Mavzu: Idrok xususiyatlari va turlari
Download 64.96 Kb.
|
7-Mavzu idrok
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘laligi Ravshan va aniqligi Idrokning sifatini belgilovchi shartlar
Idrok qo`zg`ovchilarningayrimxususiyatlariniaksettiruvchisezgilardanfarqqilibnarsanibutunligicha, uninghammahususiyatlaribilanbirgalikdaaksettiradi. Bundan idrok ayrim sezgilarning oddiy yig’indisidan iboratdir degan xulosa kelib chiqmaydi. Idrok o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lgan hissiy bilishning sifat jihatidan yangi bosqichidir.
To‘laligi Ravshan va aniqligi Idrokning sifatini belgilovchi shartlar Biz idrok qilayotgan narsa va hodisalarning xossalari idrokning sifatini belgilovchi tashqi yoki obyektiv shartlardir. Aniq va chiroyli qilib ishlangan rasm, kitob harflarining aniqligi, ravshan va to‘g‘ri talaffuz qilingan nutq tez, oson, to‘la va aniqroq idrok qilinadi.Idrok qilinayotgan paytdagi sharoit ham idrok sifatini ta’minlovchi obyektiv shartlar jumlasidandir. Masalan, ko‘rish idroki uchun joyning yaxshi yoritilgan bo‘lishi, eshitish idroki uchun –jim-jitlik alohida ahamiyatga ega. Ko‘rish yoki eshitish lozim bo‘lgan narsalarga nisbatan masofa ham shunday shartlardandir. obyektiv shartlar organik shartdir subyektiv yoki psixik shartlar Nerv sistemasi va sezgi organlarining holati idrok sifatini belgilovchi organik shartdir. Umuman idrokning yaxshi sifati nerv sistemasi va sezgi organlarining sog‘lom, tetik bo‘lishiga bog‘liqdir. Nerv sistemasi kasal, charchagan yoki biror zahar ta’sirida buzilgan bo‘lsa, idrokning sifati pasayadi; idrok qilish sekinlashadi, idrok obrazlari xiralashadi, ba’zan esa juda ravshandek bo‘lsa ham aslida noaniq, noto‘g‘ri bo‘ladi. Sezgi organlarida biror nuqson bo‘lsa, idrokning sifati ham o‘zgaradi. Masalan, eshitish va ko‘rish organi zaif bo‘lganda eshitish va ko‘rish idroki to‘la va aniq bo‘lmaydi. O‘qish-o‘qitish ishida ko‘rish va eshitish organlari, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Shuning uchun o‘qituvchi har bir o‘quvchining sezgi organlari (tibbiyot tekshirishiga qarab) qanday holatda ekanini bilishi kerak. Ko‘zi yaxshi ko‘rmaydigan yoki qulog‘I yaxshi eshitmaydigan o‘quvchilarni oldingi partalarga o‘tkazish zarurdir. Shunday hollar uchraydiki, ayrim o‘quvchilar dars materialini puxta esga olib qola olmaslik yoki, uni o‘qib ololmaslikdan emas, balki yaxshi eshita olmasliklari yoki ko‘ra olmasliklari oqibatida o‘zlashtira olmaydilar. Download 64.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling