Mavzu: Ijtimoiy hamkorlik g'oyasining yosh avlod ma'naviy tarbiyasidagi o'rni
Ijtimoiy hamkorlik g'oyasini yoshlar ongida shakllantirish
Download 218.5 Kb.
|
Ijtimoiy hamkorlik g'oyasining yosh avlod ma'naviy tarbiyasidagi
1.2 Ijtimoiy hamkorlik g'oyasini yoshlar ongida shakllantirish.
Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega boʻlib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi va rivojlanadi. Qadriyatlar kishilarning turli sohadagi, avvalo, ishlab chiqarish, mehnat sohasidagi faoliyati uchun foyda keltiradigan narsa va hodisalar majmui bilan bogʻliq ravishda yuzaga keladi. Soʻngra, asta sekin subyekt faolligining orta borishi oqibatida nisbiy mustaqil soha tarzida amal qila boshlaydi. Tabiat va jamiyat hodisalari inson faoliyati tufayli, uning ehtiyojlarini qondirish natijasida qadriyat sirasiga kiritiladi. Insonning manfaatlari, ehtiyojlarini qondira olmagan, orzu-istaklari, ideallariga mos kelmaydigan tabiat va jamiyat hodisalarini qadriyatlar deb hisoblash nooʻrindir. Masalan, tabiatdagi qazilma boyliklar inson ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatila boshlagandan keyingina qadriyatga aylanadi. Shungacha ularni tabiiy boyliklar deb hisoblashimiz lozim. Qadriyatlar tushuncha maʼnosida subyektiv boʻlib, bir tomondan, oʻz sababiga koʻra obyekt bilan bogʻlangan boʻlib, boshqa tomondan esa ijtimoiy bilish mahsuli hisoblanadi. Bu ziddiyat – antinomiyani qarab chiqib, “qadriyatlar obyektivdir” va “qadriyatlar subyektivdir” diyish uchun “ikki xillik” tushunchasiga murojat qilish mumkin. Shu nuqtai nazardan “baxt”, “Ozodlik”, “burch”, “goʻzallik” kabilar faqat ijobiy xususiyatga egadir. Ularga oʻxshash boʻlmagan moddiy qadriyat shakllari esa obyektiv xususiyatlar, jarayonlar bilan asoslangan, obyektlar va subyektlar oʻrtasidagi oʻzaro muayyan munosabatlar sistemasidagina farqlashtirilgan hisoblanadi. Qadriyatlar bogʻliq obyektlar va ularning xarakteri qanday boʻlgan taqdirda ham bu tushuncha subyekt oʻzining bilish va amaliy faoliyatida intiladigan, unga erishadigan narsa tarzida qaraladigan olamning turli tomonlari, jixat hamda hususiyatlarni ifodalash uchun ishlatilaveradi. Subyektning obyektga qadriyatli – baholi munosabati kognitivlikdan mohiyat – eʼtibori bilan farq qiladi. Kognitiv bilish orqali yondashuvda obyekt bilish subyekti uchun mavhum, “narsa oʻzida” boʻladi; qadriyatli – baholash yondashuvda esa obyektning subyektga munosabat jarayoni, unga subyektning jonli munosabati aniqlanadi; bu yerda subyekt oʻz kechinmalari, hissiyotlardan ajralmaydi, balki aksincha, ularni inobatga olishga intiladi, narsaga nisbatan oʻz shaxsiy, emotsional munosabatga tayanadi, hissiyotlarida subyekt goʻyoki obyekt bilan qoʻshilib ketadi. Insonning qayd etuvchi yoki tasvirlovchi mulohazalaridan farqli ravishda baholi mulohazalari muqarrarlik, hukm tarzidagi xususiyatga ega; ularda subyektning manfaatlariga muvofiqlik, “toʻgʻri”, “foydali” boʻlish talabi oʻz ifodasini topadi. Tabiat yoki sotsial voqelikning bitta obyektida turlicha subyektlar (individual, sotsial guruhlar yoki boshqalar) turli narsalarni “koʻrishi” mumkin. I. Kant aytganidek, bir kishi botqoqqa qarab loyni koʻradi, boshqasi esa unda aks etayotgan yulduzlarni koʻradi. Obyektni bilish muayyan darajada amalga oshirilgan, ammo buning amaliyot uchun ahamiyatli boʻlmagan holatlar tez-tez sodir boʻlib turadi. Shunday qilib, subyekt va obyektning real aloqadorlik jarayonida kognitivlik va qadrlilik oʻzaro uzviy bogʻlangan, bunda baho bilimga asoslanadi, bilim esa bahoda ifodalanadi. Mustaqillik yillarida milliy-maʼnaviy qadriyatlarni tiklash va yoshlarga eʼtibor mamlakat siyosati darajasida qoʻyildi. Bu tasodifiy emas edi, albatta. Unitilgan milliy madaniy merosni qayta tiklash, xalqning ruhiyatini uygʻotib, o‘zligini anglashi mustaqillikni asrab -avaylash, uni turli xil xavf – xatar va tahdidlardan eson -omon saqlab qolishning muhim shartlaridan boʻlganligi uchun ham unga alohida qarab kelinmoqda. Milliy qadriyatlarni asrab -avaylash toʻgʻrisidagi saʼy -xarakatlar bugun ham davom etmoqda. Bu bir tomondan, tabiiy, albatta. Lekin, uning boshqa sababi ham bor. Xalqimizning milliy – madaniy qadriyatlarga boʻlgan ishonch va eʼtiqodini oʻzgartirish, unga nisbatan befarqlik kayfiyatini shakllantirib, uni qadrsizlantirishga boʻlgan nosogʻlom urinishlar, madaniy sohaga xurujlar hamon davom etmoqda. Undagi maqsadga erishish uchun ayniqsa yoshlarga bunday targʻibot - tashviqotning obyekti sifatida qaralmoqda. Ular orasidan oʻzlariga hayrixoh qildirib, ularni bizga toʻgʻri kelmaydigan qadriyatlarning targʻibotchisiga, tashviqotchisiga aylantirish moʻljallanmoqda. Yoshlar uning taʼsiriga tushmasligi uchun nimalarni bilishlari va qilishlari lozim? Milliy qadriyatlarni asrash nima uchun kerak? Albatta, bu toʻgʻrida oʻzlari ham mushohada qilib koʻrishlari tabiiy. Shuni alohida taʼkidlash lozim, mamlakatda yoshlarni milliy – maʼnaviy qadriyatlarni asrab-avaylashga munosabati, ularning fikrlash tarzidagi, xalq - atvoridagi bugungi oʻzgarishlarning qanday xususiyatga ega boʻlishi milliy taraqqiyotning istiqbolini belgilab beradigan omillardan biridir. Shuning uchun dunyo xalqlari singari Oʻzbekiston ham yoshlarning ong va tafakkuridagi oʻzgarishlarga befarq qaray olmaydi. Qadriyatlarning holati, ahamiyati insonga koʻrsatiyotgan taʼsiri u yoki bu jamiyatdagi mavjud ijtmoiy tuzum tomonidan olib borilayotgan siyosat uning manfatlari bilan uzviy bogʻliq. Qadriyatlar insoniyat tarixida eng qadimiy mavzulardan boʻlishi bilan birga, bugungi davrimizda u oʻta muhimiyligi, ijtimoiy ahamiyati oʻta yuksakligi, I.A.Karimov aytganidek, “suv va havodek zarurligi barcha jamiyat aʼzolari tomonidan tan olinmoqda”. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng qadriyatlarga eʼtibor kuchaydi, mamlakatimizda umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi eʼtirof qilindi, milliy qadriyatlar hamda shaxs manfaatlarini umuminsoniy talablarga moslashtirish va uygʻunlashtirish asosiy vazifa boʻlib qoldi. Jamiyatning turli tarixiy taraqqiyoti davrlari jarayonida maʼnaviyat sohasida erishilgna bilimlar, tajribalar undan keyingi avlod uchun tarixiy tajriba, hotira boʻlib xizmat qiladi. Oʻz navbatida, ajdodlar tarixiy tajribasi, urf-odat va anʼanalari, qadriyatlar nisbatan kishida shakllanadigan xurmat tarixiy vorisiylik alohida yuzaga keladi. Shu bois I.A.Karimov: «Milliy tariximiz va umumbashariy taraqqiyot rivojiga unitilmas xissa qoʻshgan olimu – fuzalolarning ilmiy merosini, falsafiy qarashlarini har tomonlama oʻrganish darkor” deb taʼkidlagan edi.6 I.A. Karimov oʻz asarlarida qadriyatlar toʻxtab, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, ular asosida xalqimizning maʼnaviy merosi, yaʼni milliy qadriyatlarni saqlash, mustahkamlash, rivojlantirish, insoniyatning oʻz imkoniyatlarini erkin namoyon qilishini, vatanparvarlik, respulikani yangilash va rivojlantirishning oʻz yoʻli ana shu 4 ta negiziga asoslanishini uqtiradi. “Mustaqil Oʻzbekistonning kuch – qudrati manbaʼi, - deb yozgan edi u, xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir. Xalqimiz adolat, tenglik, axil qoʻshnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asarlar osha avaylab -asrab kelmoqda. Bugungi kunda xur va ozod xalqimiz barcha xalqlar va davlatlar yaratgan maʼrifatda, fan va texnikada madaniyat va sanʼatda nimayiki yangi va ilgʻor qadriyatlar boʻlsa, shularga dalillik bilan intilmoqda. Oʻzbek diyorida, tarixda koʻp marta boʻlganidek, yana yangidan oʻzimizning berakror va ilgʻor, iqtidorli va eng muhim inosnlarga kerakli qadriyatlarimiz barpo etiladi”. Darhaqiqat, hozirgi respublikamizda oʻtmishdan qolgan ijobiy, taraqqiyparvar, insonparvar, ilmiy, madaniy, axloqiy, dunyoviy qadriyatlar tiklanmoqda, ulardan hamma masalasiga bahramand boʻlayotir. I.A. Karimov aytganidek, xalqimizning tayanchi ajdodlarimiz qoldirgan maʼnaviy merosning oʻzi bir katta xazina. Bu xazinadan oqilona foydalanish lozim. Oʻzbekiston konstitutsiyasining 13 -moddasida aytilganidek, “Oʻzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga tayanadi, ularga koʻra insonning, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa dahlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi”. Shuni xisobga olib boʻlsa kerak, prezidentimiz milliy istiqlol taqdiri koʻp jihatdan xalqimizning maʼnaviy boyligi va kamolotiga bogʻliqligini doim taʼkidlab kelmoqda. Maʼnaviyatga esa 1- dan, har bir xalqning milliy qadriyatlarini tiklash va rivojlantirish, 2-dan, milliy mafkura kiradi, 3-dan, unda ilm, fan jumladan falsafa, gʻoyat muhim oʻrinni egallaydi, 4-dan, adabiyot va sanʼat uning ajralmas tarkibiy qismini tashkil etadi, 5-dan, maorif, maʼrifat uning asoslarini yaratadi. Jamiyatning yashashi, odamlarning hayot kechirishi uchun jamiyatdagi umumijtimoiy va umuminsoniy qadriyatlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyatning maʼnaviy hayoti va ijtimoy ong shakllari nuqtai nazaridan olganda ularga nisbatan koʻproq maʼnaviy qadriyatlar iborasi qoʻllaniladi. Ular: kishilarga hayotning mazmunini chuqurroq tuunish, jamiyat qonun-qoidalaridanfoydlanish, oʻzlarining hatti – harakatlarini ana shu maʼnaviy mezonlar talabiga moslashtirish imkonini beradi; inson bilan tabiat, inson bilan inson munosabatlarini oʻzida aks ettiradi, jamiyat rivoji jarayonida takomillashib boradi; oʻz tabiatiga koʻra biror bir kerakli axborot beradi, kishining maʼnaviy olamini boyitadi, yashashning haqiqiy mezonlarini belgilaydi, odamlar intiladigan ideal, azaliy orzu, ezgu-maqsad sifatida namoyon boʻlishi mumkin; muayyan kishilar, guruhlar tomonidan notoʻgʻri tushunilishi, talqin qilinish, qabul qilinmasligi, rad qilinishi, tanqid ostiga olinishi, taʼqiqlab qoʻyilishi ham mumkin. ammo bu ularning qadri yoki ahamiyatini butunlay yoʻqotib yubora olmaydi. Ular zamin va zamon silsilalari orasidan oʻzlariga yoʻl ochadilar va asrlardan oʻtib insoniyat uchun muayyan kadrlarini namoyon qilib boraveradilar kishilarning maʼnaviyati, yashash usuli, turmush tarzi, xatti-xarakatlari, ijtimoiy faoliyatining asosiy mezonlari darajasiga koʻtarilganlarida oʻzahamiyatlarini toʻla-toʻkis namoyon qilishlari uchun imkoniyat boʻladi; ularning qadri va jamiyat uchun ahamiyatini moddiylik qonuniyatlari orqali izohlash, bahosini esa moddiy foydasi bilan ifodalash qiyin. Bu baho zamon oʻtishi bilan oʻzgarishi, yangicha izohlanishi va ifodalanishi mumkin. Qadriyat shakllari biror obyektga bogʻliq xolda namoyon boʻlishini hisobga olganda, umumijtimoiy qadriyat shakllarining jamiyat, uning tuzilishi, ijtimoiy subyektlar va ijtimoiy ong shakllariga aloqador turkumlarni kiritish mumkin. Masalan, jamiyat tuzilishiga xos umumijtimoiy, milliy, sinfiy, irqiy va boshqalar. Yoki ijtimoiy ongning shakllariga bogʻliq qadriyat shakllari ham bor: siyosiy, hukuqiy, axloqiy, diniy, iqtisodiy, ijtimoiy. Madaniy, maʼnaviy va boshqa qadriyat shakllari. Ijtimoiy qadriyat shakllari orasidagi farqlar aslo mutlaq emas, balki nisbiydir. Ular orasida oʻtib boʻlmas chegaralar yoʻq. Qadriyat obyektlarining makonda namoyon boʻlishini moddiy, umumbashariy, umumsayyoraviy, mintiqaviy shakllari orasidagi chegaralarini aniqlash nisbatan osonroq kechishi mumkin. Ammo bu xolatda ham xulosalarimizda nisbiylik saqlanib qoladi, bunday nisbiylik ijtimoiy qadriyatlar, ayniqsa, umuminsoniy, milliy,sinfiy va boshqa qadriyat shakllarini, ular oʻrtasidagi munosabatlarni taxlil qilayotganda yanada yaqqolroq koʻzga tashlanadi. Biz quyida qadriyatlarning baʼzi shakllarini atroflicha taxlil qilishga xarakat qilamiz. Olamda qadriyat, umuminsoniy qadriyat nomi bilan ataladigan obyeyet yoʻq, har bir narsaning oʻz nomi, ismi, oti-atamasi bor. Umuminoniy qadriyat –jamiyat va odamzod nasli uchun eng qadrli va umumijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan narsalar, hodisalar, faoliyat va boshqalarning ismi yoki nomi emas, balki ularning ijtimoiy qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan falsafiy -aksiologik tushunchadir. Umuminsoniy qadriyatlar kategoriyasining mazmunini oʻrganish uchun, avvalo, umuminsoniylik, tushunchasining maʼnosini qilmoq lozim. Bu tushuncha jamiyatning asosiy jihatlari, turli ijtimoiy sifatlar, xususiyatlar va boshqalarning umuminsoniy harakteriga ega ekanligini anglatadi. Umuminsoniylik tushunchasi qadriyatlarni tirik tabiatning bir qismi boʻlgan odam zotining hayoti va kamoloti hamda tarixiy, siyosiy va boshqa birliklar (ijtimoiy subyektlar) uchun ahamiyati ham oʻz aksini topadi. Shu bilan birga umuminsoniylikda umumijtimoiy munosabatlar , taʼlim-tarbiya va maʼnaviy axloqiy jihatlar, ijtimoiy muhitning eng umumiy tomonlari bilan bogʻliq sifatlari ham aks etadi. Bir soʻz bilan aytganda umuminsoniylik odamlar uchun umumiy boʻlgan mezonlar, subyektiv holatlar, xususiyatlar, shart sharoitlar va boshqalarni oʻzida aks ettiradigan tushuncha sifatida ishlatiladi. Odamning yashashi, umrguzaronligi, amaliy faoliyati, Ona Yer sayyorasi farzandlari hayotining eng umumiy sohalariga tegishli boʻlgan umumjamiyat miqiyosidagi qadriyatlar bor. Umuminsoniy qadriyatlar tushunchasi butun jamiyat ahamiyatiga ega boʻlgan, insoniyatning mavjudligi, oʻtmishi, buguni va kelajagi, yashashning asosiy yoʻnalishlari, qonun qoidalarini talab va tartiblarini, odamlarning eng azaliy umidlari va ideallarini oʻzida aks ettiradigan qadriyatarning umumiy shakllarini ifodalaydi. Ular jamiyat aʼzolarining hammasi uchun umumiy ahamiyat kasb etadi, insoniyat hayotida roʻy berayotgan oʻzgarishlar, kishilarning amaliy faoliyati, yashash tarzi, boshqalarga munosabati ham ana shu mezonlarga mos kelishi yoki kelmasligiga qarab baholanadi. Umuminsoniy qadriyat tushunchasining obyektiv asosi ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar, insoniyatning uzliksiz hayotini va turmush tarzini umumlashtiradigan jamiyatdir. Insoniyatning eng umumiy jamoasi boʻlgan jamiyatgina umumiysoniy qadriyatlarning yaratuvchisi va saqlab turuvchisidir. Umuminsoniy qadriyatlar nihoyatda keng koʻlamli va serqirra tushuncha. U ozodlik, erkinlik, tinchlik, baxt saodat kabi ijtimoiy maʼno va mazmun kashf etadigan qadriyatlardagina iborat emas. Uni faqat moddiy va maʼnaviy boyliklar sifatida tushunishni ham maqsadga muvofiq, deb boʻlmaydi. Shu bilan birga, muayyan milliy, sinfiy yoki boshqa xususiy qadriyatlar tizimi ham umuminsoniy qadriyatlar tizimining oʻrnini bosa olmaydi. Umuminsoniy qadriyatlar va ularning namoyon boʻlish shakllarini tahlil qilish, aslida bu qadriyatlardan iborat tarkibiy qismlari bir biri bilan dialektik tarrzda bogʻlangan umumiy tizimini, uning asosiy jismlari oʻrtasidagi munosabatlarni tanqid qilishdir. Bu qadriyatlar jamiyat taraqqiyotining muayyan davrida yashayotgan kishilar uchun umumiy boʻlgan qadriyatlar tizimini hosil qiladi, boshqa qadriyatlar bilan uzliksiz aloqada, zaruriy bogʻlanishda namoyon boʻladi. Tarixiy rivojlanish jarayonida (obyektiv tarzda) jamitya va kishilarning talab va ehtiyojlari natijasida (subyektiv tarzda) umuminsoniy qadriyat shakllaridan goh biri, gox boshqasi umumiy tizimning markaziga, hayotning oldingi pogʻonasiga chiqib oladi: yurtda dushmanlar hukmronlik qilganida – ozidlik, diktatura davrida- eriknlik, Vatan mustaqilligiga xavf tugʻulganida – vatanparvarlik, milliy oʻzlikni anglash va milliy uygʻonish davrida – tarixiy va madaniy merosni oʻrganishga intilish, urish sharoitida tinchlik va barqarorlikka ehtiyoj kuchayib boradi. Shu tariqa ijtimoiy jarayonlar rivojida umuminsoniy qadriyatning maʼlum bir shaklining dolzarbligi, boshqasining zarurligini bir qadar xiralashtirganday, ularning ayrimlari ideal qadriyatlarga yaqinlashganday, boshqalari esa ulardan uzoqlashganday boʻlib tuyuladi. Umuminsoniy qadriyatlarning namoyon boʻlish shakllari orasida oʻz ahamiyatini, ijobiylik hamda foydalilik xususiyatlarini doim saqlab qoladiganlari ham bor: inson vujudining tirikligi, uning ijtimoiyligi, insonning umri va hayoti, salomatligi, ijtimoiy faoliyati va munosabatlari, mehnat, bilim, muomilasi va boshqalar. Bu qadriyatlar inson va jamiyat bor ekan oʻzining ijtimoiy ahamiyatini saqlab qoladi, ularning qarama-qarshi boʻlgan oʻlim, kasallik, maʼnosi hayot kechirish. Bilimsizlik va boshqalar ham tarixiy jarayonlarning doimiy hamrohidir. Tiriklik bor ekan, oʻlim, borliq eng buyuk maʼno ekan- yoʻqlik, inson tirik jonzod ekan – kasallik, hayot kechirishdan maqsad mazmunli umr qoʻyilgan baʼzi qadamlar yashashning zaruriy shartlaridan biri bilish va anglash ekan bilimsizlik, taraqqiyotga intilish bor ekan – tanazzul va boshqalar insoniyatni doim taʼqib qiladi. Yuqoridagi ijobiy qadriyatlarning ahamiyati ham ularga teskari boʻlgan jihatlarga nisbatan umuminsoniy talablarga toʻla-toʻkis javob beradigan, yoppasiga hayotdan mamnun, sogʻ-salomat. Oliy darajada bilim va qobiliyat egasi boʻlgan, ularga hamma imkoniyatlar yaratilgan zamonni topish qiyin. Bunday zamon azal-azaldan orzu va umumisoniy maqsad boʻlib kelmoqda. Umuminsoniy qadriyatlarning eng oliy shakllari ideal-qadriyatlar sifatida qaraladi. Jamiyat tarixining hamma davrlarida odamlar ana shu ideal qadriyatlarga intilib, ularga erishishni orzu qilib yashaydilar. Kundalik hayotda va ilmiy adabiyotlarda eng oliy ideal qadriyatlarga nisbatan bir qator ibora va tushunchalar keng qoʻllaniladi: maʼnaviy va axloqiy poklikning umumiy belgisi yaxshilik; nafosat belgisi goʻzallik; bilimlarimiz va fan yutuqlarining amaliyotga mosligi haqiqat, inson huquqlarining oliy ifodalari – erkinlik va tenglik; siyosatning toʻgʻriligi – adolot, odamlar oʻrtasidagi ijodiy munosabatlar – doʻstlik; eng xokisor va begʻaraz tuygʻular asosidagi qalblarning bogʻlanganligi – muhabbat, orzu umidlarga erishganlik – baxt-saodat, oʻz yurtini sevmoqlik va ardoqlash - vatanpavarlik va hokazo. Ushbu ideal qadriyatlar va ularga nisbatan teskari maʼnoni anglatadigan yomonlik, xunuklik, yolgʻon erksizlik, tengsizlik, adolatsizlik, dushmanlik, nafrat xiyonat, va boshqalar hayotda muayyan tarzda namoyon boʻladi. Umuminsoniy qadriyatlar jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, unga mansub turmush, oila, urugʻ, qabila, elat, millat, xalq, davlat va boshqalarning ijtimoiy holati, maʼnaviy hayoti, axloq, huquq, din, madaniyat, nafosat, sanʼat, ilm-fan sohalari bilan bogʻliqlikda ham namoyon boʻladi. Bu borada ular oʻz tabiatiga koʻra amaliy faoliyatning haqiqiy maqsadlarini ifodalaydi, muayyan ahamiyatga ega boʻladi, kerakli axborot beradi, jamiyat qoidalaridan ijodiy foydalanish, kundalik hatti-harakatlarning maʼnaviy asoslarini toʻgʻri belgilash imkonini yaratdi. Axloqda yaxshilik, burch, vijdon, hayotning maʼnosi; siyosat, huquq va mafkurada tenglik, odillik, mustaqillik, demokratiya, erkinlik; nafosatda goʻzalik, ulugʻvorlik: madaniyatda, sanʼat va fanda jamiyat ahamiyatiga molik boʻlgan yutuqlar, kashfiyot, qonun qoidalar va boshqalar ham kundalik hayotda qadriyatar darajasiga koʻtarilgan. Bundan tashqari jamiyat aʼzolari uchun umumiy boʻlgan talablar: oʻz qavmi boʻlgan odamzod joniga qasd qilmaslik, tanini sogʻ-salomat saqlash, xushxulqlik va boshqa oʻnlab insoniy jihat va xususiyatlar ham umuminsoniyatga xos boʻlgan maʼnaviylikning asosiy bugʻinlaridir. Umuminsoniy qadriyatlar siyosat va huquq bilan bogʻliq sohada oʻziga xos jihatlarda namoyon boʻladi, bunda mustaqillik, adolat, odillik, tenglik kabi ideal qadriyatlar, ularga erishish borasidagi jarayonlar ham muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonlarda umuminsoniylikka kelmaydigan yoʻllardan borishni notoʻgʻri ekanligini ijtimoiy tajriba azal azaldan isbotlamoqda. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida umuminsoniylikning ustivorligi talablari har bir tarixiy birlikning tarixiy rivojlanish maxsuli, ekanligini, bunda tirik insonlarning taqdiri, orzu umidlari borligini hisobga olishni taqozo qiladi. Bu talablarga koʻra har bir kishi sogʻ omon yashash, umr kechirish, oʻz vujudini omon saqlash kabi huquqlari bilan birga dunyoga keladi, bu huquqlarni unga tabiat ato etgan, biror maqsadlardan kelib chiqib insonning biror huquqlaridan mahrum qilish mumkin emas. Qanday sinf, tabaqa, qatlam vakili boʻlmasin, uning boshqalar kabi yashash huquqi borligi mutlaq haqiqat, odam esa bu huquq naqtai nazaridan tengdir. Umuminsoniylikning bu boradagi talablari, yaʼni insoning tabiiy-tarixiy haq-huquqlari, uning yashash va umr kechirish huquqining tabiiyligi va hatto muqaddasligini toʻla-toʻkis eʼtirof qilishdir. Xalq ogʻzaki ijodida ham, qadimgi zamonaviy dinlarda ham, davlatlarning Konstitutsiyalarida va boshqa xujjatlarda hm buni yaqqol kuzatish mumkin. Buyuk fransuz Revolyutsiyasi (1789 yilda) qabul qilingan «Inson vaa grajdanlar huquqlari dekloratsiyasi” da ham, 1948 yilning 10 dekabrda BMT bosh assambleyasi tasdiqlagan “Inson huquqlarining eng umumiy dekloratsiyasi”da kishilarning tabiiy tarixiy haq-huquqlari jamiyatdagi asosiy umuminsoniy qadriyatlar ekanligi alohida taʼkidlanganligi bejiz emas. Olamdagi insonlarning yashash joylari, oʻtmish avlodlarining hoki yashiringan zamin, oʻzi tugʻilgan yurti bilan bogʻliq umuminsoniyatga xos bokira tuygʻulari bor. Bu tuygʻular tugʻulgan uydan, mahalla, qishloq, shahar koʻchasidan tarbiyalana boshlaydi, Kishi mansub boʻlgan tarixiy birlik, uning oʻtmishi bilan bogʻlangan ijtimoiy hududga nisbatan munosabatda namoyon boʻladi. Kishi Yer sayyorasining farzandi ekanini, oʻzi uchun suyukli hudud sayyoraning tarkibiy qismi boʻlgan Vatan ekanligini anglaganida, undagi bu tuygʻu umuminsoniylikning talabiga mos keladigan darajaga koʻtariladi. Sayyoramiz kishilari uchun undagi tiriklikning vujudga kelishi, rivojlanishi, odam eotining ongli faoliyati, mehnati, madaniy va maʼnaviy kamolotga erishish bosqichlari, tabiat va jamiyatda amalga oshirgan ishlari bilan bogʻliq jarayonlarni ifodalaydigan tarix ham oʻz ahamiyati va qadriga ega. Tarix odam zotining ilk vujudga kelgan davridan, bizning kunlarimizgacha yaratgan moddiy boyliklarini, insonniyat hayotida roʻy bergan oʻzgarishlarni kelajakka yetkazib beradigan «qadriyatlar sandigʻi” dir. Tarix zamin vujudlarini yashirib turgan avlodlar ruhi oldidagi qarzdorlik tuygʻusini qoʻzgʻagan. Oʻtimishdagi voqealarni oʻrganish zaruriyati tugʻulgan va kelajakning rejalarini tuzish jarayonida rivojlanishning aniq yoʻl va usullari tanlab olingan davrlarda qadriyatga aylanadi. Umuminsoniy qadriyatlar bilan boglik, muammolar hozirgi davrga kelib faylasuflar va tadqiqotchilarning diqqatini jalb etayotgan asosiy mavzulardan biriga aylanmoqda. Bu ibora hozir ko‘p ishlatilayotgani bilan, uning mazmuni, tuzilishi, asosiy shakllari, namoyon bo‘lish xususiyatlari va umuminsoniy qadriyatlar tizimi, bu tizimdagi asosiy kadriyat shakllarining urni va ahamiyatini ilmiy taxlil qilish bilan bog‘liq masalalarga eʼtibor kam. Qadriyat kabi umuminsoniy qadriyatlar tushunchasiga ham xos bo‘lgan kundalik muloqotlardagi mazmun bilan, falsafiy-aksiologik maʼno o‘rtasidagi farqqa eʼtibor berish lozim. Kundalik hayotda insoniyat ahamiyatiga molik boyliklar, kashfiyotlar, xususiyatlar jihatlar, jarayonlarning o‘zini umuminsoniy qadriyat sifatida tushunadilar. Qadriyatlarga bunday taʼrif berilganida, olamdagi umuminsoniy ahamiyatiga molik son-sanoqsiz narsalar, jihatlar va hokazolarni istagancha sanash mumkin. Aynan ana shunday uslubiy chalkashlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagilarni taʼkidlash lozim: olamda qadriyat, umuminsoniy qadriyat nomi bilan ataladigan obyekt yoʻq, har bir narsaning oʻz nomi, ismi, oti-atamasi bor. Umuminsoniy qadriyat – jamiyat va odamzod nasli uchun eng qadrli va umumijtimoiy ahamiyatiga ega bo‘lgan narsalar, hodisalar, sifat, faoliyat va boshqalarning ismi yoki nomini emas, balki ularning ijtimoiy kadrini ifodalash uchun ishlatiladigan falsafiy-aksiologik tushunchadir. Bizning davrimizga kelib umuminsoniy qadriyatlar jamiyatdagi har qanday umumiy qadriyatlar tizimining markaziy asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib qolganligining sabablari quyidagilardir: — Yer sayyorasining olamdagi hamma kishilar uchun, ularning irqi, millati, eʼtiqodi, toifasi va boshqa tabiiy-tarixiy hamda ijtimoiy belgilaridan qatʼiy nazar, eng umumiy makon va shu bilan birga cheksiz koinotdagi muʼjazgina yulduz ekanligini tobora yaqqolrq his etila boshlanganligi; — olamdagi ijtimoiy xilma-xillik, siyosiy va mafkuraviy rang-baranglik, turli xil ehtiyoj, qiziqish, maqsad, intilish, hatti-harakat, faoliyatlarini taraqqiyot talablariga mos keladigan eng umumiy maʼnaviy mezonlarga muhtojlik sezila boshlanganligi; daxshatli qurollar, yadoro urushi, ekologik bo‘xron va maʼnaviy tanazzul kabi xavflar natijasida insoniyatning kelajagi Yer sayyorasi axolisi umumiy genofondining takdiri xavf ostida qolganligi, Yerda insoniyatning hozirgi avlodi mansub bo‘lgan sivilizatsiyani saqlab qolish ehtiyojlari borligi; — kishilarning turli ijtimoiy tuzumlar va davlatlarda yashashidan qatʼiy nazar, hamma joyda eng asosiy maqsad inson, uning tirikligi va mazmunli hayoti ekanligi, bunday hayotni taʼminlashda butun jahon ahamiyatiga molik universal texnologiyalar, ilm-fan yutuqlari, ularni mamlakatlarda qo‘llash imkoniyatlarinning umumiyligi, bu imkoniyatlarni umumjahon voqeligiga aylantirish uchun umumsayyoraviy hamkorik zarurligi tobora ko‘prok anglab olinayotganligi. Umuminsoniy qadriyatlar kategoryasining mazmunini o‘rganish uchun avvalo, “umuminsoniylik” tushunchasining maʼnosini taxlil qilmoq lozim. Bu tushincha jamiyatning asosiy jihatlari, turli ijtimoiy sifatlar, xususiyatlar va boshqalarning umuminsoniy harakterga ega ekanligini anglatadi. “Umuminsoniylik” tushunchasida qadriyatlarni tirik tabiatning bir qismi bo‘lgan odam zotining hayoti va kamoloti hamda tarixiy, siyosiy va boshqa birliklar (ijtimoiy subyektlar) uchun ahamiyati ham o‘z aksini topadi. Bu bilan birga umuminsoniylikda umumyjtimoiy munosabtalar, taʼlim-tarbiya va maʼnaviy-axloqiy jihatlar, ijtimoiy muhitning eng umumiy tomonlari bilan bog‘liq sifatlar ham aks etadi. bir so‘z bilan aytganda umuminsoniylik odamlar uchun umumiy bo‘lgan mezonlar, obyektiv holatlar, xususiyatlar, shart-sharoitlar va boshqalarni o‘zida aks ettiradigan tushuncha sifatida ishlatiladi. Odamzodning yashashi, umrguzaronligi, amaliy faoliyati, Ona – Yer sayyorasi farzandlari hayotining eng umumiy sohalariga tegishli bo‘lgan umumjamiyat miqiyosidagi qadriyatlar bor. Umuminsoniy qadriyatlar tushunchasi butun jamiyat axhamiyatiga ega bo‘lgan, insoniyatning mavjudligi, o‘tmishi, buguni va kelajagini, yashashning asosiy yo‘nalishlari, qonun-qoidalarini, talab va tartiblarini, odamlarning eng azaliy orzu – umidlari va ideallarini o‘zida aks ettiradigan qadriyatlarning umumiy shakllarini ifodalaydi. Ular jamiyat aʼzolarining hammasi uchun umumiy ahamiyat kasb etadi, insoniyat hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, kishilarning amaliy faoliyati yashash tarzi, boshqalarga munosabati ham ana shu mezonlarga mos kelishi yoki mos kelmasligiga qarab baholanadi. Umuminsoniy qadriyat tushunchasining obyektiv asosi ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar, insoniyatning uzluksiz xayotini va turmush tarzini umumlashtiradigan jamiyatdir. Insoniyatning eng umumiy jamoasi bulgan jamiyatgina umuminsoniy qadriyatlarning yaratuvchisi va saklab turuvchisidir. Umuminsoniy kadriyatlar nihoyatda keng koʻlamli va serqirra tushuncha. U ozdlik, erkinlik, tinchlik, baxt-saodat kabi umumiy ijtimoiy maʼno va mazmun kashf etadigan qadriyatlardangina iborat emas. Uni faqat moddiy va maʼnaviy boyliklar sifatida tushunishni ham maqsadga muvofiq, deb bo‘lmaydi. Shu bilan birga, muayyan milliy, sinfiy yoki boshqa xususiy qadriyatlar tizimi ham, umuminsoniy qadriyatlar tizimining o‘rnini bosa olmaydi. Umuminsoniy qadriyatlar va ularning namoyon bo‘lish shakllarini taxlil qilish, aslida, bu qadriyatlardan iborat tarkibiy qismlari bir-biri bilan dialektik tarzda bog‘langan umumiy tizimini, uning asosiy qismlari o‘rtasidagi munosabatlarni tadqiq qilishdir. Bu qadriyatlar, jamiyat taraqqiyotining muayyan davrida yashayotgan kishilar uchun umumiy bo‘lgan qadriyatlar tizimini xosil qiladi, boshqa qadriyatlar bilan uzluksiz aloqada, zaruriy bog‘lanishda namoyon buladi. Umuminsoniy qadriyatlarning namoyon bo‘lish shakllari nisbiy xususiyatga ega, ammo bu nisbiylik doimo ham ko‘zga tashlanavermaydi. Bizningcha, umuminsoniy qadriyatlarning namoyon bo‘lish shakllarini o‘rganishda quyidagilarga eʼtibor berish lozim: Butun insoniyatga xos bo‘lgan tabiiy-tarixiy jihatlar, yaʼni inson vujudining tirikligi, sihat-salomatligi, ijtimoiy faoliyatga qobilligi, ongi, bilim, muomala vositasi; Madaniyat, maʼnaviyat, fan, din, huquq, siyosat, mafkura va ijtimoiy ongning boshqa shakllari bilan bog‘lik yutuqlar, kashfiyotlar. Yaratilgan boyliklar, taʼlim-tarbiya va maʼanviy kamolotning yo‘nalishlari, usullari, vositalari; Insoniyat rivojining hozirgi davri bilan boglik mintakalar, ijtimoiy tuzumlar, Davlatlar oldida turgan va butun jahon ahamiyatiga molik eng umumiy olamshumul muammolar, dolzarb vazifalar, kelajakning istikbollari; Sayyoramiz xududlari, davlatlari va ijtimoiy tuzumlaridan katʼiy nazar, hamma hchun umumiy foydalanish imkonini beradigan universal texnologiyalar, ishlab chiqarish, boshqarishni tashkil qilish, kosmonavtika, EXM, kibernetika va boshqa yo‘nalishlardagi umumjahon ahamiyatiga ega bo‘lgan jarayonlar. Tarixiy rivojlanish jarayonida (obyektiv tarzda), jamiyat kishilarning talab va ehtiyojlari natijasida (subyektiv tarzda) umuminsoniy qadriyat shakllaridan goh, biri, goh boshqasi umumiy tizimning markaziga, hayotning oldingi pog‘onasiaga chiqib yurtda dushmanlar hukmronlik qilganida – ozodlik, diktatura davrida – erkinlik, Vatan mustaqilligiga xavf tug’ilganida Vataniarvarlik, milliy o‘zlikni anglash va milliy uyg‘onish davrida – tarixiy va madaniy merosni o‘rganishga intilish, urush sharoitida tinchlik va barqarorlikka ehtiyoj kuchayib boradi. Shu tariqa ijtimoiy jarayonlar rivojida umuminsoniy qadriyatning maʼlum bir dolzarbligi, boshqasining zarurligini bir qadar xiralashtirganday, ularning ayrimlari ideal qadriyatlarga yaqinlashganday, boshqalari esa ulardan uzoqlashganday bo‘lib tuyuladi. Umuminsoniy qadriyatlarning namoyon bo‘lish shakllari orasida o‘z ahamiyatini, ijobiylik hamda foydalilik xususiyatlarini doimo saqlab qoladiganlari ham bor: Inson vujudining tirikligi, uning ijtimoiyligi, insonning umri va hayoti, sixat-salomatligi, ijtimoiy faoliyati va munosabatlari, mexnati, bilim, muomalasi va boshqalar. Bu qadriyatlar inson va jamiyat bor ekan o‘zining ijtimoiy ahamiyatini saqlab qoladi, ularning qarama – qarshisi bo‘lgan o‘lim, kasallik, maʼnosiz hayot kechirish. Bilimsizlik va boshkalar xam tarixiy jarayonlarning doimiy hamrohidir. Tiriklik bor ekan o‘lim, borliq, eng buyuk maʼno ekan yo‘qlik, inson tirik jonzod ekan kasallik, hayot kechirishdan maksad mazmunli umr ekan -maʼnosiz qo‘yilgan baʼzi qadamlar. Yashashning zaruriy shartlaridan biri bilish va anglash ekan bilimsizlik, tarakkiyotga intilish bor ekan – tanazzul va boshkalar insoniyatni doimo taʼkib kiladi. Yuqoridaga ijobiy qadriyatlarning ahamiyati ham ularga teskari bo‘lgan jihatlarga nisbtan umuminsoniy talablarga to‘la-to‘kis javob beradigan, yoppasiga hayotidan mamnun, sog‘-salomat. Oliy darajadagi bilim va kobiliyat egasi bulgan, ularga xamma imkoniyatlar yaratilgan zamonni topish kiyin. Bunday zamon azal-azaldan orzu va umuminsoniy maqsad bo‘lib qolmoqda. Umuminsoniy kadriyatlarning eng oliy shakllari ideal – qadriyatlaro sifatida karaladi. Jamiyat tarixining hamma davrlarida odamlar ana shu ideal-qadriyatlarga intilib, ularga erishishni orzu qilib yashaydilar. Kundalik hayotda va ilmiy adabiyotlarda oliy ideal – qadriyatlarga nisbatan bir qator ibora va tushunchalar keng qo‘llanadi: maʼnaviy va axloqiy poklikning umumiy belgisi - yaxshilik; nafosat belgisi - guzallik; bilimlarimiz va fan yutuqlarining amaliyotga mosligi haqiqat, inson huquqlarining oliy ifodalari erkinlik va tenglik; siyosatning to‘g‘riligi – adolat, odamlar o‘rtasidagi ijobiy munosabatlar – do‘stlik; eng hokisor va beg’araz tuyg’ular asosidagi qalblarning bog‘langanligi muhabbat, orzu – umidlarga erishganlik baxt-saodat, o‘z yurtini sevmoqlik va ardoqlash vatanparvarlik va hokazo. Ushbu ideal – qadriyatlar va ularga nisbatan teskari maʼnoni anglatadigan yomonlik, xunuklik, yolg’on, erksizlik, tengsizlik, adolatsizlik, dushmanlik, nafrat, xiyonat va boshqalar hayotda muayyan tarzda namoyon buladi. Kundalik xayotda va tarixiy tarakkiyotda umuminsoniy kadriyatlarni barkasro kilish yo‘llari. Usullari va manfaatlarini bu boradagi maksadlar bilan ayniylashtirish hollari ham uchraydi. Ushbu holat siyosatda va ijtmoiy-siyosiy o‘zgarishlarni amalga oshirish davrida nixoyatda katta axamiyatga ega. Bunda uch asosiy jihatga eʼtibor berish lozim: 1. Kishilarning umuminsoniy qadriyatlar tugrisidagi karashlarida va ularga erishish yo‘llari haqidagi xulosalarida o‘tmish avlodlardan meros qolgan orzu-umidlar, tasavvurlar ham katta jamiyat kasb etadi. Har bir avlod umuminsoniy qadriyatlarni barqaror qilish va ideal-maqsadlarga yetish tug’risidagi o‘tmish avlodlarning tasavvurlari va xulosalarini meros kilib oladi, uz faoliyati, zamonasidagi o‘zgarish va jarayonlarga ham ana shu nuqtai nazardan yondashadi. 2. Har bir avlodning o‘tmishdoshlaridan meros kilib olgan umuminsoniy qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlari va orzu-umidlardan tashkari, uzlari tuplagan tajribalari, ana shu tajriba asosida vujudga kelgan muloxazalari va xulosalari xam bor. Kishilar umuminsoniy qadriyatlarni barqaror qilish, umrlari davomida ularga yetish uchun intilishlari, faoliyat va munosabatlarida, bir tomondan merosiy tasavvurlarga. Ikkinchi tomondan esa o‘zlarining amaliy xulosalariga amal qiladilar. Bu boradagi turli jarayonlar, reja va dasturlarga xam yukoridagi ikki xil jihatga asoslangan xolda munosabatda bo‘ladilar. Demak, har qanday davrda ideal – qadriyatlarga yetitish yulida xarakatlar boshlanganida, ularni amalga oshirishning reja va dasturlari tuzilayotganda kishilarning ruxiy-maʼnaviy tayyorgarligini, bu boradagi maksad, kiziki, extiyoj va talablarini xisobga olish zarur. 3. Umuminsoniy kadriyatlarga erishi tugrisidagi tasavvurlar, extiyojlar va intililar asosida vujudga kelgan turli reja va dasturlarda, kuprok bu boradagi faoliyatning nazariy tomonlariga va umumiy jixatlariga eʼtibor beriladi. Bu xol, ayniqsa, jamiyat taraqqiyotning tub burilish va chukur uzgarishlar yuz berayotgan davrlarda yaqqol namoyon buladi. Ammo bu boradagi rejalardan amaliyotga o‘tilganida, tajribada maksadlarga erishishi uchun bevosita xarakat boshlanganida, kutilmagan holatlar namoyon bula boshlandi. Bular esa uz navbatida bosh maksadga erishish (strategiya) borasidagi kundalik faoliyatda turli xil yullardan, usulardan (taktika) foydalanishni talab qiladi. Umuminsoniy kadriyatlarning baʼzi shakllari bilan boglik yana bir masala bor: Ularni hayotda barqaror kilish tusiklar va kiyinchiliklar orkali boradi. Pirovard natijada, ideal mutlak, holatda to‘la-to‘kis amalga oshmaydi, uning baʼzi bir jixatlari hayotga tadbik kilinadi, boshkalari esa kelajak avlodlarga meros bulib koladi. Odamzod esa idealsiz. Unga intilmasdan, kelajakka umid kzlarini tikmasdan yashay olmaydi. Ammo inson xayotda fakat ideallar, ularga yetish tugrisidagi orzular bilan kanoatlanib qolmaydi. U uz ideallariga erishish, ularni barkaror kilish yulida boshka extiyojlarini, talablarini va kizikishlarini kondirishi, uzga kishilar bilan munosabatda bulishi, jamiyat talablarini bajarish, uz burchini ado etishi va boshqa sohalarda faoliyat yuritishi lozim buladi. Shu maʼnoda. Kishilar doimo idealga intilib, real xayotdagi vazifalarni bajarib, orzu-umidlar bilan real vokelik orasida umr o‘tkazadilar. Ideallarga intilish orzusi bilan, real xayotda umr o‘tkazish zaruriyati o‘rtasidagi muayyan ziddiyat esa, odamzotni yashashga undaydigan, umrining eng kiyin, tanazzul davrlarida xam umid uchkunlari saklanib kolishi uchun asos buladiganumrguzaronlikning asosiy tamal toshidir, inson xayotining mazmuni, maʼnosi v kadrini belgilaydigan obyektiv jarayondir. Umuminsoniy kadriyatlar (ayniksa, ularning ideal shakllari) omilkor faoliyatga chorlovchi optimistik goyalar, shiorlar rolini uynashi xam mumkin. Bunday holda ular kishini amaliy ishlar kilishga undaydigan, uning faoliyatiga maʼno va mazmun bagishlaydigan, maksadini aniklash imkonini beradigan, biror jarayonga, jamiyatda amalga oshirilayotgan vazifalarga nisbatan shaxs yoki ijtimoiy subyektlarning qanday munosabat bulayotganini aniklash imkonini beradigan mʼnaviy mezonga aylanadi. Odamlar uzlari va atrofdagilarning amaliy faoliyatini, biror sohadagi hatti – harakatlarini ana shu mezonlar bilan solishtirib kurib mulohaza yuritadilar, xulosa chiqaradilar, ularga baho beradilar. Baʼzan ayrim kishi yoki biror guruhning u yoki bu qadriyatni barkaror kilish maqsadida olib borayotgan faoliyati umuminsoniylik mezoniga tugri kelmasligi xam mumkin. Masalan, xamma arab xalklari, slavyanlar, turkiyzabon xalklar va boshqa ko‘p millatli xalqlar bir-biri bilan umummadaniy kadriyatlardan biri, do‘stlikning oddiy qo‘shnichilik doirasiga sigmasligi, uning keng kamrovli umummilliy jixatlari borligini inkor etish kiyin. “Arab dunyosi”ning (“turk dukgsi”, “slavyanlar dunyosi” va h.k.) mustahkam ittifokchilik va xokisor kushnichilik munosabatlarini urnatish asosida umumilliy dustlikning jaxon xamjamiyati manfaatlariga tugri keladigan jixatlarini, ijobiy qirralarini namoyon borasidagi urinishlari umuminsoniylik mezonlariga mos kelishi lozim edi. Go‘yoki aynan ana shu maksadga qaratilgan arablar dunyosinib irlashtirish tugrisidagi xulosani notugri talqin qilish, oqibatda Irq tomonidan Quvaytning bosib olinishiga sabab buldi (1990 yil). Bir karashda juda xokisor bulib kuringan yukoridagi goyaga asoslangan amaliy xarakat va usul baxsli bulib chikdi. Bu yerda madaniy birlik va dustlik tuygusi bilan boglik, qadriyatlarni barkaror qaratilgan anik, faoliyat va xatti-xarakatni umuminsoniylik talablariga mos keltirish tugrisidagi umumiy koida buzildi: go‘yo yaxshilik bayrogi ostida olib borilgan anik xarakat usuli (yaʼni urush) umuminsoniy qadriyat bulgan tinchlik va milliy ozodlik talablariga mos kelmay koldi. Aslida kardosh xalklarning bir-biri bilan maʼnaviy yakinligi asosida, ular o‘rtasidagi umummilliy birodarlik zanjirlarining mustaxkamlanib borishi, tarixiy jarayonlar natijasida ajralib yashayotgan millatning kushilishi umuminsoniy qadriyatlar va ularnni barkaror kilish amaliyoti talablariga mos kelishi lozim. Shu maʼnoda, bir necha un yillar ikkiga bulinib yashagan Vyetnam xalki birlashganligi, ikki german davlatlari va nemis xalki kushilganligi, koreys xalklari saflarida birlashish g‘oyalari kuchayishi, turkiyzabon xalklar umumilliy alokalarining yani bosqichga ko‘tarilishi, kadimgi Rim imperiyasi urnida vokelikka aylangan “Yevropa mamlakatlari iqtisodiy xamkorligi” (Maastrixt shartnomasi, 1993 yil) tobora usayotganligi milliylik borasidagi umuminsoniy kadriyatlarni barkaror kilishning zamonamizda yuzaga kelayotgan anik, shakllari sifatida talkin kilinishi mumkin. Umuminsoniy kadriyatlar jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, unga mansub turmush, oila, urug, kabila, elat, millat, xalk, davlat va boshqalarning ijtimoiy holati, maʼnaviy xayoti, axlok, xukuk, din, madaniyat, nafosat, sanʼat, ilm-fan soxalari bilan bogliklikda xam namoyon buladi. Bu borada ular uz tabiatiga kuramaliy faoliyatning xakikiy maksadlarini ifodalaydi, muayyan axamiyatga ega buladi, kerakli axborot beradi, jamiyat koidalaridan ijodiy foydalanish, kundalik xarakatlarning maʼnaviy asoslarini tugri belgilash imkonini yaratdi. Axlokda yaxshilik, burch, vijdon, xayotning maʼnosi; siyosat, xukuk va mafkurada tenglik, odillik. Mustakillik, demokratiya, erkinlik; nafosatda guzallik, ulugʻvorlik: madaniyat, sanʼat va fanda jamiyat axamiyatiga molik bulgan yutuklar, kashfiyot, qonun-qoidalar va boshkalar xam kundalik xayotda kadriyatlar darajasiga kutarilgan. Bundan tashkari jamiyat aʼzolari uchun umumiy bulgan talablar: uz kavmi bulgan odamzod joniga qasd qilmaslik, tanini sog-salomat saklash, xushxulklik va boshka unlab insoniy jihat vaxususiyatlar xam umuminsoniyatga xos bulgan maʼnaviylikning asosiy bo‘ginlaridir. Umuminsoniy kadriyatlar siyosat va xukuk, bilan boglik, soxalarda uziga xos jihatlarda namoyon buladi, bunda mustakillik, adolat, odillik, tenglik kabi ideal qadriyatlar, ularga erishish borasidagi jarayonlar xam muxim axamiyatga ega. Bu jarayonlarda umuminsoniylikka mos kelmaydigan yullardan borishning notugri ekanligini ijtimoiy tajriba azal-azaldan isbotlamokda. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida umuminsoniylikning ustuvorligi talablari har bir tarixiy birlikning tarixiy rivojlanish maxsuli, ekanligini, bunda tirik insonlarning takdiri, orzu-umidlari borligini hisobga olishni taqozo kiladi. Bu talablarga kura xar bir kishi sog-omon yashash, umr kechirish, uz vujudini omon saklash kabi xukuklari bilan birga dunyoga keladi, bu xukuklarni unga tabiat eto etgan, biror maqsadlardan kelib chiki insonni bu xukuklardan maxrum kilish mumkin emas. Shanday sinf, tabaka, katlam vakili bulsmasin, uning boshkalar kabi yashash xukuki borligi mutlaq xaqiqat, odam zoti esa bu xukuk, nuktai nazaridan tentdir. Umuminsoniylikning bu boradagi talablari, yaʼni insonning tabiiy tarixiy xak-xukuklari, uning yashash va umr kechirish xukukining tabiiyligi va xatto, mukaddasligini tula-tukis eʼtirof kilishdir. Xalk, ogzaki ijodida xam, kadimgi va zamonaviy dinlarda xam, davlatlarning konstitutsiyalarida va boshka xujjatlarda xam buni yakkol kuzatish mumkin. Buyuk fransuz revolyutsiyasi (1789 yilda) kabul kilgan “Inson va grajdanlar xukuklari Deklaratsiyasi”da ham, 1948 yilning 10 dekabrida BMT Bosh Assambleyasi tasdiklagan “Inson xukuklarining eng umumiy Deklaratsiyasi”da kishilarning tabiiy – tarixiy haq – huquqlari jamiyatdagi asosiy umuminsoniy kadriyatlar ekanligi aloxida taʼkidlanganligi bejiz emas. Olamdagi insonlarning yashash joylari, utmish avlodlarining xoki yashiringan zamin, o‘zi tugalgan yurti bilan boglik; umuminsoniyatga xos bokira tuygulari bor. Bu tuyg‘ular tugalgan uydan, maxalla, kishlok, shaxar kuchasidan tarbiyalana boshlaydi, kishi mansub bulgan tarixiy birlik, uning utmishi bilan boglangan ijtimoiy hududga nisbatan munosabatda namoyon bo‘ladi. kishi Yer sayyorasinning farzandi ekanini, o‘zi uchun suyukli hudud sayyoraning tarkibiy qismi bulgan vatan ekanligini anglaganida, undagi bu tuygu umuminsoniylikning talabiga mos keladigan darajaga kutariladi. Sayyoramiz kishilari uchun undagi tiriklikning vujudga kelishi, rivojlanishi, odam zotining ongli faoliti, mexnati, madaniy va maʼnaviy kamolotga erishish boskichlari, tabiat va jamiyatda amalga oshirgan ishlari bilan boglik, jarayonlarni ifodalaydigan tarix ham o‘z ahamiyati va kadriga ega. Tarix - odam zotining ilk vujudga kelgan davridan, bizning kunlarimizgacha yaratgan moddiy boyliklarini, Insoniyat xayotida ruy ber-gan o‘zgarishlarni kelajakka yetkazib beradigan “kadriyatlar sandigi”dir. Tarix vujudlarini yashirib turgan avlodlar ruxi oldidagi qarzdolik tuygusini zuzgagan. O’tmishdagi vokealarni urganish zaruriyati tugalgan va kelajakning rejalarini tuzish jarayonida rivojlanishning aniq yo‘l va usullari tanlab olinayotgan davrlarda qadriyatga aylanadi. Umuminsoniy qadriyatlar va ularning asosiy shakllari xilma-xil tarzda, rang-barang holat va turli darajalarda namoyon buladigan goyat murakkab, mazmunan nihoyatda boy va serqirra ijtimoiy tushunchalardir. Shu sababga ko‘ra, ularning mohiyati, mazmuni, zamin namoyon bo‘lish xususiyatlari tugrisidagi qisqa taxlilda bu boradagi masalalarning hamma jihatlarini qamrab olish qiyin. Download 218.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling