Mavzu: «Ichki yonuv dvigatellarini sinashda ishlatiladigan jihozlar va asboblar»


Sinashda ishlatiladigan jihozlar, tekshirish-o’lchash asboblari va ularga qo’yiladigan asosiy talablar


Download 363.89 Kb.
bet2/6
Sana07.08.2020
Hajmi363.89 Kb.
#125704
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-laboratoriya



2. Sinashda ishlatiladigan jihozlar, tekshirish-o’lchash asboblari va ularga qo’yiladigan asosiy talablar

Dvigatelni sinash uchun jihoz quyma asosga qotiriladi va dvigatelni o’rnatish va qotirish qurilmasidan; tormozlash qurilmasidan; ulash elementlaridan; havoni, yonilg’ini uzatish va o’lchash tizimlaridan; sovitish suyuqligini berish va chiqarish tizimlaridan; ishlatilgan gazlarni chiqarish qurilmasidan; boshqarish tizimidan; o’lchash tizimlari va boshqalardan tuzilgan bo’ladi.



2.1. Dvigatelni o’rnatish qurilmasi-plitalar va unga o’rnatilgan dvigatelni qotirish uchun harakatlanuvchi kronshteynli ustunlardan tuzilgan. Harakatlanuvchi kronshteynlar plitalar tekisligidan tirsakli val o’qigacha bo’lgan kerakli o’lchamlarni saqlash uchun dvigatelni pastga va yuqoriga siljitib o’rnatish imkoniyatini beradi.

2.2. Tormozlash qurilmalari-avtomobilni ekspluatag’iya qilishda dvigatelga tushadigan yuklanishlar tranmissiya orqali uzatiladi va yukni og’irligiga, yo’lni profiliga, harakatlanish tezligiga hamda bir qator boshqa omillarga bog’liq bo’ladi.

Ichki yonuv dvigatellarini sinashda yuklanish tormoz deb ataladigan qurilma yordamida sun’iy ravishda hosil qilinadi va dvigatel tirsakli valining berilgan aylanishlar chastotasida erishgan burovchi momentini (Mk) o’lchash imkoniyatini beradi. Dvigatel validan olingan va tashqi qarshilikdan (tormozlashdan) so’ndiriladigan effektiv quvvat (Ne), dvigatel tirsakli valini berilgan aylanishlar chastotasida erishgan burovchi momentini (Mk) o’lchash yo’li bilan aniqlanadi.


(kVt) (1)

(kVt) (2)

(kVt) (3)

(kVt) (4)
Tormozlash qurilmalari quyidagi turlarga bo’linadi:

a) mexanik tormozlar-dvigatel erishgan mexanik energiyaning ishqalanish kuchlarining ishi hisobiga so’ndiradi (1-rasm).

1-rasm. Oddiy tormozning pring’ipial sxemasi.


Download 363.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling