Mavzu: Ibtidoiy madaniyat


Download 249.74 Kb.
bet2/3
Sana14.03.2023
Hajmi249.74 Kb.
#1267808
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
15. ibtidoiy madaniyat

Ibtidoiy san'at.
San'at ijtimoiy ong shakillaridan biri bo`lib ibtidoiy jamiyat tarixining tongida emas, balki ancha keyinroq vujudga kelgan, degan fikr keng tarqalgan.
Lekin ibtidoiy san'atning kelib chiqishi masalasi haqida olimlar orasida kuchli tortishuvlar mavjuddir. Olimlarning bir guruhi san'atni dinga, afsungarlikka va totolizimga bohlaydilar. Olimlarning boshqa bir guruhi «san'at uchun» degan mantiqsiz nazariyaga yopishib olib, san'atni kishilik jamiyati hayotidan ajratib qo`yishga urindilar va urinmoqdalar. Ibtidoiy san'at va uning kelib chiqishini tushunishida. G. V. Plexanovning «Adressiz xat» maqolasi muxim axamiyatga egadir. Keyingi vaqtda yer kurrasining turli joylaridan kishilikning ibtidoiy davriga mansub bo`lgan ko`pgina san'at obidalari topildi. Ilg’or fikrli olimlar ibtidoiy san'atning barcha turlari o`z moxiyati va mazmuni bilan shak-shubxasiz insonning mehnat faoliyati bilan uning izchil tafakkuri, kayfiyati va fikr-muloxazasi bilan bohliq ekanligini ta'kidlaydilar. Ibtidoiy san'atning vujudga kelishini o`ziga xos shart-sharoiti bo`lib, ibtidoiy kishilarning ongi ma'lum darajaga yeta boshlagach vujudga kela boshlagan. Ibtidoiy san'at to`satdan, birdaniga vujudga kelmagan albatta. U mehnat jarayonida vujudga keldi va rivojlanib kamol topdi.



Million, necha yuz ming yillar davomida ibtidoiy insonning ongi tafakkuri mehnatda bo`lgan munosabati, malakasi rivoj topdi va o`zgardi. Bu hol o`z-o`zidan ibtidoiy san'atning vujudga kelishi uchun zamin xozirlagan edi. San'atning vujudga kelishi kishilik madaniyati tarixida olha tashlagan katta qadam edi.
Arxeologik qazilmalardan shu narsa-ayonki kishilikning ibtidoiy to`da davrida san'at, din va ma'naviy-madaniyat mavjud bo`lmagan.
Ma'naviy madaniy, uning bir turi hisoblangan san'at kishilik jamiyatning ancha keyingi bosqichida urug’chilik tuzumining shakillana boshlagan. Chunki bu vaqtga kelib odamlar tafakkur, til, atrofni bilish, narsalarni farqlash, qurol ishlash, uy-ro`zg’or buyumlarini tayyorlashda ma'lum darajada muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ibtidoiy san'at hazirgi zamon kishisiga oddiy ko`rinadi. Lekin ibtidoiy inson tomonidan yaratilgan ilk san'at ko`p qirrali bo`lib, tosh, loydan ishlangan odam xayvon xaykalchalar oxra bilan chizilgan rasmlar, toshga, suyakka va boshqa buyumlarga, o`yib chizilgan xilma-xil rasmlar ibtidoiy san'atning eng dastlabki namunalari xisoblanadi. Bu jihatdan qora, qizil, sariq, yashil bo`yoqlar bilan chizilgan mamont, yovvoyi ot, arslon, fil, bug’i, yovvoyi echki, karkidon yovvoyi sigir, buqa to`ng’iz kabi boshqa yovvoyi xayvon va narsalarning tasvirlari ayniqsa diqqatga sazovordir.
Tosh asrining so`nggi bosqichlarida, ayniqsa mezolit (o`rta tosh asri) davrida ishlangan ibtidoiy tasviriy san'atning Altamira, Nio, Uch barodari, Pinedel, Saxro Kabir, Kapova g’ori, Lena, Yenisey, Ob, Amur, Alyaska, Saxalin, Muhuliston, O`zbekistondagi Zarautsoy, Tojikistondagi Shaxta g’ori, Bittik chashma, qirhizistondagi Sari-jaz va yer yuzining turli joylaridan topilgan boshqa namunalar ayniqsa diqqatga sazovordir. Ibtidoiy davrda oxaktosh, mergel kabi yumshoq toshlardan ba'zan ayol va erkaklarning tasvirlarini ishlash odat bo`lgan. Yer yuzining turli joylaridan, xususan sobiq SSSR dagi Gagarino, Kostyonka, Malta va boshqa yerlaridan topilgan xaykallar shular jumlasiga kiradi. Ayollarning tasviri ayniqsa realistik tarzda bo`lib, ularning onalik va jinsiy bulgilari ayniqsa bo`rttirib ko`rsatilgan. Lekin tosh asridagi rassomlardan ko`p narsa kutib bo`lmas edi albatta. U davrda ishlangan qoya tosh suratlari odam xaykalchalari o`zining saddaligi bilan ajralib turardi. Lekin ijodiyotning eng dastlabki ilk namunasi va tasviriy san'at sohasidagi dastlabki qadam edi. Uning madaniy-tarixiy ahamiyatga ham shunda edi.
Bu xol keyingi davr tasviriy san'ati uchun dastlabki poydevor toshi xisoblanadi.
qo`shiq ertak, muzika, maqol va xalq ijodiyotining boshqa turlari ibtidoiy san'atning ajralmas qismini tashkil qiladi. qo`shiq ertak, maqol, matal va boshqalarning vujudga kelishi ham kishilikning ibtidoiy davriga borib taqaladi.
San'atning xilma-xil turlari singari xususan muzika ham mehnat jarayonida vujudga kelganligi shak-shubhasizdir. XIX asrning oxirlarida yashagan nemis Karl Byuxer muzika mehnat jarayonida paydo bo`lgan, degan nazariya yaratdi.
Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san’at, xususan, g‘orlarning devorlariga turli tasvirlar chizish so‘nggi paleolit davriga oiddir (Ispaniya, Altamir g‘ori). O‘rta Osiyoda ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo bo‘ladi. Neolit davriga kelib esa rivojlangan bosqichga ko‘tariladi. Kaltaminor, Hisor, ayniqsa Joytun madaniyatiga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’atning turli namunalari topilgan. O‘rta Osiyoning tog‘lik hududlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga ko‘ra ikki xil. Bir xillari bo‘yoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa urib-o‘yib ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan (petrogliflar) rasmlardir.
O‘zbekistondagi qoyatosh rasmlarning eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Ko‘ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabilar bo‘lib, ular yuzdan ziyoddir. Bu yerdagi qoyatoshlarda O‘zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami vakillarining rasmlarini kuzatish mumkin. Ular ibtidoiy buqalar, sherlar va yo‘lbarslar, qoplon, tulki va bo‘rilar, bug‘u va jayron kabilardir. Rasmlar orasida o‘q-yoy, uzun qilich, xanjar, dubulg‘a, qopqon kabi narsalar ham ko‘pchilikni tashkil etadi.
Eng qadimgi rasmlar Zarautsoy (Surxondaryo) bo‘lib, bu rasmlar mezolit-neolit, ya’ni mil avv. VIII-IV ming yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali o‘sha davr odamlarining ov, mehnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz mumkin. Shuningdek, qoyatosh rasmlar qadimgi avlodlarimizning g‘oyaviy qarashlari va diniy e’tiqodlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
Shuni ta’kidlash joizki, ibtidoiy san’atning eng rivojlangan bosqichi neolit davriga oiddir. Bu davr Joytun, Kaltaminor va Hisor madaniyatlariga mansub yod-gorliklardan ibtidoiy san’atning juda ko‘plab namunalari topilgan. Neolit davri odamlari idishlarga har xil rangdagi bo‘yoq bilan turli naqshlar, odam va hayvon tasvirlarini ifoda etganlar. Shu bilan birga loydan yasalib, pishirilgan ayol haykalchalari neolit davri san’atining nodir namunalari hisoblanadi.






Download 249.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling