Mavzu: Ifloslanishni boshqarish iqtisodiyoti: umumiy nuqtai nazar Reja: Kirish qismi
Okean suvlarining ifloslanishi natijasida kislotali yomg‘irlarning paydo bo‘lishi
Download 1.56 Mb.
|
Экологиядан мустакил иш
Okean suvlarining ifloslanishi natijasida kislotali yomg‘irlarning paydo bo‘lishi
Ayrim hududlarda havoning harakatsiz turib qolishi natijasida kuzatiladigan zaharli tuman – smog insonlar sog‘lig‘iga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 1952-yili 5-9- dekabrda Londonda yuz bergan smog oqibatida 4000 dan ortiq kishi nobud bo‘lgan. Keyingi yillarda dunyoning turli yirik shaharlarida London tipidagi smog va Los-Anjelos tipidagi smog qayd qilingan. Oxirgi 10-15 yil ichida kislotali yomg‘irlar ayrim davlatlarda haqiqiy ekologik falokatga aylanib qoldi. Har qanday qazilma yoqilg‘i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingugurt va azot oksidlari ko‘p bo‘ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan bu birikmalar yomg‘irni kislotaga aylantiradi. So‘nggi yillarda AQSh, Kanada, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda kislotali yomg‘irlar ta’sirida katta maydondagi o‘rmonlar quriy boshladi. Bunday yomg‘ir hosildorlikni pasaytiradi, binolar, tarixiy yodgorliklarni yemiradi, inson sog‘lig‘iga zarar yetkazadi. Kislotali yomg‘irlarni uzoq masofalarga ko‘chishi natijasida turli davlatlar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda. 117 Ushbu ekologik xatarni bartaraf qilish uchun mahalliy, xalqaro miqyosda tadbirlar o‘tkazilmoqda. Kislotali yomg‘irlar O‘zbekiston hududida ham qayd qilingan. Fotokimyoviy smog deganda sanoat va transport chiqindi gazlarining quyosh nurlari ta’sirida reaksiyaga kirishib, xavfli birikmalarni hosil qilishi tushuniladi. Jumladan, ozon, formaldegid va boshqa birikmalarning hosil bo‘lishi va miqdorining ortishi kuzatiladi. Atmosfera havosining ifloslanishi turli ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Insonlar sog‘lig‘ining yomonlashuvi, binolar, tarixiy obidalarning yemirilishi, o‘simlik va hayvonlarning yemirilishi va boshqa hodisalar katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Faqatgina AQShda havoning ifloslanishi inson sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonni hisobga olmaganda, yiliga 30 mlrd. AQSh dollaridan ortiq moddiy zarar yetkazadi. Atmosfera havosi o‘z-o‘zini tozalash xususiyatga ega. Lekin uning bu imkoniyati cheklangan. Yuqori darajadagi texnogen ifloslanishni bartaraf qilish insonlarning o‘zlari amalga oshirishlari lozim bo‘lgan vazifadir. Havo ifloslanishining oldini olish va kamaytirishning turli yo‘llari mavjud. Korxonalarda tozalash qurilmalari o‘rnatiladi, zararli korxonalar shahar chekkasiga chiqariladi. Ishlab chiqarish texnologiyasi o‘zgarishi, ayniqsa, chiqindisiz texnologiyaga o‘tishi ushbu muammoni hal qilishning eng istiqbolli yo‘li hisoblanadi. Hozirgi vaqtda havoning ifloslanishida avtotransportlarning hissasi ortib bormoqda. Dunyo bo‘yicha 8 mln. dan ortiq avtomobil har kuni havoga 100 minglab tonna zararli birikmalar chiqaradi. Avtomobil tutunida 200 dan ortiq zararli birikmalar mavjud. Havoni muhofaza qilish (chang-gazni tozalash uskunalarini amalga joriy qilish, avtomobillarni gazli yonilg‘iga o‘tkazish, foydalanilayotgan dizel avtomobillari ulushini ko‘paytirish, harakat tarkibini yangilash, Farg‘ona NQIZ tomonidan etilsiz benzin turlari chiqarilishini o‘zlashtirishning tugallanishi, alohida temiryo‘l uchastkalarini elektr energiyasiga o‘tkazish, OBMni qo‘llashni tugatish milliy dasturini, bug‘xona gazlari tashlamalarini qisqartirish milliy dasturini amalga oshirish) tadbirlarini bajarish natijasida, umuman, respublika bo‘yicha havo havzasini muhofaza qilish sohasidagi ekologik holat barqarorlashishi tamoyili kuzatilmoqda. 118 Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini texnik qayta jihozlash, shuningdek, ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqarishni barqarorlashtirish va kamaytirishga yo‘naltirilgan qator qarorlari qabul qilindi. Masalan: – bug‘xona gazlarini qisqartirish bo‘yicha tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida “Kioto protokoli Toza taraqqiyot mexanizmi doirasida investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (2006-yil 6-dekabrdagi PF525-sonli); – 2007 yil 1-martdan avtomobil transporti uchun 2 yevrodan past bo‘lmagan, 2010-yil 1-yanvardan esa 3 yevrodan past bo‘lmagan ekologik standartlarni joriy etishga yo‘naltirilgan “Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va respublika avtotransporti saroyini yangilash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (2006-yil 14-dekabrdagi PF-531-sonli); – temiryo‘l transportida ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini kamaytirishni belgilab beruvchi “Germaniya taraqqiyot banki va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyoti fondi ishtirokida “Toshkent (To‘qimachi) – Angren temiryo‘l uchastkasini elektrlashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (2007-yil 19-fevraldagi PF-582-sonli); – atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, havo havzasining ifloslanishini pasaytirishni nazarda tutadigan 2007-2011-yillar davriga qurilish materiallari, kimyo, avtomobil sanoatlari, “Olmaliq AKMK”, “O‘zmetkombinat” OICHB va boshqalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlarini amalga oshirish. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling