushlar chiqara oladigan organlarga ega bo’lgan odam har holda nutq yaratish darajasiga tezda eta olmagan.Nutq avval boshdanoq tovush nutqi, noaniq nutq bo’lgan. Dastlab odam, boshqa hayvonlar kabi, uzuq-uzuq qichkiriqdan foydalangan.Deyarli har bir hayvon mutlaqo ixtiyoriy ravishda qandaydir tovushlar chiqara oladi. Biz hatto hayvonlarni tovushlariga qarab ajrata olamiz va ularni tovush chiqarishga majbur etadigan sabablarni farq qilamiz. Xursandlik, og’riq yoki qo’rqish bilan bog’liq bo’lgan shu kabi qichkiriqlar odam qo’kragidan beixtiyor chiqib, atrofdagi odamlarga o’z sherigining qanday ahvolga tushib qolganini bildirgan.Bir xildagi yashash sharoitlari boshqa kishilarning eshitib qolgan qichqiriq sababini deyarli xatosiz aniqlashlariga imkon bergan.Jumladan, ma’lum tovushlarga muayyan ma’no berilgan. Odam tovush signallarini berar ekan, ular orqali ma’lum fikrni bildirgan. Imo-ishora tovush nutqida yordamchi element bo’lgan. Odam nutqi eng boshdanoq hayvonlar tovushlaridan shu bilan farq qilganki, kishi yumshoq nutq organlari yordamida ko’pgina xilma-xil tovush birikmalarini talaffuz eta olgan va ularni tovushlarning yaxlit gruppalariga qo’sha olgan, bularni biz so’zlar deb ataymiz. Til sekin taraqqiy qilgan. U doim kishilarning aloqa va tajriba olishish quroli bo’lib kelgan. Tilda odam hamisha munosabatda bo’lib turgan buyumlarning belgilari ifodalangan Vaziyat xilma-xillasha borgan sayin til yanada boyigan.Ibtidoiy tilda nomlar buyumlarning o’ziga qaraganda ko’proq bo’lgan, chunki har bir odamda o’z tovushlar birikmasi assotsiatsiya qilingan.Nomlar kelishish asosida berilmagan. Shuning orqasida nutq o’sishining ilk bosqichlarida sinonimlar bo’lgan.Ibtidoiy so’zlar turdosh nomlardan ko’ra ko’proq atoqli otlar bo’lgan.Hislarni, munosabatlarni, ish-xarakatlarni ifodalash uchun so’zlar bo’lmagan. Bularning hammasi emotsional qichqiriqlar va harakatlar bilan ifodalangan. Keyinroq odam o’z hislari va fikrlarini ifodalash uchun tildan foydalanish imkoniyatini topgan. Til tom ma’nosi bilan fikr quroli bo’lib qolgan.Til bo’lmay turib odamlar hozirgi vaqtda insoniyat ega bo’lgan narsalarga erisha olmagan bulur edilar. Keksa avlod o’z ota-bobolaridan o’rganib olgan hamma narsalarini til yordamida kichik avlodga o’rgatgan va bu bilan hayot sharoitlarini yaxshilash yulida bundan buyon olib boriladigan ishni engillashtirgan. Tafakkur bilan mahkam bog’langan til noaniq tovush tilidan boshlab to urug’larning, keyinchalik qabilalarning aniq tillariga qadar uzoq taraqqiyot yulini o’tdi.Qabilaviy tillar o’rnini sinfiy jamiyatlarda xalqlarning tillari egalladi.Kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi bilan milliy tillar paydo bo’ldi. Neolit oxiri va metallar asrining boshlariga kelib asosiy qardosh tillar oilalari tarkib topgan: Download 356.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling