Mavzu: Ifloslanishni boshqarish iqtisodiyoti: umumiy nuqtai nazar Reja: Kirish qismi
Atrof-muhit ifloslanishini taqsimlanishi
Download 1.56 Mb.
|
Экологиядан мустакил иш
Atrof-muhit ifloslanishini taqsimlanishi
Atmosferaning ifloslanishi deganda havoga begona birikmalarning qo‘shilishi natijasida uning fizik va kimyoviy xususiyatlari o‘zgarishi tushuniladi. Atmosfera tabiiy va sun’iy yo‘llar bilan ifloslanadi. Vulqonlar otilishi, chang-to‘zonlar, o‘rmon va dashtlardagi yong‘inlar, o‘simlik changlari, 115 mikroorganizmlar, kosmik chang va boshqalar tabiiy ifloslanish manbalaridir. Sun’iy ifloslanish manbalariga energetika, sanoat korxonalari, transport, maishiy chiqindilar va hokazo kiradi. Hozirgi kunda atmosferaning sun’iy ifloslanish darajasi tez oshib bormoqda. Atmosferaning mahalliy, mintaqaviy va umumsayyoraviy ifloslanishi kuzatiladi. Agregat holatiga ko‘ra, atmosferani ifloslovchi birikmalarni 4 guruhga bo‘lish mumkin: qattiq, suyuq, gazsimon va aralash birikmalar. Havoning ifloslovchi asosiy modda va birikmalarga: aerozollar, qattiq zarrachalar, qurum, azot oksidlari, uglerod oksidlari (CO,CO2), oltingugurt oksidlari, xlorftor uglevodorodlar, metall oksidlari va hokazo kiradi. Atmosferaga 10 minglab turli modda va birikmalar chiqarilgan bo‘lib, ularning o‘zaro birikib hosil qilgan aralashmalari to‘la o‘rganilmagan. Bunday noma’lum birikmalarning tirik jonzotlarga, shu jumladan, inson sog‘lig‘iga zararli ta’siri aniq baholangan emas. Havoning kuchli ifloslanishi insonlar sog‘lig‘iga, barcha jonzotlarga, albatta, salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shaharlar va sanoatlashgan hududlarda kishilar o‘rtasida surunkali bronxit, emfizema, nafas qisishi va o‘pka raki kasalliklari ko‘payishi kuzatiladi. Ko‘z kasalliklarining va bolalar o‘rtasida umumiy kasalliklarning ortishi qayd qilingan. Atmosferadagi turli zararli gazlar o‘simlik va hayvonlarga ham zarar yetkazadi. Oltingugurt gazi, ftorli vodorod, ozon, xlor, qo‘rg‘oshin va boshqalar o‘simliklarga, ayniqsa, kuchli ta’sir ko‘rsatadi. O‘simliklarning nobud bo‘lishi, hosilining kamayishi, fotosintezning o‘zgarishi kuzatiladi. Havoning kuchli ifloslanishi ba’zi uy hayvonlarining nobud bo‘lishiga olib keladi. Atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalarning inson organizmiga bevosita yoki bilvosita zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan miqdori ruxsat etilgan chegaraviy miqdor (REChM) deb yuritiladi. Bunda zararli birikmalarning insonning mehnat faoliyatiga va kayfiyatiga putur yetkazmasligi nazarda tutilgan. Havo ifloslanishining muntazam REChMdan yuqori bo‘lishi aholi kasallanish darajasining keskin ortishiga olib keladi. Aholi 116 yashash joylarida havoning ifloslanganlik darajasi va ta’siri REChM ko‘rsatkichlari bo‘yicha belgilanadi. Masalan, (mg/m3 ) is gazi – 0,01, oltingugurt gazi – 0,05, xlor – 0,03, fenol – 0,01, formaldegid – 0,03, qurum – 0,05 va hokazo. REChM ko‘rsatkichlari turli davlatlarda turlicha bo‘lishi mumkin. Hozirgi kungacha atmosfera havosidagi 600 ta kimyoviy moddaning REChMlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, 38 ta moddalarning birlashib ta’sir qilishi o‘rganilgan bo‘lib, ular uchun me’yorlar belgilangan. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling