Mavzu: idrok illyuziyalari reja idrok haqida tushuncha. Nerv-fiziologik asoslari, xususiyatlari va qonuniyatlari
Download 13.78 Kb.
|
Mavzu idrok illyuziyalari reja idrok haqida tushuncha. Nerv-fiz-muhaz.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: IDROK ILLYUZIYALARI
Mavzu: idrok illyuziyalari reja idrok haqida tushuncha. Nerv-fiziologik asoslari, xususiyatlari va qonuniyatlari Termiz Iqtisodiyot va Servis Universiteti pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti Boshlang’ich (sirtqi) ta’lim yo’nalishining 1- kurs 17 – 22 guruh talabasi Odilova fotima Umumiy psixologiya fanidan Qabul qildi:_________________________ Tayyorlangan taqdimotiMavzu: IDROK ILLYUZIYALARIREJA1. Idrok haqida tushuncha. Nerv-fiziologik asoslari, xususiyatlari va qonuniyatlari.2. Idrokning asosiy xossalari va turlari.3. Idrokda predmet va fon, yaxlit va xususiy o‘zaro munosabatlarTAYANCH TUSHUNCHALAR:TAYANCH TUSHUNCHALAR: Idrok- sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etib turgan narsa-hodisalar obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettirilishi. Kuzatuvchanlik -kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyati. Appersepsiya – idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivasiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman ruhiy hayotining barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Ma’lumotlarni sxema bo‘yicha pastdan - yuqoriga qayta ishlash. Sensor retseptorlaridan boshlanadigan analiz, miyaga o‘suvchi yo‘nalishda xarakat qiladi va sensor ma’luotlarni izoxlaydi. Ma’lumotlarni sxema bo‘yicha yuqoridan – pastga qayta ishlash. Qachonki bizni tasavvurlarimiz kutilayotgan narsalar va tajribamiz vujudga kelganda, aqliy jarayonlarimiz ma’lumotlarini judayam yuqori darajada qayta ishlanadi. Psixofizika - Intensivlik va psixoldogik qobiliyat va uni idrok qilish bilan qo‘zg‘atuvchining fizik xususiyatini o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish. Absolyut chegara - Biron bir qo‘zg‘atuvchini namoyon qilish muhim bo‘lgan, quyi qo‘zg‘atuvchi. Ko‘zlar va qo‘llar harakatida umumiylik mavjudligini ta’kidlash lozim. Ko‘zlar, qo‘llar kabi surat va jism shakllarini «paypaslagandek» ketma-ket kuzatib chiqadi. Ko‘zlar harakati turli-tuman bo‘lib, ko‘pchilik vazifalarni bajaradi. Ko‘rish idrokida ko‘zlarning mikro- va makroharakatlari alohida o‘rin tutadi. Agar odam harakatsiz jismning qandaydir nuqtasiga tikilib tursa, u holda unda sub’ektiv ravishda bu nuqtani harakatsiz nigohi bilan qayd etayotganidek tasavvur paydo bo‘ladi. Haqiqatda esa ko‘rish idroki inson uchun ixtiyorsiz va sezilarsiz mikroharakatlar bilan birgalikda kechadi. SHunday qilib, jismni idrok qilish imkoniyati idrok jarayonida motorli tarkibiy qismning ishtiroki bilan belgilangan.Ko‘zlar va qo‘llar harakatida umumiylik mavjudligini ta’kidlash lozim. Ko‘zlar, qo‘llar kabi surat va jism shakllarini «paypaslagandek» ketma-ket kuzatib chiqadi. Ko‘zlar harakati turli-tuman bo‘lib, ko‘pchilik vazifalarni bajaradi. Ko‘rish idrokida ko‘zlarning mikro- va makroharakatlari alohida o‘rin tutadi. Agar odam harakatsiz jismning qandaydir nuqtasiga tikilib tursa, u holda unda sub’ektiv ravishda bu nuqtani harakatsiz nigohi bilan qayd etayotganidek tasavvur paydo bo‘ladi. Haqiqatda esa ko‘rish idroki inson uchun ixtiyorsiz va sezilarsiz mikroharakatlar bilan birgalikda kechadi. SHunday qilib, jismni idrok qilish imkoniyati idrok jarayonida motorli tarkibiy qismning ishtiroki bilan belgilangan. Idrokning boshqa xossasi uning yaxlitligidir. Jismning alohida xossalarini aks ettiruvchi sezgilardan farqli ravishda, idrok jismning yaxlit obrazini yaratadi. Sezgining tarkibiy qismlari o‘zaro shu darajada mahkam bog‘langanki, jismning yagona murakkab obrazi odamga ob’ektning alohida xossalari yoki alohida qismlari bevosita ta’sir ko‘rsatganida ham hosil bo‘ladi. Idrokning yaxlitligi, hatto, idrok etilayotgan ob’ektning alohida xossalari chala aks ettirilganida ham qabul qilingan axborot xayolan aniq jismning yaxlit obrazi holatiga etkazilishi bilan ifodalanadi.[2] Idrokning yaxlitligi uning strukturaviyligi bilan bog‘liq. Ushbu xossa ko‘pchilik hollarda idrokning daqiqali sezgilarimizning proeksiyasi va ularning oddiy yig‘indisi emasligidan iborat bo‘ladi. Bizlar bu sezgilardan ajratib olingan, bir muncha vaqt davomida shakllanadigan umumiy tuzilishni idrok etamiz. Masalan, agar odam biror-bir kuyni tinglayotgan bo‘lsa, yangi nota jaranglashi haqida axborot etkazilguniga qadar uning ongida avval tinglangan kuyning notalari jaranglayveradi. Odatda, tinglovchi kuyni tushunib etadi, ya’ni, uning tuzilishini yaxlitligicha idrok etadi. SHunday qilib, idrok ongimizga biz real olamda duch kelgan jism yoki hodisaning tuzilishini etkazib beradi. Download 13.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling