Mavzu: Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish manbaini tashkil etuvchi ziddiyatlarni aniqlash va tahlil qilish
§ K. Marks ijtimoiy hodisa va jarayonlarni rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o’zgarishlar bilan bog’ladi
Download 97.01 Kb.
|
kurs ishi
2.2 § K. Marks ijtimoiy hodisa va jarayonlarni rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o’zgarishlar bilan bog’ladi
“K. Marks jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o’zgarishlar bilan bog’ladi; barcha ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirdi. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun’iy ravishda mutlaqlashtirdi va bu ziddiyatlarni hal etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy revolyusiyani amalga oshirishni, miqdorlar sinfini tugatishni taklif etdi. Ijtimoiy amaliyot bunday nazariyaning biryoqlama va xato ekanligini ko’rsatdi. Jamiyat taraqqiyoti ko’p bosqichli jarayon ekanligi to’g’risidagi qarashlar AQSh faylasufi O. Toffler tomonidan ilgari surildi. Bunday qarashga ko’ra jamiyat taraqqiyotini agrar jamiyat, industrial jamiyat. postindustrial jamiyatga ajratildi. Adabiyotlarda jamiyat rivojlanishiga sivilizasiyali yondashuv g’oyasi ilgari surilmoqda. Bunday yondashuvga ko’ra har bir xalq o’zining betakror, noyob, o’ziga xos va o’ziga mos tomonlarini saqlab qolgan holda boshqa xalqlarning tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali ijtimoiy taraqqiyotning o’ziga xos modelini yaratadi24”. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, jamiyatning nafaqat juz’iy qonunlari, balki umumiy qonunlari ham ijtimoiy hayotda ro’y berayotgan chqur va keskin o’zgarishlar, yangilanishlar tufayli o’zgarib, boshqacha ko’rinishga ega bo’ladi. Chunki tarixiy jarayon rivoji, ijtimoiy hodisa va voqyealar mohiyatining o’zgarishi aynan shunday oqibatlarga olib keladi. Voqyea va hodisalar mohiyatining o’zgarishi, albatta, qonunning o’zgarishiga olib keladi. Voqyea va hodisaning mazmunini, mohiyatini o’zgartirmagan o’zgarishlar esa qonunning o’zgarishga olib kelmaydi. Demak, ijtimoiy-tarixiy jarayon va hodisalarning sifat va mohiyati o’zgarmas ekan, shu jarayon va hodisalarga xos bo’lgan, uni ifodalagan qonunlar ham o’zgarmasdan qolaveradi. Shunday ekan, qonun, bir tomondan, ijtimoiy hodisa va jarayonlarning muhim, o’zgarmas, tinch, muvozanat holatlarini aks ettirsa, ikkinchi tomondan esa, aksincha, notinch, to’xtovsiz o’zgarishlarini , xarakatlarini o’z ichiga oladi, bular esa muqarrar ravishda barqarorlikni, turg’unlikni yengib o’tib, har bir tizimning, hodisa va jarayonlarning o’rin almashuviga olib keladi. XX asrgacha yashab ijod etgan barcha mutafakkirlarning qonun va qonuniyat haqidagi bildirgan ijodiy yoki salbiy fikrlarini xulosalab, shuni aytish mumkinki, ular asosan insoniyat sivilizasiyasining ming yillar davomida to’plagan bilim va amaliy tajribasi, obyektiv olam faqat o’zining ichki qonunlari asosida rivojlanishi va taraqqiy etishini ko’rsatadi. Tabiat olamida,tabiatshunoslik fanlari soxasida bu qoidani hamma e’tirof etsada, ammo ijtimoiy soxadagi hodisa va jarayonlarni bilishda turli xil, aksariyat hollarda bir-biriga butunlay zid bo’lgan fikrlar,qarashlar, ta’limotlar mavjudligining guvoxi bo’lamiz. Biroq XIX-XX asrda yashab, ijod qilgan qator faylasuflar o’zlarining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida kishilik jamiyatida hyech qanday qonuniyatlar yo’q, bu yerda faqat sof tasodiflar va inson irodasi erkinligi xukmrondir, tarixiy jarayon, hodisa va voqealar faqat davlat hokimyati tepasida turgan buyuk shaxslarning xoxish-irodalari tufayli yuz beradi, deb hisoblaganlar. Bu bilan ular tarixiy jarayonlarni obyekt va subyekt, shasx va omma o’rtasidagi o’zaro dialektikmunosabatlar borligini to’laligicha tushunib yetmaganlar. XX asrning boshlariga, ayniqsa 60-70 yillariga kelib, jaxonning taniqli sosiologlari qonun va qonuniyat muammosini tushunishda, bir tomondan,tabiatda qonuniyat borligini qisman e’tirof etib, ikkinchi tomondan, jamiyatda yuz beradigan jarayonlarning ma’lum bir qonuniyat asosida amalga oshirishniinkor qilishga o’tdilar. Shuning uchun ham ularning aksariyat ijamiyatning tabiatdan asosiy farqi ijtimoiy voqyealar, hodisalarning faqat kishilar tomonidan ongli ravishda boshqarilishida, amalga oshirilishidadir, shuning uchun ham tarixiy hodisalarda hech qanday qonuniyat bo’lishi mumkin, degan g’oyani ilgari suradilar. Mening fikrimcha “jamiyat qonunlari haqida so’z ketganda shuni e’tirof etish zarurki,ular, eng, avvalo, ijtimoiy hayotning turli hodisalari va jarayonlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik bog’lanish va boshqa munosabatlarni aks ettiradi. Masalan, “talab” va “taklif” muvozanati qonuni bozor munosabatlarining ikki tomoni o’rtasidagi yoki ehtiyoj bilan manfaatlar o’rtasidagi munosabatlarni bildiradi. Xuddi shuningdek, jamiyatning boshqa qonunlarida ham ijtimoiy xayotning turli xodisalari o’rtasidagi munosabatlar aks etadi.Obyektiv olamdagi har qanday predmet, xodisa va jarayonlar diomo xilma-xil va murakkab munosabatlarda bo’ladi. Ushbu munosabatlar ichki va tashqi, muhim va nomuhim,bevosita va bilvosita, zaruriy va tasodifiy, tug’g’un va o’zgaruvchan, doimiy va o’tkinchi bo’ladi, umumiylik va aloxidalik xususiyatlari bilan ajralib turadi”. Shu nuqtai nazardan qaraganda, J.T.Tulenovning “Qonun bu munosabatlarning barchasini qamray olmaydi. Turlituman aloqalar, bog’lanishlar yig’indisi ichidan u, eng avvalo, muxim aloqalarni, ya’ni shundaymunosabatlarni ifodalaydiki, bular tashqi sharoitlardan emas, balki narsa va xodisalarning mohiyatidan, uning ichki aloqadorlaridak kelib chiqqan bo’ladi”, - degan fikri to’g’ridir.Jamiyat qonunlari ijtimoiy hodisalar o’rtasidagi barqaror munosabatlarni ham ifodalaydi. Mening fikrimcha “har qanday ijtimoiy jarayon o’ziga xos belgilari, jihatlari, tomonlari, munosbatlariga ega bo’lib, bu munosabatlarning har biri – goh aloxida, goh birgalikda doimo – o’zgarib,rivojlanib, yangilianib turadi. Turli xil shart-sharoitda va har xil sabablar tufayli ba’zi belgilar,xususiyatlar, tomonlar ba’zan yo’qolib, ular o’rniga yangilari paydo bo’ladi. Jamiyat qonunlari esa bularning hammasini aks ettira olmaydi. Ular faqat ijtimoiy hodisa va jarayonlardagi nisbatan turg’un va doimiy munosabatlarni, aloqadorliklarni aks ettirish xususiyatiga ega, chunki bunday aloqa va munosabatlar jamiyat rivojlanishining nisbatan qisqa davrida muhim o’zgarishlarga olib kelmaydi. Shu asosda inson ijtimoiy jarayon va hodisalarning mavjudlik va rivojlanish qonuniyatlarini bilib oladi.Qonunlarning muhim belgisi narsa va hodisalar o’rtasidagi aloqalar, bog’lanishlarning takrorlanishini ifodalash orqali ijtimoiy hodisalar, jarayonlar o’rtasidagi o’zaro ta’sir va aloqadorliklarni tavsiflab, ularning rivojlanish yo’nalishi va tamoyilini ko’rsatib berishdir. Agar sobiq Ittifoq o’rnida paydo bo’lgan yangi davlatlar qaysi yo’ldan borishi, kelgusida qaysi iqtisodiy yoki harbiy bloklarga a’zo bo’lib, qanday markazlarga intilishi mumkinligini bilishzarur bo’lsa, bu davlatlarning sobiq Ittifoqdan oldingi davrlarda qaysi ijtimoiy-etnik guruxlargaa’zo ekanligini o’rganish va bilish katta ahamiyat kasb etadi”.Fikrimni davom etirib har qanday qonuniyatning yana bir muhim belgisi voqyea va hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlarning takrorlanadi. Mustaqillikning dastlabki paytlarida biz qaysi yo’ldan boramiz degan savol tug’ildi. Turkiya, Eron, Xitoy yo’li degan fikrlar paydo bo’ldi, lekin biz o’z yo’limizni tanlab oldik. Bu to’g’rida Birinchi Prezidentimiz shunday deb ta’kidlagan edi:“Jahon va o’zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad etmagan holda o’z ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy-xuquqiy taraqqiyot yo’limizni tanlab olish Respublikaning qat’iy pozisiyasidir... Soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojeali oqibatlarsiz va kuchli evolyusion yo’l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o’tish – tanlab olingan yo’lning asosiy mazmuni va mohiyatidir25”.Demak, bizning tanlovimiz tasodifiy emas, balki, aksincha, qonuniydir. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, o’tish davrida tanlab olgan yo’limiz insoniyat tarixida ma’lum bo’lgan tajribalarga asoslangan”. Masalan, nima uchun biz Sharqiy Yevropa yoki Rossiya tanlagan yo’ldan bormadik? Shu o’rinda Yevropada bozor munosabatlarining kapitalizmning shakllanish tarixiga nazar solsak, nima uchun kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari dastlab Italiyada (Florensiyada), Shimoliy Niderlandiyada yuzaga kelagniga qaramay kapitalizmning klassik vatani bo’lib, Buyuk Britaniya hisoblanadi, degan savol tug’iladi. Tarixiy saboq shundan iboratki, Gollandiya burjuaziyasi (bugungi kun iborasi bilan aytsak, ishbilarmonlari) boylik orttirishning oson yo’lini tanlab,sudxo’rlik bilan shug’ullandilar. Ular sarmoyalarini bank tizimiga qo’yib, undan yuqori foiz olish evaziga tezda boyib ketdilar, ishlab chiqarishga,sanoatni rivojlantirishiga kam e’tibor berdilar. Demak, har qanday qonuniyat uning kashf etilishi uchun asos bo’lib xizmat qilgan tarixiy faktlardan boshqa hodisalarni ham o’z ichiga oladi. Shu tufayli bir guruh ijtimoiy hodisalarga tegishli jamiyat qonunlarini boshqa o’xshash ijtimoiy hodisalarga ham joriy qilish va shu asosida ushbu hodisalar istiqbolini oldindan ko’ra bilish mumkin bo’ladi. Chunki takrorlanish har qanday qonuniyatning muhim belgisi, fan va amaliyotning mezoni hisoblanadi. Ayni paytda qonunlarning invariantligini hyech qachon doimiy va adabiy deb tushunmaslik zarur. Ijtimoiy amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, jamiyat qonunlarining nisbatan o’zgarmas tomonini hyech vaqt va qanday holatda mutlaqlashtirish va o’zgarmas, deb tushunish mumkin emas. Chunki moddiy dunyoda narsa va hodisalari o’rtasidagi aloqalar, munosabatlar tufayli ularning mazmuni, mohiyati doimo o’zgarishda, rivojlanishda bo’ladi. Insonning ana shu munosabatlarni aks ettiruvchi aqli va tafakkuri ham o’zgarib, rivojlanib turadi. Shunday ekan,o’z navbatida, ushbu jarayonlarni o’z ichiga oladigan, ularni ifodalaydigan qonunlar ham doimiy o’zgarish va rivojlanishda bo’ladi. Iqtisodiyotimizda amalga oshirilayotgan isloxatlar aynan shu tarixiy qonuniyatni hisobga olish va unga amal qilish asosida borayotganligini yuqoridagi fikrimizning misoli qilib keltirishimiz mumkin. Shu bois ijtimoiy hayotimizning obyektivqonuniyatlarini chuqur anglab yetgan yurtboshimiz bozor munosabatlariga o’tishda “O’zbekiston tanlab olgan yo’l Respublika va uning xalqining manfaatlariga nihoyatda mos keladigan, ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan,bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan iqtisoddir” deb ta’kidlashganda mutlaqo haqdir. Birinchi Prezidentimiz fikricha o’tish davrida “biz boshqa davlatlarning rivojlanish jarayonida to’plangan va respublika sharoitiga tatbiq qisqa bo’ladigan barcha ijodiy tajribalardan foydalanish imkoniyatini istisno qimaymiz. Ayni chog’da biron-bir andozadan, hatto muayyan mamlakatlarda ijobiy natijalarga olib kelgan bo’lsa ham, ko’r - ko’rona nusxa ko’chirish mutlaqo nomaqbuldir. Shunisa aniq - ravshanki, muayyan vositalar va usullar qaysi mamlakat uchun mo’ljallangan bo’lsa, ular usha mamlakatga xos bo’lgan alohida sharoitdagina ijobiy samaraberish mumkin26” Shuni alohida ta’kidlash lozimki, jamiyatning nafaqat juz’iy qonunlari, balki umumiy qonunlari ham ijtimoiy hayotda ro’y berayotgan chqur va keskin o’zgarishlar, yangilanishlar tufayli o’zgarib, boshqacha ko’rinishga ega bo’ladi. Chunki tarixiy jarayon rivoji, ijtimoiy hodisa va voqyealar mohiyatining o’zgarishi aynan shunday oqibatlarga olib keladi. Voqyea va hodisalar mohiyatining o’zgarishi, albatta, qonunning o’zgarishiga olib keladi. Voqea va hodisaning mazmunini, mohiyatini o’zgartirmagan o’zgarishlar esa qonunning o’zgarishga olib kelmaydi. Demak, ijtimoiy-tarixiy jarayon va hodisalarning sifat va mohiyati o’zgarmas ekan,shu jarayon va hodisalarga xos bo’lgan, uni ifodalagan qonunlar ham o’zgarmasdan qolaveradi. Shunday ekan, qonun, bir tomondan, ijtimoiy hodisa va jarayonlarning muhim, o’zgarmas, tinch, muvozanat holatlarini aks ettirsa, ikkinchi tomondan esa, aksincha, notinch,to’xtovsiz o’zgarishlarini , xarakatlarini o’z ichiga oladi, bular esa muqarrar ravishda barqarorlikni, turg’unlikni yengib o’tib, har bir tizimning, hodisa va jarayonlarning o’rin almashuviga olib keladi. Jamiyat qonunlariga ta’rif berganda shuni albatta xisobga olish kerakki, bu qonunlar faqat ma’lum shar-sharoitdagina yuzaga keladi, ro’yobga chiqadi va amal qiladi. Ijtimoiy hayotdagi har qanday jarayonlarning amalga oshuvi uchun, albatta ma’lum obyektiv va subyektiv shart-sharoitlar yaratilishi, vujudga kelishi talab qilinadi. Mustaqil davlatimiz iqtisodiyotida bozor munosabatlariga o’tishning Birinchi Prezidentimiz tomnidan belgalab berilgan besh prinsipi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy xayoti uchun aynan shunday shart-sharotlardan hisoblanadi. “O’zbekiston o’zi uchun tanlab olgan yo’l ijtimoiy soxaga yo’naltirilgan,Respublikaning manfaatlariga, shart-sharotlari va xususiyatlariga eng ko’p darajada mos keladigan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgandir. Beshta asosiy qoida O’zbekiston Davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o’zagdir. Bozor iqtisodiyotiga o’tish obyektiv iqtisodiy qonunlarning talabalarni hisobga olgan holda o’tmishdagi inqilobiy sakrashlarisiz, ya’ni evolyusion yo’l bilan, puxta o’ylab bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak”. Obyektiv shart-sharoitining o’zgarishi ijtimoiy-tarixiy jarayonlar mazmun-moxiyatining,pirovard natijada esa shu jarayonlar amal qilayotgan qonunlarning ham o’zgarishiga olib keladi. Shu tufayli Respublikamizda olib borilayotgan isloxatlarning har bir bosqichida isloxatlar strategiyasiga o’zagartirishlar, aniqliklar kiritilmoqda. Bular obyektiv qonunlar talablarini qondirishdan iboratdir.Jamiyat qonunlarining obyektiv talablarni o’rganish, anglab yetish va ulardan amalda foydalanish uchun aniq tarixiy yondoshuv zarur. Bu bilish subyektining ijtimoiy boliq bilan,nazariyaning amaliyot bilan aloqada bo’lishini talab qiladi. Aniq tarixiy yondoshuv qonunlarning, avvalo, tarixiy tajriba bilan, so’ngra esa muayyan shart-sharoit bilan o’zaro bog’liqligini yaqindan his qilishga, ijtimoiy borliqning har bir muayyan tarixiy davrida ma’lum shart-sharoitiga barcha hususiyatlarni qamrab olishga yordam beradi. Jamiyat qonunlarini yana bir muhum belgisi ijtimoiy xodisa va jarayonlarining obyektiv,muhim, zaruriy, umumiy tomonlarini, munosabatlarini aks ettirib, ma’lum tarixiy shart-sharoitda ushbu jarayonlarning tabiatini va yo’nalishlarini belgilabl berishidadir. Xulosa Demak, muayyan qonunning o’tmishida namoyon bo’lishi va hozirgi davrdagi o’ziga xos jihatlarini o’rganish orqali uning kelajakda qanday namoyon bo’lishini, qay tarzda amalga oshishini ko’ra bilish yoki kutilmagan tarixiy vaziyatning vujudga kelishini oldindan bashoratqilish mumkin bo’ladi.Ushbu mavzuda bayon etilgan fikrlarga asoslanib, muayyan xulosa qilishimiz mumkin.Hozirgi davrda butun jaxonda va mamlakatimiz xayotida sodir bo’layotgan ijtimoiy hodisa va jarayonlarini to’g’ri tushunib olish, ularga to’g’ri munosabatni shakllantirish, ularni xozirgi zamonning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqibto’g’ri baxolash, ulardan to’g’ri xulosalar chiqarish va pirovard natijada ijtimoiy voqeylikni bilish xar bir kishidan falsafa fanining soxalaridan biri bo’lgan ijtimoiy falsafa haqida chuqur bilimga ega bo’lishi lozim. Ma’lumki ijtimoiy borliq haqida xaqqoniy bilimga ega bo’lish uchun avvalo “ijtimoiy falsafa”tushunchasining mohiyati va mazmuniga to’xtalishga to’g’ri keladi. Bu tushuncha ba’zan “jamiyat falsafasi” “sosial falsafa”“inson falsafasi” shaklida xam qo’llaniladi. Ijtimoiy falsafa tushunchasi ijtimoiylik, ijtimoiy hodisa ijtimoiy jarayon tushunchalari bilan uzviy bog’liq bo’lib, uning tarkibi va mazmunida muxim o’rin tutadi. Bu tushunchalar jamiyatda ro’y beradigan voqyea va xodisalar jarayonlarni ifodalaydi Chunonchi, “Ijtimoiy-tarixiy qonun” tushunchasi o’zining quyidagi bir qator muhim belgilariga,hususiyatlariga ega: birinchidan, “Ijtimoiy qonun”, “tarixiy qonun”, “sosiologik qonun”tushunchalari, avvalo, jamiyat qonunlarini tabiat qonunlaridan farqlash uchun ishlatiladi; ikkinchidan, jamiyat qonunlari, tabiat qonunlaridan farqli o’laroq, tez o’zgaruvchan ekanligini ta’riflash uchun qo’llaniladi; uchinchidan, bu tushuncha ijtimoiy-tarixiy jarayon va hodisalarning ma’lum bir konkret tarixiy shart-sharoitida, bosqichlardagina amal qiladigan o’ziga xos juz’iy qonunlarni ifodalashda ishlatiladi; to’rtinchidan, ijtimoiy qonun o’zida ma’lum ijtimoiy tarixiy shart-sharoitda yuzaga keladigan aniq ijtimoiy aloqadorlikni, hodisalarning xususiyatlarini,tomonlarini, munosabatlarini qamrab oladi. Demak, yuqoridagi fikrimizga asoslanib, qonunga quyidagicha ta’rif bersakbo’ladi Ijtimoiy-tarixiy qonun kishilarning o’z ijtimoiy ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqib ongli va ma’lum maqsadni ko’zlab amlga oshiradigan faoliyatlari orqali yuzaga keladigan ijtimoiy hodisa va jarayonlarning muhim, zaruriy, takrorlanuvchi bog’lanishlar aloqalari,munosabatlarini majmui bo’lib, ma’lum bir shart-sharoitda ushbu jarayonlarningrivojlanish xarakteri va yo’nalishini belgilab keladi. Men bu kurs ishini yozib Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish manbaini tashkil etuvchi ziddiyatlarni aniqlash va tahlil qilishni turli faylasuflar va olimlarning fikrini o’rgandim va bartaraf etish yo’llarini bilib oldim. Va kelajakda jtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish manbaini tashkil etuvchi ziddiyatlarga yo’l qo’ymaslikga o’z hissamni albatta qo’shaman. Download 97.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling