Mavzu: «Ichki yonuv dvigatellarini sinashda ishlatiladigan jihozlar va asboblar»


Download 363.89 Kb.
bet6/6
Sana07.08.2020
Hajmi363.89 Kb.
#125704
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-laboratoriya


2.7. Havo sarfini o’lchash
To’ldirish koeffitsenti, havoning ortiqlik va boshqa bir qator parametrlarini aniqlash IYoD har xil ish rejimlarida ishlaganda havoning sarfini o’lchash kerakligida paydo bo’ladi.

Havoning sarfini to’g’ridan-to’g’ri o’lchovli qurilmadan o’tayotgan miqdorni o’lchash bilan aniqlash mumkin, masalan gaz hisoblagich bilan, yoki bilvosita yo’l bilan, har xil oqimlarni o’lchash orqali keyinchalik formulalar yordamida hisoblash orqali aniqlanadi.



Rotag’ion gaz hisoblagich orqali havo sarfini o’lchashning oddiy usulini ko’rib chiqamiz. Uning pring’ipial sxemasi 2.13-rasmda ko’rsatilgan. IYoD so’ruvchi trubasidagi yo’lda siyraklanish natijasida, hisoblagich 3 ni korpusi ichida joylashgan rotorlar-porshenlar aylanadi va har bir aylanish bo’yicha V aniqlangan hajmda havo o’lchanadi. Ko’rsatilgan hajm aniq, rotorni aylanishini esa hisoblagich yozib boradi. Rotorni aylanishlar chastotasini impulsli hisoblagich yordamida ham yozib boriladi va u o’lchov asbobining umumiy blokiga chiqarilgan. Bosimni pulsag’iyalarini tekislash uchun resiver 2 ning tag qismida rezinali diafragma 1 o’rnatiladi.

13-rasm. Havo sarfini o’lchash sxemasi


Bu holda havoning soatbay sarfi quyidagi formula bilan topilishi mumkin:
, (8)
Gv - havoning soatbay sarfi, kgG’g;

Gv - dvigatelni havo sarfini tanlangan dozasi, m3;

 - o’lchash vaqti, s;

v - havoning zichligi, kgG’m3.


Havoning zichligini aniqlash formulasi:
, (9)
Bu erda: v - havoning zichligi, kgG’m3;

R - atrof muhit bosimi, mm sim.ust.;

t - atrof muhit harorati, oS.
2.8. Gaz yonilg’ining sarfini o’lchash
Gaz shaklidagi yonilg’ining sarfini o’lchash (tabiiy gaz) havoning sarfini o’lchash kabi bir xildir. Bunda kam o’tkazish xususiyatiga ega bo’lgan radiag’ion gaz hisoblagichlari ishlatiladi.

U holda gazning soatbay sarfi quyidagicha aniqlanadi:


, (10)

Bu erda: Gg - gazning soatbay sarfi, m3G’s;

Gg - gazning sarfini tanlangan dozasi, m3;

- tanlangan dozani sarflanishiga ketgan vaqt, s.


2.9. Yonilg’ini purkash yoki o’t oldirishni ilgarilatish burchagini o’lchash
Yonilg’ini purkash yoki o’t oldirishni ilgarilatish burchagini o’lchash uchun dvigatelda o’rnatilgan ikkita datchikdan iborat impulslarni o’zgartirib beruvchi elektron asbob qo’llaniladi. Birinchi datchik porshen YuChNdan o’tgan momentda asbobga signal beradi. Ikkinchi datchik o’t oldirish g’altagida yuqori voltli impuls hosil bo’lganda va uzgichning kontakti uzilgan momentida (uchqundan o’t oldiriladigan IYoD uchun) yoki forsunkaning ignasi ko’tarilgan momentda (dizellar uchun) asbobga signal beradi. Impulsni vaqt bo’yicha ilgarilatish uchqunli datchikdan yoki YuChN datchikka nisbatan ignaning ko’tarilishi sxemani tuzuvchi yordamida yuqori chastotali impulslarda o’zgaradi va bo’luvchiga tushadi, YuChNda sinxron chastotali impuls bilan va undan keyin indikag’iya blokiga o’tadi, o’t oldirishni ilgarilatish burchagini yoki yonilg’ini purkashni tirsakli valning burilish gradusi bo’yicha ko’rsatadi.

2.10. Ishlatilgan gazlarning zaharliligini o’lchash
a) SO tarkibini aniqlash

SO tarkibini aniqlashda har xil asboblar qo’llaniladi: I-SO, Elkon S-100 (Vengriya), OA-2109, GAI-1, INFRALIT-21 (Germaniya).


b) SN, NOx tarkibini aniqlash

Hozirgi vaqtda SN, NOx tarkibini aniqlashda asosan chet davlatlarda ishlab chiqarilgan asboblardan foydalaniladi, masalan «RIKEN» R1-503A, Bekman (SShA), «Xoriba» (Yaponiya) va boshqalar.


v) Qurumni aniqlash

Dizellarning ishlatilgan gazlarida qurumni aniqlash «Xortridj» (Angliya), RDM-4 (Germaniya), DM-2 (Chexoslovakiya), K-408 va SIDA -107 (Rossiya) tutun o’lchagichlar yordamida bajariladi, ish usuli ishlatilgan gazlarni bo’ylama nur bilan tekshirish va «Merlin» (Angliya), «Volvo» (Shveg’iya), «Utak» (Frang’iya), M-2 (Yaponiya), SIDA-106 va «Atlas» (Rossiya), ish usuli ishlatilgan gazlarni ko’ndalang nur bilan tekshirishga asoslangan. Bundan tashqari nur qaytargich usulida ishlovchi kong’entrag’iyalangan qurumni filtrlangan qog’ozda cho’kishidan aniqlaydigan qurum o’lchagichlar bor, masalan, «Bosh» (Germaniya), «Banzay» (Yaponiya).


2.11. Yordamchi qurilmalar
a) IYoD sovitish tizimi

IYoD sovitish tizimining pring’ipial sxemasi 2.14-rasmda ko’rsatilgan.



2.14-rasm. IYoD sovitish tizimining pring’ipial sxemasi


IYoD sovitish tizimida haroratni bir me’yorda ushlab turish termostat 1 yordamida amalga oshiriladi, u dvigatel 2 ga sovuq suvning kirishiga yo’l ochadi va shu bilan bir vaqtda qaynoq suvning quyilishini ta’minlaydi. Sinov o’tkazishdan oldin kran 3 yordamida suv to’ldiriladi.
b) Ishlatilgan gazlarni chiqarish tizimi

Ishlatilgan gazlarni chiqarish tizimi trubali o’tkazgich, so’ndirgichli resiver va gazlarni neytrallash qurilmasidan tashkil topgan. Ishlatilgan gazlarni chiqarish tizimidagi gidravlik qarshilik 300-400 mm.suv.ust. oshmasligi kerak.


2.12.Dvigatellarda sinov o’tkazishni tashkil etish va olingan

natijalarni ishlab chiqish
a) Laboratoriya ishlarini o’tkazish tartibi

Dvigatellarda sinov o’tkazishdan oldin talabalar sinov stendining tuzilishi bilan tanishib, dvigatelning har xil ko’rsatkichlarini o’lchash uchun asboblarning ishlash usullari va pring’iplari, sinaladigan dvigatellarning texnik harakteristika-larini va dvigatellarni sinashda texnika xavfsizligi bilan tanishib chiqishlari kerak.

Har bir laboratoriya ishi talabalarning nazariy tayyorligini va ularning bo’ladigan ishga mustaqil tayyorlanganligini tekshirishini; o’qituvchi tomonidan ishning o’ziga xos tomonlarini va maqsadini qisqacha tushintirishini; stendda dvigatelni sinash-talabalarning xarakteristika olishini; sinov natijalarini hisoblab, sinov bayonnomasini rasmiylashtirish va kerakli grafiklarni qurib ishlab chiqishni; o’qituvchiga rasmiylashtirilgan ishlarni topshirishni o’z ichiga oladi.

Laboratoriya ishlarini bajarish uchun har bir akademik guruh ikkita guruhchaga bo’linadi. Sinov boksida talabalar sinov stendining o’lchov uchastkalariga taqsimlanadi va o’sha uchastkadagi asboblar, o’lchanadigan parametrlar, asbobning bo’linish qiymatlari, o’lchanadigan ko’rsatkichlarni va boshqalarning mumkin bo’lgan chegaralari bilan tanishadilar.

Har bir talaba xarakteristikalarni olish jarayonida alohida qog’ozga o’ziga topshirilgan asbobning ko’rsatkichlarining o’lchov raqamini ko’rsatgan holda yozib borishi shart. Bunda asosiy masala shundan iboratki, faqatgina yozib borish emas, balki bir vaqtda o’tkazilayotgan sinovning borishini va olinayotgan joriy natijalarni tushinib borishi, ya’ni o’qituvchi yordamida yana o’lchash jarayoni davrida shu xarakteristikani aniqlash uslubini bilib, o’lchanayotgan ko’rsatkichlarning o’zgarishini qarab tushinib o’rganib olishdir.
b) Sinov natijalarini hisoblab chiqish

1. Dvigatelning samarali quvvati ko’rsatilgan formulaga muvofiq hisoblanadi 2.2, 2.3, 2.4.

2. Suyuq yonilg’ining soatbay sarfi ko’rsatilgan formulaga muvofiq hisoblanadi 2.5 yoki 2.6.

3. Havoning va gaz shaklidagi yonilg’ining (tabiiy gaz) soatbay sarfi ko’rsatilgan formulaga muvofiq hisoblanadi 2.7 va 2.8.



4. Suyuq (gazli) yonilg’ining solishtirma sarfi kgG’kVt.s (m3G’kVt.s) quyidagicha aniqlanadi:
yoki , (11)
5. Havoning ortiqlilik koeffitsenti quyidagicha aniqlanadi:
yoki , (12)
bu erda: Lo q 14,9 kgG’kg benzin uchun;

Lo q 14,3 kgG’kg dizel yonilg’isi uchun;

Lo q 9,53 m3G’ m3 metan gazi uchun.

6. Dvigatelning to’ldirish koeffitsenti quyidagicha aniqlanadi:



(13)
bu erda: Gv - havoning soatbay sarfi, kgG’s;

Vh - dvigatelning ish hajmi, l ;

n - dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi, min-1;

v - havoning zichligi, kgG’m3.



Izoh: G’1...3G’ talabga muvofiq olingan natijalar Mk, Ne standart atmosfera sharoitiga keltiriladi. Buning uchun to’g’rilovchi koeffitsent quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
(14)
Bu erda: Ro q 100 kPa (750 mm.sim.ust.) havoning standart atmosfera bosimi;

R - havoning o’lchangan bosimi;

Rvp- havodagi suv bug’ining bosimi;

To q 298K (Q25 oS) havoning standart harorati;



T - havoning o’lchangan harorati.
Suv bug’ining bosimi Rvp havoning namlik nisbatidan va ho’l va quruq termometrlar haroratlarining farqi Tdan kelib chiqib aniqlanadi:
, (15)
, (16)
v) Dvigatellarda sinov o’tkazishda texnika xavfsizligi

Dvigatellarni sinash yuqori xavfli manba bilan bog’liq bo’lib, yonilg’i va moylash mahsulotlarini alangalanib yonishi mumkin; dvigatelning o’t oldirish tizimidagi kuchlanish va elektrotormoz ta’minlash tizimida tok bilan urish xavfi; ishlatilgan gazlarda yonish mahsulotlarining zaharlarining bo’lishi; dvigatel va tormoz detallarining aylanishi; dvigatelning chiqarish va sovitish tizimlaridagi trubalarning qaynoq bo’lishi.

Dvigatellarni sinash yuqori xavfga ega bo’lgani uchun xonaga va boksdagi asbob-uskunalarga texnika xavfsizligi bo’yicha maxsus qoidalarga bog’liq holda yuqori talablar ko’rsatiladi.

Dvigatellarni sinashda talabalarning xavfsizligini ta’minlash va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida ular texnika xavfsizligidan yo’riqnomadan o’tishlari shart.

Yo’riqnoma birinchi laboratoriya darsida laboratoriyadagi asbob-uskunalar bilan tanishayotganda maxsus jurnalga qayd qilinib olib boriladi.

Hamma talabalar texnika xavfsizligi bo’yicha, dvigatellarni sinashning o’ziga xosligi va maxsus asbob-uskuna to’g’risidagi quyidagi qoidalarni bajarishga majburdirlar:


  1. Boksdagi xonada talabalar soni o’rnatilgan dvigatellardan ko’p bo’lmasligi kerak.

2. Sinov o’tkazilayotgan vaqtda talabalar o’z ish o’rinlarida bo’lishlari shart.

3. Asboblarni o’z holicha yoqish, tugmani bosib ishga tushirish, qo’lda burab sozlovchi organni va stendni hamma tok o’tkazilgan joylariga tegish ta’qiqlanadi.

4. Agar yonilg’ini idishdan va sarfni o’lchaydigan qurilmadan va dvigatelning yonilg’i tizimidan oqayotganini bilib qolganingizda tezlik bilan bu haqda o’qituvchiga yoki o’qitish xodimiga xabar berish kerak.

5. Agar yong’in chiqib qolsa, shu zahoti uni o’chirish chorasini ko’rish kerak, bunda boksdagi yong’inga qarshi vositalardan foydalanish zarur.

6. Dvigatel qizib turganda va u ishlayotgan vaqtda unga tegish qat’iyan man qilinadi:


    • hamma qizil rangga bo’yalgan trubali o’tkazgichlarga (masalan, sovitish tizimidagi trubali o’tkazgichlarga);

    • dvigatelni o’t oldirish tizimidagi yuqori kuchlanishli simlariga.

7. Dvigatel indikatorining aylanuvchi detallarini kuzatish, ularning bir-biriga tegishiga yo’l qo’ymaslik.

8. Engil jarohatlanganda (kuyganda, urilganda, kesilganda) shu zahoti boksdagi tibbiyot vositalaridan foydalanishi zarur.

9. Laboratoriya xonasida va unga tutash koridorlarda chekish qat’iyan man qilinadi.
g) Stendda dvigatellarda sinov o’tkazish uslubining umumiy holati va hisobotni rasmiylashtirish
1. Stenddagi sinov uslubi, tartibi, hajmi G’1, 2G’ talabiga mos bo’lishi kerak.

2. Sinovni boshlashdan oldin stendning va dvigatelning holati tekshirishdan o’tkaziladi, undan keyin dvigatel qizdiriladi.

3.Rahbarning signali bo’yicha o’lchash bajariladi.

4. Sinov tugagandan keyin hamma o’lchash uchastkalarida asboblardan olingan ko’rsatkichlarni o’rnatilgan shaklda protokolni mos katagiga yoziladi. Sinov natijalarini ishlab chiqayotganda hamma hisob-kitoblar uchta son aniqlikda bajarilishi shart va protokolning mos katagiga kiritiladi. Sinov protokolini o’lchov natijalari va hisobi bo’yicha to’ldirilgandan keyin grafigini qurish kerak.

4.1. Grafiklarni qurish uchun GOST 3450-60 bo’yicha A11 formatdagi 296x210mm li millimetrovka qog’ozidan chekkalarida joy qoldirib ramkalarini qilib foydalaniladi. Ko’rsatiladigan masshtabni kattaligi GOST 3451-59 ga mos holda 2, 5, 10, 100 karrali qilib tanlanadi, bunda grafikni bir xilda joylashishga bog’liqligi va tadqiqot jarayonini eng yaxshi ko’rinishini hisobga olinadi. har bir laboratoriya ishi uchun o’zaro- joylashish namunaviy grafik ko’rinishida amalga oshiriladi. Grafik bo’yicha oraliq qiymatlarni topish uchun koordinata o’qida har bir bog’liqlik uchun uni o’lchovi va parametrini belgilanishi bilan bir xil masshtabda shkala qo’yiladi.

Grafikdagi eksperiment nuqtalari to’g’ridan - to’g’ri o’lchov natijalarida olingan yoki asosiy tadqiqot parametrining nuqtalari , Mk. SO, n va boshqalarni egri chizig’i lekala bo’yicha bir tekisda qilib ustidan bo’yab chiqiladi. Egri chiziq o’tkazilgan o’lchashlarni to’g’rilashi va haqiqiy jarayonni o’tishini ko’rsatishi, shuning uchun eksperimentdagi o’lchov nuqtalari berilgan rejimdan og’ishi va o’lchashdagi ba’zi xatolar natijasida, egri chiziq ustida yoki uni yonida yotishi mumkin. α , ge , Ne va boshq.. kattaliklarni hisoblayotgan-da mos formulalarga ularning koordinata nuqtalari bo’yicha olingan, egri chiziqqa to’g’rilangan , oldin o’lchov natijalari bo’yicha qurilgan, o’lchangan qiymatlari qo’yiladi. Bu holda egri chiziqdagi kattalik miqdori qandaydir belgi bilan ajratilmaydi.



4.2. Ish bo’yicha hisobot topshirish uchun talaba to’ldirilgan sinov protokolini, qurilgan grafiklarni (1-ishdan tashqari) va bajarilgan laboratoriya ishi bo’yicha savollarga javob berishi kerak.

Oldin o’tilgan laboratoriya ishini rasmiylashtirmagan (protokolini to’ldirmagan va grafiklarini chizmagan) talaba keyingi ishni bajarishga qo’yilmaydi.
Download 363.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling