Mavzu: idrok illyuziyalari reja idrok haqida tushuncha. Nerv-fiziologik asoslari, xususiyatlari va qonuniyatlari


Download 13.78 Kb.
bet2/4
Sana17.11.2023
Hajmi13.78 Kb.
#1783252
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu idrok illyuziyalari reja idrok haqida tushuncha. Nerv-fiz-muhaz.org

Jismlar shakli idroki konstantligi jismlar holatining kuzatuvchi nigohi chizig‘iga nisbatan o‘zgarishi sharoitida idrokning nisbiy o‘zgarmasligidan iborat. Ko‘zlarga nisbatan jism holatining har bir o‘zgarishida uning to‘r pardadagi tasvirining shakli o‘zgaradi (masalan, jismga to‘g‘ri, yon, orqa tomondan qarash mumkin va h.k.). Lekin ko‘zlarning, bizga avvalgi tajribadan ma’lum bo‘lgan jismlar shakli va chiziqlariga xos bo‘lgan uyg‘unliklarni ajratish bo‘yicha harakatlari tufayli idrok etilayotgan jism shakli biz uchun doimiy bo‘lib qoladi.


  • Jismlar shakli idroki konstantligi jismlar holatining kuzatuvchi nigohi chizig‘iga nisbatan o‘zgarishi sharoitida idrokning nisbiy o‘zgarmasligidan iborat. Ko‘zlarga nisbatan jism holatining har bir o‘zgarishida uning to‘r pardadagi tasvirining shakli o‘zgaradi (masalan, jismga to‘g‘ri, yon, orqa tomondan qarash mumkin va h.k.). Lekin ko‘zlarning, bizga avvalgi tajribadan ma’lum bo‘lgan jismlar shakli va chiziqlariga xos bo‘lgan uyg‘unliklarni ajratish bo‘yicha harakatlari tufayli idrok etilayotgan jism shakli biz uchun doimiy bo‘lib qoladi.

  • Idrok konstantligi manbai bo‘lib perseptiv tizimning faol harakatlari xizmat qiladi. Aynan o‘sha jismlarning turli sharoitlarda ko‘p martalab idrok etilishi perseptiv obrazlarning o‘zgaruvchan sharoitlarga nisbatan doimiyligi (invariantlik, o‘zgarmas tuzilish)ni, shuningdek, retseptor apparatining harakatlarini ta’minlaydi.

  • Idrokning xususiyatlari insonning barcha orttirilgan amaliy va hayotiy tajribasi bilan belgilanadi, chunki idrok jarayoni faoliyatdan ajralmasdir. Idrok seskantiruvchining xususiyatining o‘zigagina emas, balki, sub’ektga ham bog‘liq bo‘ladi. Ko‘z va quloq emas, ma’lum bir jonli inson idrok etadi. Idrokning psixik hayotimizning umumiy mazmuniga bog‘liqligi appersepsiya deb ataladi.

  • Appersepsiyada insonning bilimlari, orttirilgan tajribasi, avvalgi amaliyoti katta o‘rin egallaydi. Bilim va tajriba idrokning aniqligi va yorqinligiga muhim ta’sirga ega. CHet tilini idrok qilishda tanish bo‘lmagan so‘zlarni bilmasdan turib, o‘z ona tilimizni, hatto, so‘zlar tushunarsiz talaffuz etilganda ham, bexato anglaymiz.

Download 13.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling