Mavzu: Ibtidoiy jamoa davri san’ati


Download 201.5 Kb.
bet7/8
Sana10.11.2023
Hajmi201.5 Kb.
#1762500
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mavzu opa

Vobkent minorasi — Buxoro viloyati Vobkent shaxridagi meʼmoriy yodgorlik (12-a.). Oʻn ikki qirrali supa asosga oʻrnatilgan gʻoʻla (quyi qismining diametri 6,19 m, yuqori qisminiki — 2,81 m) shaklida rangdor, pishiq gʻishtlardan qurilgan. Bir paytlar yonida mavjud boʻlgan masjid tomonidan kirib, yuqoriga aylanma zinapoya orqali chiqilgan. Boʻrtma naqshli 10 belbogʻ bilan qismlarga ajratilgan, har bir qismi bir-biriga oʻxshamaydigan qilib gʻisht terib naqshlangan, quyisidagi naqshlar orasida qurilgan yili va qurdirgan shaxs (Sadr Burhoniddin Abdulaziz II) ning nomi kufiy uslubida yozilgan. Minoraning uchi kengaytirilib, qafasa ishlangan (diametri 3,66 m), gʻisht terib ishlangan 10 ravoq orasida 10 darcha hosil qilingan, darchalarning quyisi gʻisht panjara bilan toʻsilgan. Minoraning tashqi koʻrinishi koʻp jihatdan Minorai kalonga oʻxshaydi, lekin muqarnaslari ancha sodda. Minora supasi tuproq ostida qolgan, qurilgan paytida uning bal. 2,3 m boʻlganini arxeologik tadqiqotlar koʻrsatadi. Minoraning umumiy balandligi esa 40,3 m.

XIVA SAN'AT OBIDALARI


REJA:

  1. Juma masjid haqida

  2. Shayx muxtor valiy maqbarasi

  3. Said aloviddin maqbarasi

  4. Shergʻozixon madrasasi

  5. Pahlavon Mahmud majmuasi

Xiva juma masjidi — Xiva (Xorazm)dagi meʼmoriy yodgorlik (10—18-a.lar). Ichan qalʼanmnt markaziy qismida Oma darvoza va Polvon darvozalarnn birlashtiruvchi koʻchada joylashgan. J. m. hakidagi ilk maʼlumot 10-a.da Xorazmga kelgan arab sayyohlari al-Muqaddasiy (Maqdisiy) va al-Istaxriy yozmalarida uchraydi. Manbalarga koʻra, J. m.ning dastlabki binosi buzilib ketgan va oʻrniga Abdurahmon Mehtar buyrugʻiga binoan xuddi shu usulda kattaroq yangi masjid qurilgan (1788). Masjid oʻziga xos tarhi va hajmi bilan ajralib turgan. Bir qavatli boʻlib, atrofi gʻishtin devor bilan oʻralgan. Uning boshqa masjidlardan farqi qad. arab meʼmorligiga xos uslubda (yopiq, koʻp ustunli hamda hovlisiz qilib) qurilganligidadir. Unda ayvonlar bilan oʻralgan hovli ham, ulkan peshtoq ham, gumbazli xonalar ham yoʻq. Xonaqoh ichi shipdagi ikki tuynuk orqali yoritiladi. Tomi yassi, toʻsinli, shipini 212 ustun koʻtarib turadi. Ustunlar 17 qatorli, oraligʻi 3,15×3,15 m. Mehrobi jan. devor markazida joylashgan. Tashqi devorlari oddiy bezaksiz. Bosh tarzidagi eshik yogʻoch oʻymakorligida ishlangan noyob namuna hisoblanadi. Ichki bezaklari sodda ganch suvoq qilingan. Mehrob ravogʻida iroqi muqarnas va koʻk rangli boʻyama naqsh (18-a.ga oid) saqlangan. Ustunlar masjid tuzilishining asosini tashkil etish bilan birga uning badiiy bezagi hamdir. Ular oʻziga xos mutanosiblik va koʻrinishga ega. 212 ustundan 10—14-a.larga oid 25 ustun eng qad.si boʻlib, tuzilishida bir qancha uslub namunalari bor. 10—11-asrlarga oid 4 ustun chuqur boʻrtma naqshli, kufiy xati islimiy naqsh bilan uygʻunlashgan. Unda faqih Abul Fadal Muhammad Laysi farmoni bilan qurilgani yozilgan. 11 — 12-a.larga oid 17 ustun nisbatan sayoz oʻyilgan, undagi handasiy naqshlar oraligʻi uslublashtirilgan, nabotiy shakllar bilan toʻldirilgan, yozuvlari kufiy xatida bitilgan (yaxshi saqlanmagan) 15-a.ga oid 3 ustun islimiy, girih naqshlar va nasx xatida hoshiya qilib terilgan. Bu uslubdagi oʻymakorlik bezaklari mehrob yaqinidagi yogʻoch taxtachalarda va eshik tabaqalarida uchraydi. Ustunlarning birida mil. 1510 y. saqlangan. Ular mehrob yaqinidagi marmar taxtalar bilan bir vaqtda oʻrnatilgan boʻlishi mumkin. Kichik marmar taxtada 1666 y., ikkinchi marmar taxta yozuvidagi vaqfnomada vazir Abdurahmon amri bilan Quyuqtom va Bekobod qishloqlarida masjidga vaqf yerlari ajratilganligi va daromadni xayr-ehsonga hamda masjid zaruriyatiga sarf qilish lozimligi yozilgan (1788—89). Qolgan ustunlar Xorazmdagi turli binolardan yigʻib keltirilgan. Uzunlari masjid qurilishiga moslab qirqilgan, kaltaroqlari murabba shakldagi tosh poyustun ustiga koʻzagi va kallaklar ishlanib oʻrnatilgan. Hamma ustunlar muayyan mujassamot asosida joylashtirilgan. Macjid yonidagi minora 17-a.da qulab tushgan, 18-a.da mayda pishiq gʻishtdan qayta tiklangan. Minora yuqoriga tomon ingichkalashib boradi. Tepasiga sharafa va gʻishtdan dandana xoshiya belbogʻlar ishlangan. J. m. bir necha bor taʼmirlangan. Oxirgi taʼmiri 1990 y.da Xivaning 2500 yilligi arafasida bajarilgan.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Muhammad Rahimhon, Muhammad Raximhon, Muhammad Aminxon, Olloqulixon madrasalari, Said Aloviddin maqbarasi, Pahlavon Mahmud majmuasi mamlakatimizni jahonga tanitgan memorial inshootlar deb aytsak bo’ladi.
Mustaqillik yillarda ushbu tarixiy inshootlarga bo’lgan e’tibor kuchaydi. Ular ta’mirlandi, davlat muhofazasiga olindi. Jumladan 2500 ta me'moriy obida, 2700 tadan ortiq monumental san'at asari davlat muhofazasiga olingan.
Shuningdek, Xivadagi Ichan qal’a YUNESKOning butun jahon me’moriy obidalari safiga kiritildi.


REGISTON MAJMUASI

REJA:

  1. Tarixi


  2. Download 201.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling