Mavzu: Ibtidoiy jamoa davri sanʼatiga umumiy tasnif Reja San’atning kelib chiqishi, mazmuni va mohiyati


Afrikadan topilgan sigirning bo‘rtma tasviri


Download 0.78 Mb.
bet5/8
Sana14.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1005221
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ibtidoiy jamoa tuzumi sanati

Afrikadan topilgan sigirning bo‘rtma tasviri

Ibtidoiy jamoa tuzumi taraqqiyoti bosqichlari.

Paleolit (eramizdan avvalgi 35 - 10 minginchi yillar)

Darhaqiqat, ibtidoiy jamoa tuzumi davri madaniyatining dastlabki rivoji paleolit davriga to’g’ri kelib, buni biz qadimgi tosh asri deb yuritamiz. Bu davrda yuzaga kelgan san'at namunalari Fransiya, Ispaniya, Shimoliy Afrika va Janubiy Osiyo mamlakatlari mavzelariga to’g’ri kelib, ular katta - kichik hajmli haykalchalar, rangtasvir va xalq amaliy san'at namunalaridan iborat. Bu tasvirlar insonning kundalik hayot voqealarini ochib berib, g’orlarda, toshlarda va yer osti uylarda o’z aksini topgan. Endilikda insonning yashash makonlari bo’lib, ular hayvonlarning terilariga yopinib yurishgan.

Paleolit davrining eng gullab yashnagan davri e.a. 20 - 10 minginchi yillarga to’gri keladi. Bu davrda bajarilgan tasvirlar aniq shakllarga ega bo’lib, bora - bora tasvirlar ichidagi bosh tasvir ajaralib turadigan va tasvir bajarilishdagi to’g’ri chiziqlar aniqligi sezilib turadigan holga keladi. Hayvonlar tasvirlari har xil harakatlar bilan yugurayotgan, sakrayotgan holatlarda o’z aksini topgan. Bu yerda musavvir simmetriya qoidalariga bo’ysuna borgan. Endilikda rangtasvirda oddiylikdan murakkab holatlarga ko’chib, tasvirdagi bo’yoqlar o’z tus darajasini goh past, goh kuchaytirib, shakllar esa o’zining asl hajmiga ega bo’la borgan. Mana shunday san’at namunalari Fransiyaning Fon de Gom g’orlarida, Ispaniyaning Altamir tog’ining shiftlarida uchraydi. Bu yerda ibtidoiy insonni hayvonlarning faqat tashqi qiyofasigina emas, balki uni harakatlari ham qiziqtirganligini guvohi bo’lamiz. Turli xil yechimdagi bir xil mavzular mahorat bilan bajarilgan. Masalan: qo’rquvdagi, yugurayotgan, dam olayotgan, yaralangan va hujumga tayyorlanayotgan bizonlar suratini yoki ehtiyotkor bug’ular tasvirini ko’rish mumkin. Masalan: "Yaralangan bizon" Altamir tog’laridagi suratdan. Oldingi tosh asri "Bug’ular podasi". Limeyli tog’laridagi toshlardagi surat oldingi tosh asri.


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling