Mavzu: ibtidoiy jamiyat tuzumida moddiy madaniyat


Download 356.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana26.07.2023
Hajmi356.25 Kb.
#1662565
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ibtidoiy jamiyat tuzumida moddiy madaniyat

 
 
 
 


1.2. Tafakkur va nutqning o’sishi 
Tafakkur va nutq taraqqiy qilmay turib madaniyatning vujudga kelishi mumkin 
emas. Burjua fanida arxantroplar va paleantroplar tafakkuri xususida ikkita g’ayri ilmiy 
kontseptsiya tarqalgan. Bu kontseptsiyalardan birining (evolyutsionist E. Teylor va G. 
Spenser ilgari surgan kontseptsiya} namoyandalari eng qadimgi odamlar tafakkuri bilan 
hozirgi jismoniy tipdagi insoni tafakkuri o’rtasidagi farqlarni e’tirof qilishmaydi. 
Ikknichi (L. Levi - Bryulem) ta’rif qilgan kontseptsiyaning izdoshlari hamma ibtidoiy 
odamlar tafakkurini "mantiqiy tafakkurdan oldingi".ya’ni mantiq qonunlariga 
buysunmaydigan tafakkur deb hisoblashadi.
Eng qadimgi odamlar qurollar yasash uchun ishlatgan materiallar (toshlar, 
yog’ochlar)ning xususiyatlarini bilib olgan, hayvonlarning odatlarini o’rgangan va 
ularni ovlay bilgan, eyiladigan va eyilmaydigan mevalarni, etildizli giyohlar va shu 
kabilarni bir-biridan farq qila olgan. Lekin o’sha davrda odamlar tabiat ustidan xali 
katta g’alaba qila olmaganlar, binobarin, ularning tafakkuri ham unga yaxshi o’smagan. 
Olimlar ibtidoiy odamlar tafakkuri va nutqining taraqqiy etishidagi ikki bosqichni 
ajratib ko’rsatadilar. Ular birinchi bosqichnn arxantroplar va paleantroplar bilan, 
ikkinchi bosqichni (homo sapiens) bilan bog’laydilar. Barcha olimlar birinchi bosqichda 
hissiy-ko’rgazma (obrazlar) tafakkur, noaniq nutq ustun bo’lganligini hamda ikkinchi 
bosqichda abstrakt tafakkur va aniq nutq mavjud bo’lganligini e’tirof qiladilar. 
Bir xil olimlar abstrakt tafakkur va aniq nutq kurtaklari muste davrida, 
neandertallarda vujudga kelgan, deb faraz qiladilar. Boshqa olimlar pitekantroplarda, 
sinantroplarda abstrakt tafakkur elementlari paydo bo’lgan, deb hisoblaydilar.Keyingi 
paleolitga qadar nutq noaniq bo’lgan, ammo paleontroplar nutqi arxontroplar nutqiga 
qaragnada ancha taraqqiy etgan. Neandertallarda ko’p ma’noli va yaxlit mazmunli yangi 
so’z jumlalar paydo bo’lgan. Eng qadimgi odamlarda esa bir bo’g’inli, turlanmaydigan 
va bir-biri bilan bog’lanmaydigan so’zlar mavjud bo’lgan.
Nutq tafakkur bilan chambarchas bog’lanib o’sa borgan. Er yuzida gapirishni 
bilmaydigan bironta ham xalq yo’q, shuning uchun ham olimlar odam g’oyat katta 
insoniy muvaffaqiyatlardan biri bo’lgan nutqniig shu darajada o’sishiga qanday yul 


bilan erishganligini fahmlab, bilib olishlarigagina to’g’ri keladi. Tilning paydo bo’lish 
imkoniyatini anglash uchun oziq-ovqat qidirib topish yulida cheksiz tashvish tortgan 
ibtidoiy odamlarimng yashagan sharoitlarini unutmasligimiz kerak. 
Maymun odamlar oziq-ovqat qidirib topishgan, o’zlarini dushmanlardan 
birgalikda (kollektiv bo’lib) himoya qilishgan.Ana shu vaziyatda nutq o’sa borgan, 
chunki, mehnat protsessida odamlarning birgalikdagi ish-xarakatlari to’g’risida 
so’zlashib quyish, tajriba almashish zarur bo’lgan. SHuningdek, odamning tikka 
yurishga o’rganishi va mehnat protsessida butun organizmishshg shakllanishi bilan 
birga ba’zi bir organlar (hiqqildoq, o’pka, til va boshqalar)ning alohida jismoniy 
tuzilishi nutq o’sishining zaruriy shartidir. Xilma-xil tovushlar chiqara oladigan 
organlarga ega bo’lgan odam har holda nutq yaratish darajasiga tezda eta olmagan.Nutq 
avval boshdanoq tovush nutqi, noaniq nutq bo’lgan. 
Dastlab 
odam, 
boshqa 
hayvonlar 
kabi, 
uzuq-uzuq 
qichkiriqdan 
foydalangan.Deyarli har bir hayvon mutlaqo ixtiyoriy ravishda qandaydir tovushlar 
chiqara oladi. Biz hatto hayvonlarni tovushlariga qarab ajrata olamiz va ularni tovush 
chiqarishga majbur etadigan sabablarni farq qilamiz. Xursandlik, og’riq yoki qo’rqish 
bilan bog’liq bo’lgan shu kabi qichkiriqlar odam qo’kragidan beixtiyor chiqib, atrofdagi 
odamlarga o’z sherigining qanday ahvolga tushib qolganini bildirgan.Bir xildagi 
yashash sharoitlari boshqa kishilarning eshitib qolgan qichqiriq sababini deyarli xatosiz 
aniqlashlariga imkon bergan.Jumladan, ma’lum tovushlarga muayyan ma’no berilgan. 
Odam tovush signallarini berar ekan, ular orqali ma’lum fikrni bildirgan. Imo-ishora 
tovush nutqida yordamchi element bo’lgan. 
Odam nutqi eng boshdanoq hayvonlar tovushlaridan shu bilan farq qilganki, kishi 
yumshoq nutq organlari yordamida ko’pgina xilma-xil tovush birikmalarini talaffuz eta 
olgan va ularni tovushlarning yaxlit gruppalariga qo’sha olgan, bularni biz so’zlar deb 
ataymiz. Til sekin taraqqiy qilgan. U doim kishilarning aloqa va tajriba olishish quroli 
bo’lib kelgan. Tilda odam hamisha munosabatda bo’lib turgan buyumlarning belgilari 
ifodalangan Vaziyat xilma-xillasha borgan sayin til yanada boyigan.Ibtidoiy tilda 
nomlar buyumlarning o’ziga qaraganda ko’proq bo’lgan, chunki har bir odamda o’z 
tovushlar birikmasi assotsiatsiya qilingan.Nomlar kelishish asosida berilmagan. 


Shuning orqasida nutq o’sishining ilk bosqichlarida sinonimlar bo’lgan.Ibtidoiy 
so’zlar turdosh nomlardan ko’ra ko’proq atoqli otlar bo’lgan.Hislarni, munosabatlarni, 
ish-xarakatlarni ifodalash uchun so’zlar bo’lmagan. Bularning hammasi emotsional 
qichqiriqlar va harakatlar bilan ifodalangan. Keyinroq odam o’z hislari va fikrlarini 
ifodalash uchun tildan foydalanish imkoniyatini topgan. Til tom ma’nosi bilan fikr 
quroli bo’lib qolgan.Til bo’lmay turib odamlar hozirgi vaqtda insoniyat ega bo’lgan 
narsalarga erisha olmagan bulur edilar. Keksa avlod o’z ota-bobolaridan o’rganib olgan 
hamma narsalarini til yordamida kichik avlodga o’rgatgan va bu bilan hayot 
sharoitlarini yaxshilash yulida bundan buyon olib boriladigan ishni engillashtirgan.
Tafakkur bilan mahkam bog’langan til noaniq tovush tilidan boshlab to 
urug’larning, keyinchalik qabilalarning aniq tillariga qadar uzoq taraqqiyot yulini 
o’tdi.Qabilaviy tillar o’rnini sinfiy jamiyatlarda xalqlarning tillari egalladi.Kapitalistik 
munosabatlarning rivojlanishi bilan milliy tillar paydo bo’ldi. 
Neolit oxiri va metallar asrining boshlariga kelib asosiy qardosh tillar oilalari 
tarkib topgan:

Download 356.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling