Mavzu: Ibtidoiy jamoa davri san’ati


KAMOLIDDIN BEHZOD VA MINIATURA SAN`ATI


Download 201.5 Kb.
bet3/8
Sana10.11.2023
Hajmi201.5 Kb.
#1762500
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mavzu opa

KAMOLIDDIN BEHZOD VA MINIATURA SAN`ATI

Kamoliddin Behzod (1455 -1535) - 1468 yildan 1506 yilgacha Hirotda ishlagan va Hirotning yirik rassomchilik maktabi ustalaridan biri bo‘lgan fors rassom-miniatyurachisi. G‘arbda “Sharq Rafaeli” deb tan olingan.


Kamoliddin Behzodning hayoti haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Kelib chiqish aslzodalarga tegishli ekanligi haqidagi manbalarga ko‘ra, Behzod hunarmandlar oilasida tug‘ilgan, deb hisoblanadi.
Tarixshunoslarning fikriga ko‘ra, Behzod erta yetim qoladi. Uni Sulton Husayn Boyqaro saroyida kitobdor kabi yuqori lavozimni egallagan taniqli xattot va rassom Mirek Naqqosh Xurosoniy tarbiyalaydi. Ba’zi manbalar Pir Said Ahmad Tabriziy ismli yana bir rassom ham bo‘lganligini ko‘rsatib, Behzod o‘z san’ati uchun uning oldida qarzdordir.
Bundan tashqari. Behzodning shaxs sifatida va dunyoqarashi shakllanishida Alisher Navoiyning o‘rni katta bo‘lgan. Alisher Navoiy vazir, shoir va insonparvar, Sulton Husayn Boyqaro hukmronligi davrida Hirot saroyida o’ziga xos ijodiy muhit yaratilishiga ta’sir ko‘rsatgan.
1480-yillar Sulton Husayn Boyqaro kutubxonasidan bir nechta qo‘l yozma topilgan bo‘lib, tadqiqotchilarning fikricha, ular Kamoliddin Behzodga tegishlidir. Ushbu qo‘l yozma miniatyuraslarda Behzod o‘zining ham tabiat, ham urush manzaralarini, ham inson shakli va alohida xususiyatlarini tasvirlovchi usta sifatida namoyon qiladi. U ko‘plab badiiy yangiliklar kiritgan.
1490 yillar Sulton Husayn Boyqaro farmoni bilan sultonning bosh kitobxoni etib tayinlanadi. Endi Behzod miniatyura va suratlar yaratish bilan birga, loyihalarni va rassomlar faoliyatini boshqaradi.
1506 yil Sulton Husayn Boyqaro vafot etadi, o‘limidan bir yildan so‘ng Hirotni Muhammad Shayboniyxon boshchiligidagi o‘zbeklar bosib oladi. Behzod avvalgiday kitobxon lavozimida qoladi, Shayboniyxon esa o‘z suratlarini unga chizdirgan. Rassom chizgan Shayboniyxonning ajoyib portreti o‘sha davrlardan saqlanib qolgan.
1507-1510 yillarni Behzod boshqa hirotlik rassomlar ketidan borib, Buxoroda o‘tkazadi.
Biroq, 1510 yil safoviylar sulolasining asoschisi Ismoil I (1501-1524 yillar hukmronlik qilgan) Shayboniyxonni o‘ldiradi, shundan so‘ng Behzod fors saltanati tomonidan yaratilgan yangi poytaxt bo‘lmish Tabrizga ko‘chib o‘tadi. Behzodning sharafi bu davrda o‘z cho‘qqisiga yetadi.
Ismoil shoh saroyiga rassom 1520 va 1522 yillar oralig‘ida kelgan. Behzod qo‘l yozmalarni yozish yo‘lga qo‘yilgan, tayyor ustaxonaga keladi. 1522 yil Ismoilning farmoniga ko‘ra Behzod shohning bosh kitobxoni etib tayinlanadi. Ammo, oradan ikki yil o‘tgach, 1524 yil shoh Ismoiy 37 yoshida kutilmaganda vafot etadi va Behzodning kechroq ijodini safaviy hukmdori Shoh Taxmas I (1525-1576 yillar hukmronlik qilgan) ismi bilan bog‘lashadi. Uning qo‘l ostida Behzod to o‘limiga qadar xizmat qiladi.
Kamoliddin Behzod 1535 yoki 1536 yil vafot etgan.
Behzod ijodi tirik shaxsga murojaat, tabiatni anglash va inson hamda hayvon tanasining tirik harakatini yetkazib berish bilan ifodalanadi.
Kompozitsiyalarni tuzishda u o‘tmishdoshlari tomonidan tuzilgan an’anaviy chizmalardan foydalangan va ushbu kompozitsiya tizimining qonunlashtirilgan chizmalari asosida “tugallanganligi, kompozitsiyalarining mukammalligi, qahramonlarning tirik surati, g‘oyaviy fikrining kengligi bilan hayratga soluvchi” betakror asarlar yaratgan.
Kompozitsiyalar yechimidagi Behzodning farqli jihati shundaki, u aylana va oval bo‘ylab shakllar tizib, xayoliy chuqurlik yaratgan, imo-ishoralarni kuchaytiruvchi tasvirlari kompozitsiyaning ichki harakatini yetkazib bergan, o‘zining miniatyuralarida ko‘plab yangi ishtirokchi shaxslar, me’moriy bo‘laklarni ifodalab, tasviriy olam doiralarini ilgari surgan. Behzod, shuningdek, kompozitsiya bo‘laklariga qahramonlarni o‘rinli joylash orqali xayolik kenglikni yarata olgan. Chuqurlikni yaratishda muomaladagi qahramonlarning imo-ishoralari ham kichik o‘rin egallamagan. Behzod ijodida chuqurlik va makon yaratilishida boshqa bo‘laklar ham muhim ahamiyatga ega — me’moriy binolar, peshtoqlar, minbarlar, yon devorlar, ko‘priklar, ayvonlar va boshqalar.
Behzod miniatyurasining yakunlanganligi va mukammalligi ranglar yechimida ham ifodalanadi. Avvalam bor, me’moriy bezakning ranglar boyligini ta’kidlash joiz.
Behzod qiziqarli ijodiy hayot kechirdi. U ko‘plab yozuvchi va shoirlarning kitobiga bezak solgan. Uning miniatyuralari Chester Beytining Londondagi kutubxonasida saqlanadi, Amir Temurning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan Ali Yazdining “Zafarnoma” asariga chizilgan 8 ta miniatyurasi milliy kutubxonala saqlanadi.
Behzodning badiiy miniatyurasidagi nozik ta’sirchanlik, qizg‘in ranglar, silliq chiziqlarda tasvirlangan, bo‘yoqlarning bir tekisda joylashuvi unga musiqaviy, romantik kayfiyat bag‘ishlaydi. Uning miniatyuralarida dunyo tinchlik, uyg‘unlik va sokinlikka to‘yingan. Undagi barchasi shodlikni aks etadi.
AMIR TEMUR QURDIRGAN SAN'AT OBIDALARI
R E J A:



  1. Tеmur va tеmuriylar davrida qurilish ishlari

  2. Sohibqiron Amir Temur qurdirgan bog’lari

  3. Sohibqiron Jomе' masjidi (Bibixonim nomi bilan ataluvchi masjid) ning qurilishi

Tеmur va tеmuriylar davrida qurilish ishlari, mе'morchilik misli ko’rilmagan darajada o’sadi va rivojlanadi. V.V. Bartol`d bunday dеb yozadi: «Tеmur bir vaqtning o’zida ashaddiy buzg’unchi va tashabbuskor quruvchi edi: u buyuk imoratlar barpo etdi va ularni ulkan bog’u-rog’lar bilan o’radi, shahar va qishloqlarni tikladi, suv inshootlari barpo etdi va buzilganlarini tuzatdi. Mada­niyat barpo etish mumkii bo’lgan yer maydonlarini bu’sh qoldirmas edi. Tеmurning ijodkorlik faoliyati ham uning qilgan vayronagarchiliklari kabi kishini hayratda qoldirardi. Musulmon mе'morchiligidagi eng yaxshi davr Tеmur va uning avlodlari nomi bilan boglik».
Tеmur va uning avlodlari davrida Samarqand, Toshkеnt, (Zangiota qabri), Buxoro Shaxrisabz, Qarshi, Turkistonda, Xurosonning markazi Hirot, Mashhad, Nishopur, Qobul va boshqa shaharlarda buyuk yaratuvchilik ishlari olib boriladi. Sohibqironning buyrugiga asosan 1365 yilda Qarshi, 1370 yilda Samarqand, 1380 yilda Kеsh shaharlari atrofida mudofaa dеvorlari barpo etiladi. Tеmurning o’z ona yurti Kеshda, buyuk alloma va mutafakkir Ahmad Yassaviyga atab Turkistonda qurdirgan ajoyib, osmono’par va muhtasham madrasalari o’z davrida Sohibqironning kuch-qudratini jadon o’zra ko’z-ko’z qilgan.
Tarixshunos olim Sharafiddin Ali Yazdiy o’zining “Zafarnoma” asarida Kеsh (Shahrisabz) qo’rgoni va Oqsaroyning qurilishi bayonida quyidagilarni yozgan: «Sichqon yiliga to’g’ri kеlgan (hijriy) 781 yilning oxiri (milodiy - mart, 1380), erta bahor fasli edi. O’z kuvvati bilan (tabiatni) gullatib yashnatuvchi mе'mor ko’katlar va maysazorlar shahrini obod qilishga kirishgan, atirgul butalaridan qasrlar yaratib, la'lgun shoxchalar uchini baland ko’targan va ularni firuza rang naqshli barglar bilan bеzagan bir vaqtda. Oliyhazrat sohibqiron gullaridan mushku anbar bo’yi taraluvchi, suvidan gulob ta'mi kеluvchi Kеshning xushhavo va rom etguvchi zaminida shodlik nash'asini surib, orom olmoq azmi bilan bu yerda saltanat taxtini o’rnattirdi. So’ng Shaxrisabz qo’rgonini qurish haqida farmon berdi va (ishlarni) amirlaru lashkar axli o’rtasida taksimladi. Qo’rg’on qurilishi uchun munosib kеluvchi saodatli soatda uning poydеvorini qurdilar. Shahar ichida esa qazoyu qadardеk bajarilishi so’zsiz bo’lgan farmonga binoan bir qasr bunyodiga asos soldilar. Shе'r:
Uning ko’ngirasining balandligi shu darajaga yеtdiki,
(Hasaddan) osmon ko’zidan yosh (yuldo’z)lar to’ktirdi.
Qora tunda uning dеvorlari chunonam oppok bo’lib ko’rinardiki,
Xatto muazzimlar tong otibdi dеb gumon qilardilar.
«Nazar arqonini qanday qilib uning, tеpasiga tashlasam ekanq» dеb,
Uzoqni ko’ra oluvchi aqlu donish yuz bor xayolga cho’mdi.
Imorat shu qadar baland va favqulodda jozibali ediki… Hatto kеksa muhandis bo’lmish Gardun shuncha yillar jahon atrofida aylangan bo’lishiga qaramay, bunday go’zal binoni ko’rmagan edi. Shе'r: Yerdan samoga bosh ko’targan (bu saroyning) nomi sharafi «Oqsaroy» dеb ataldi».
1404 yilda Amir Tеmurning onasi Nеkuzbibi sharafiga qurib bitkazilgan, go’zallikda tеngsiz Oqsaroy ispan elchisi Ryui Gonzalеs dе Klavixo 1403 yili bu yerdan Samarqand tomon o’tayotganda hali bitmagan edi. Ammo shunga qaramasdan u o’z xotiralarida Oqsaroyning go’zalligidan hayratlanganligi va qoyil qolganligini yozadi: «Zero, butun bino zarhal va lojuvard bilan qoplangan bo’lib, u yerda saroyning shuncha bo’lma va oromgohlarini ko’rsatdilarki, ular haqida juda o’zoq so’zlash mumkin. Saroy ziynatlari oltindan va boshqa ranglardan hayratomuz ishlangan edi. Hatto mohir ustalari bilan jahonga mashhur bo’lgan Parijda ham bu ish juda go’zal hisoblangan bo’lar edi».
Amir Tеmur tomonidan qurilgan ushbu saroyning eng noyob, o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shunda ediki, saroy tomi tеpasida hovuz bo’lib, unga suv taxtaqaracha dovonidan — tog’dan qo’rgoshin quvurlar orqali olib kеlingan.
Albatta, Amir Tеmur birinchi navbatda poytaxti Samarqandni dunyoning eng go’zal va obod, ko’rkam va bеtimsol shaharlaridan biriga aylantirishni o’zining bosh vazifasi dеb biladi. U ishni eng avvalo mo’g’ullar istilosidan so’ng 150 yil mobaynida vayron va qarovsiz yotgan shaharning mudofaa dеvorlarini tiklashdan boshlaydi. Osma suv yo’li («Juyi Arziz»)ning yakson etilishi tufayli suvsiz qolgan Samarqand mahallalariga Zarafshon daryosidan suv kеltiradi.
Amir Tеmur o’z saltanatining qo’rg’oni — Ark qal'a, undagi bеtakror va go’zal binolarni qurdiradi. Ko’ksaroy va Bo’stonsaroy dеb elda mashxur bo’lgan bu binolar shaharning ko’rki hisoblangan. Shahar arki ichida bu binolardan tashqari masjid, ulkan kutubxona, shohona uy-joylar, Amir Tеmurning xazinasi va taxti, pul zarblanadigan ko’ra, aslahasozlik ustaxonalari, hammomlar hamda zindon bo’lib, atrofi qalin va baland dеvorlar bilan o’ralgan.
Sohibqiron Xindiston safaridan qaytgach, uning farmoni bilan Jomе' masjidi (Bibixonim nomi bilan ataluvchi masjid) ning qurilishi boshlanadi. Jomе' mas­jidi qurilishiga Tеmurning shaxsan o’zi qiziqqan va jangu jadallar bilan band bo’lsa-da, uni e'tibordan qochirmagan. Jomе' masjidi bеlgilangan muddatda bitkaziladi. Biroq Sohibqiron bu paytda safarda edi. Ayni paytda Tеmurning sеvimli, erka va katta xotini Saroymulkxonim (Bibixonim) bunyod etilgan Jomе, masjidi yonida jozibali va ulug’vor muhtasham madrasa qurilishini boshlab yuborgan edi. Ibn Arabshohning guvohlik berishicha, quruvchilar madrasa darvozasi va dеvor­larini jomе' masjidiga nisbatan baland ko’taradilar. Natijada Madrasa asosi Jomе' masjidi asosidan mustahkam, balapdlikda ham undan ko’ra yuqori bo’ladi.

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA KITOBAT SANATI




1. Amir Temur merosi — buyuk qadriyat
2 Amir Temur davrida me’morchilik, xattotlik, musiqa va tasviriy san’atning gullab-yashnashi
3. Temuriylar davrida ilm-fan va uning taraqqiyoti
О‘zbekiston mustaqillikka erishgan vaqtdan beri о‘tgan yillar davomida ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida bir qator о‘zgarishlar bо‘ldi. Vatan tarixini xolis о‘rganish va undan olingan saboqlari mustaqil tafakkurga ega bо‘lgan, milliy g‘oya asoslari atrofida jipslasha oladigan yosh avlodga yetkazish, ularda vatanparvarlik ruhini tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga kо‘tarildi. Bu borada tarixiy haqiqat, milliy о‘zlikni anglashni kuchaytirish va mustahkamlash vazifalari katta ahamiyat kasb etmoqda.
О‘zbekistonda demokratik islohotlarni amalga oshirish jarayonida yosh avlodni mustaqillikka ishonch va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda tarix fanining о‘rni hamda ahamiyati beqiyosdir. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 1998 yil 27- iyunda respublikaning bir guruh tarixchi olimlari bilan uchrashuvidan sо‘ng tarixiy haqiqatni tiklash harakatining keng dasturi ham jamiyatning ma’naviy-ahloqiy takomilga erishuvida о‘ziga xos katta ahamiyat kasb etadi1.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek, “haqqoniy tarixni bilmasdan turib о‘zlikni anglash mumkin emas”2, shuningdek “о‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yо‘q”3.
Zamonaviy O‘zbekiston uchun xos bo‘lgan, jamiyat hayotining turli sohalaridagi yangilanish, islohot va tub o‘zgarishlar Temuriylar davri madaniyatini o’rganish tarixida yangi sahifalar ochdi.
Amir Temur va temuriylar davrida bunyod etilgan mashhur me’moriy yodgorliklar va noyob madaniy merosga ega bo‘lgan millat chet el olimlari va sayyohlari e’tiborini o‘ziga tortib kelgan. O‘zbekiston mustaqilligi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va mustahkamlash dasturini amalga oshirish bilan bog‘liq holda Temuriylar davrining iqtisodiy va madaniy salohiyatini to‘liq yuzaga chiqarish uchun mustahkam poydevor yaratdi.
Mustaqillik davri tom ma'noda hazrati Temurning qayta tug'ilish davri bo'ldi. Amir Temurga munosabat, uning tarixiy xizmatini munosib baholash va izzatini o'rniga qo'yishda shaxsan Prezident I.Karimovning o'zi tashabbuskor bo'ldi. Sohibqiron shaxsini ulug'lash uchun u butun imkoniyatini ishga soldi. Buning sababi nimada? Buni Prezident I.Karimov quyidagicha izohlaydi:
Birinchidan, Amir Temur qadriyati mustamlakachilik yillarida ongu shuuri-mizdan o'chirib tashlangan milliy tuyg'ularimizni qayta tiklash, millatni millat, davlatni davlat qilish uchun kerak.
Sohibqironning «Bizkim, mulki Turon, Amiri Turkistonmiz. Bizkim, mihatlarning eng qadimgi va eng ulug'i — turkning bosh bo'g'inimiz», degan gaplari xalqimizga milliy o'zligini, buyuk va jahonshumul an'analarga voris ekanligini chuqur anglash- ga xizmat qiladi.
Ikkinchidan, xalqimizning milliy g'ururini, milliy ongini yuksaltirish uchun qariyb unutilgan tariximizni qayta tiklash lozim. Amir Temur esa ana shu ko'hna tarixning buyuk cho'qqisidir.
Uchinchidan, Amir Temurning hurmatini joyiga qo'yish farzandlarimizni, kelgusi avlodni ulug' ajdodlarimizning nomi va merosi bilan faxrlanishga o'rgatish, ularni ana shu buyuk an'analarning munosib davomchilari qilib tarbiyalash, milliy g'ururini yuksaltirish uchun kerak.
To'rtinchidan, Amir Temur qadriyati bizga demokratik, huquqiy, qudratli O'zbekiston davlatini barpo etish uchun, «O'zbekiston — kelajagi buyuk davlat» degan g'oyani ro'yobga chiqarish uchun kerak. Yangi jamiyat, yangi hayot, yangi tafakkur, qolaversa, butun davlatchilik asoslarini qayta tiklayotgan bir paytda Amir Temur o'zbek xalqiga tog'day tayanch bo'lib xizmat qiladi, uning olijanob ishlari-ga beqiyos safarbarlik ruhi baxsh etadi.
Beshinchidan, Amir Temur qadriyati mamlakatimizning jahon hamjamiyatidan munosib o'rin egallashi, kelgusi avlodlarga ozod va obod Vatan qoldirish uchun kerak.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek, “haqqoniy tarixni bilmasdan turib о‘zlikni anglash mumkin emas”4, shuningdek “о‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yо‘q”5.
Shuning uchun ham mamlakatimiz tumanlari, xo'jaliklari, so'lim ko'chalariga bobokalonimiz Amir Temur nomi berildi.
Toshkent shahrining markazida Amir Temur xiyoboni bunyod etildi. 1993-yilda mazkur xiyobon o'rtasida Sohibqiron Amir Temurga suvoriy haykal o'rnatildi.
Amir Temur faoliyatiga oid turli adabiyotlar nashr etishga kirishildi. «Temur tuzuklari» nashr etildi. «Amir Temur tuzuklarini o'qisam, — degan edi Prezident I.Karimov, — xuddi bugungi zamonning katta-katta muammolariga javob topgan-dek bo'laman».
Bugun biz mustaqillik mohiyatini, uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o'rni hamda xalq turmushidagi beqiyos ahamiyatini ulug' bobokalonimiz sohibqiron Amir Temur orqali yana ham chuqurroq anglamoqdamiz.
Mustaqilligimizning 5 yilligi va Amir Temur tavalludining 660 yillik tantanalari bir-biriga ulanib ketdi. Bu tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishi ajdodlarimizning muqaddas ruhi va bugungi avlod xohish-irodasining mushtarakligidan dalolat beradi. Biroq, bu kunlarga yetib kelish oson bo'lmadi.
Shunisi quvonchliki, YUNESKO Amir Temurning insoniyat tarixidagi ulkan xizmatlarini jahon ahliga tanitishga O'zbekiston hukumati bilan birgalikda jonbozlik ko'rsatdi. Bu, ulug' bobokalonimizning jahon tarixidagi beqiyos nufuzidan dalo­lat bersa, ikkinchidan, millat sha'ni, uning tarixiy shavkatini tiklash yo'lida Prezident I.Karimov sa'yi harakatlarining natijasidir.
1995-yil dekabrda Prezident I.Karimov 1996-yilni Amir Temur yili deb atash to'g'risida Farmon e'lon qildi. «Temur tuzuklari» bir necha tillarda chop etildi. O'sha davr tarixiy madaniy yodgorliklarini tiklab, yozma adabiyotlar ilmiy muomalaga kiritildi. Muqaddas qadamjo — Amir Temur maqbarasi ta'mirlandi. Juda qisqa fursatda, bobokalonimizning dunyoviy sha'ni va shavkatiga mos keladigan Temuriylar davri tarixi muzeyi qurildi.
Amir Temurning san'at va madaniyatga homiyligi, mamlakat obodonchiligi
uchun g'amxo'rligi, insonni tabiatning gultoji sifatida e'zozlashga intilish singari xususiyatlari bugun ham katta qiymatga ega.
Hurfikrlik, fuqarolar ongi va tafakkurida bunyodkorlik, ijodkorlik, istiqbol uchun kurashish tuyg'usini shakllantirish insonparvar jamiyatning oliy fazilatidir. Bu borada ham Sohibqironning sa'yi-harakatlari va tadbirlari biz uchun o'rnakdir.
Bugun O'zbekiston o'z kelajagini aniq va ravshan ko'rib turibdi. Chunki, azaldan ozod bo'lgan, ozodlik va hurriyat gashtini surgan, jahon taraqqiyotiga ulkan ta'sir ko'rsatib kelgan buyuk xalqning irodasi ham, daholik qudrati ham, yaratuv-chilik va bunyodkorlik kuchi ham buyuk bo'ladi. Sohibqiron sabog'i bizni ana shu haqiqatni chuqur idrok etishga o'rgatadi.
Prezident I.Karimov Sohibqiron Amir Temurning 660 yillik yubileyiga bag'ishlangan 1996-yil 24-oktabrda Toshkentda o'tkazilgan xalqaro ilmiy anjumanda shunday dedi:
«Bizning tariximizda Amir Temurday ulug' siymo bor ekan, uning qoldirgan merosi, pandu o'gitlari bugungi hayotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan muammolarni yechishda bizga qo'l kelayotgan ekan, bizning bu merosni o'rganmasdan, ta'riflamasdan, targ'ibot qilmasdan haqqimiz yo'q. Shuning uchun ham mana shu minbardan turib, butun O'zbekiston xalqiga, qolaversa, butun jahon ahliga qarata «Amir Temur bizning faxrimiz, iftixorimiz, g'ururimiz!»,— deb aytsam, o'ylaymanki, xato qilmagan bo'laman».
Shuni alohida ta'kidlash joizki, boy merosimiz milliy mustaqillik tufayli umumbashariyat merosiga aylanmoqda. Bu merosga qiziqib qaragan har bir olim-u fozil qayerda ishlamasin, ichki bir ishtiyoq va kasb taqozosi bilan shu sohadagi yuzlab, minglab hamkasblari bilan o'zaro yaqinlashib boraveradi. Demak, o'zbek tarixi, xususan, Amir Temur siymosi umuminsoniy qadriyatlarga xizmat qiladi. Bundan davlatlar va xalqlar o'rtasida hamkorlik yanada mustahkamlanib boravera­di. Shu ma'noda Sohibqiron yubileyining juda katta siyosiy, tarixiy va ma'naviy ahamiyati bor.
SAMARQAND SANAT OBIDALARI
REJA:
1. GO’RI AMIR MAQBARASI HAQIDA
2. BIBIXONIM JOME MASJIDI TUZILISHI
3. ULUG’BEK MADRASASI TARIXI
Samarqand dunyo taraqqiyotining eng qadimgi va markaziy shaharlaridan biri boʻlib, jahon madaniyati va fani xazinasiga katta hissa qoʻshgan shahardir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati rahbarligida mustaqillik yillari Samarqand shahridagi arxitektura yodgorliklarini tiklash va taʼmirlash, ayniqsa, eski shahar qismini qayta qurish va taʼmirlash, obodonlashtirish boʻyicha katta ishlar amalga oshirildi. Temuriylar sulolasi yaratgan arxitektura yodgorliklariMisrXitoyHindistonGretsiyaItaliya kabi davlatlarda yaratilgan arxitektura obidalaridan aslo qolishmaydi.
Mustaqillik yillarida qaytadan barpo etilgan al Buxoriy, Motrudiy va boshqa tarixiy majmualar tahsinga sazovordir. Samarqand qadimiy Rim bilan tengdoshdir. Uning tarixiy madaniyatining quyi qatlamlari eramizdan avvalgi I ming yilliklarga borib taqaladi. U qadimgi va hozirgi jumboqli Sugʻd davlatining poytaxti Maroqand shahri qoldiqlari bilan tillashadi. Samarqand shahridagi Afrosiyob juda koʻp qonli voqealarni boshidan kechirgan.
XIII asr boshlarida moʻgʻul bosqinchilari Oʻrta Osiyoning tinch hayotiga tajovuz soldi, ular juda koʻplab shaharlarni, sanʼat yodgorliklari va madaniy boyliklarini vayron etdilar. Chingizxon qoʻshinlari tomonidan Afrosiyob yer yuzidan yoʻq qilindi. Uylar va saroylar yondirildi, necha asrlab suv berib turgan suv quvurlari barbod etildi, gullab-yashnab turgan bogʻlar kultepalarga aylantirildi. Biroq shahar oʻlmadi, aksincha, XIV-XV asrga kelib yanada gullab-yashnadi. Bu kunlar buyuk sarkarda Amir TemurningSamarqand shahrini oʻz saltanatining markaziga aylantirishga qaror qilgan davrlarga toʻgʻri keldi. Amir Temur saroyida boʻlgan ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo oʻz bitiklarida Samarqand haqida quyidagilarni yozadi:

Download 201.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling